201
Texnologiya
ma’lumotlarni
spektrning
IQ
qismida
modulyatsiyalangan nurlanish orqali uzatishga asoslanadi. OOUTning
funksional sxemasi 5.3-rasmda keltirilgan.
5.3- rasm. AOUTning funksional sxemasi
Manba ham analog, ham raqamli (televizion, faksimil, E1
oqimlari va h.k.) signal bo‘lishi mumkin, u Signallarga Ishlov Berish
Blokiga (SIBB) beriladi. Keyin signal yarim o‘tkazgichli
lazerli
diodga (YAO‘LD) beriladi, undan IQ yorug‘lik oqimiga o‘zgartiriladi.
Keyin IQ nur optik tizimdan o‘tishi bilan kerakli kesim shakliga
(aperturaga) ega bo‘ladi va atmosfera orqali uzatiladi. Qabul qilish
uchida IQ nur optik tizimga tushish bilan fotodiodga fokuslanadi va
teskari elektr signalga o‘zgartiriladi. O‘zgartirilgan
signal SIBBda
kuchaytirladi va ishlov beriladi va dastlabki signalga qayta tiklanadi.
Infraqizil diapazon atmosfera optik aloqa liniyalari qurilmalari
konstruktiv binolardan tashqariga o‘rnatish uchun himoya qobiqlarili
ikkita bir turdagi bloklar hisoblanadi (5.4- rasm).
Bloklarda qabullagich
va uzatkich joylashgan, shuningdek
standart interfeyslar (V.35 dan ATM-155 gacha) biriktirgichlari
ko‘zda tutilgan. Uzatkichda nurlantirgich sifatida yarim o‘tkazgichli
lazerli diod ishlatiladi (oddiy yorug‘lik diodi bo‘lishi mumkin).
Shuning uchun atmosfera infraqizil aloqa liniyalari
lazerli atmosfera
aloqa liniyalari (LAAL) liniyalari, horijiy texnik adabiyotlarda esa
FSO - Free Space Optics deyiladi.