195
chiziqli polyarizatsiyali antennalar va antennalar
panjaralarini ishlab
chiqish va ishlab chiqarishga majburlaydi.
RFID-tizimlar
turli obyektlarni operativ va aniq nazorat qilish,
ularning haakatlanishini kuzatish va hisobga olish talab qilinadigan
turli xil hollarda qo‘llaniladi.
RFID-texnologiyalarning asosiy afzalliklari:
- RFIDga tegish yoki to‘g‘ri ko‘rinish kerak emas;
-
RFID-belgilar
tez
va
aniq
o‘qiladi
(100%-lik
identifikatsiyalashga yaqinlashish bilan);
- RFID hatto agressiv
muhitda ishlatilishi mumkin, RFID-
belgilar esa chang, bo‘yoq, bug‘, suv, plastmassa, yog‘och
orqali
o‘qilishi mumkin;
- passiv RFID-belgilar deyarli cheklanmagan ishlatish muddatiga
ega;
- RFID-belgilar ko‘p miqdordagi ma’lumotlarni tashiydi va
intellektual bo‘lishi mumkin;
- RFID-belgilarni qalbakilashtirish deyarli mumkin emas;
- RFID-belgilar nafaqat o‘qish uchun, balki ma’lumotlar
yoziladigan bo‘lishi mumkin.
Namunaviy qo‘llanilishlari:
-
korxonalar
hududlarida
personalning
ulanishini
va
harakatlanishini elektron nazorat qilish;
- ishlab chiqarish, tovarlar va bojxona omborlari (ayniqsa
yiriklari),
magazinlarni, tovarlar va moddiy boyliklarni berilishi va
harakatlanishini boshqarish;
- ma’lumotlarni avtomatik to‘plash va zarurat bo‘lganida temir
yo‘llarda, pulli avtomobil yo‘llarida, yuk stansiyalari va terminallarida
to‘lovni o‘tkazish;
- harakatlanishni
rejalashtirish va boshqarish, grafikning
intensivligini va optimal marshrutlarni tanlashni nazorat qilish;
- jamoat transportida harakatlanishni boshqarish, yo‘l
haqini
to‘lash va yo‘lovchilar oqimini optimallashtirish;
- barcha transport turlari uchun elektron to‘lovlar, shu jumladan
pulli yo‘llar, yo‘l va tranzit haqini avtomatik to‘lovi, pulli
avtomobillar saqlash joylarini tashkil etish;
- xavfsizlikni ta’minlash boshqa audio-
va video nazorat qilish
texnik vositalari bilan birga kompleksda, transport vositlarida
himoyalash va signalizatsiya:
196
- ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalarining
harakatlanishini
nazorat qilish.