191
mumkin. Aktiv nishon bilan ishlashda qurilmalar o‘z nurlanishini
javobni kutish vaqtiga uzish bilan uzatish tartibini navbatlashtiradi.
Simsiz kartali tizimlarda ishlashga o‘xshash
NFC texnologiyasi
asosidagi
tizimlarda
aloqa
bir-birlarining
yaqin
maydonlari
chegaralarida bo‘lgan ikkita ramkali antennalar orasida o‘rnatiladi.
Aloqa umumiy mumkin va litsenziyalanmaydigan ISM Band
(Industrial, Scientific and Medical radio Band, Sanoat, Ilmiy va
Tibbiyot radiochastotalari) radiochastotalar chegaralarida 13,56 MGs
tashuvchi chastotada bo‘lib o‘tadi. Axborot
signali energiyasining
katta qismi 14kGsdagi chastotalar polosasida bo‘ladi, lekin
amplitudaviy modulyatsiyalash ishlatilganida polosaning to‘liq
kengligi 1,8MGsga etishi mumkin.
Standartda ixcham antennalarda maksimal bo‘lishi mumkin
ma’lumotlarni uzatilishi masofasi 10 smni tashkil etadi.
NFC texnologiyasi orqali signalni ikkita kodlash turi ishlatiladi.
Ulardan birinchisida aktiv qurilma ikkilik ma’lumotlarni 100%
amplitudaviy modulyatsiyali ikki darajali kodlash (shuningdek
inglizcha adabiyotlarda Miller kodlashi deyiladi) ishlatiladi. Bunday
rejimda uzatish tezligi 106 Kbit/sni tashkil etadi.
Ikkinchisida, aktiv qurilma 10%
amplitudaviy modulyatsiyali
nolinchi sathga qaytishsiz kod (manchester kodi deyiladigan)
ishlatiladi. Bunday rejimda malumotlarni uzatish tezligi 212 yoki 424
Kbit/sni tashkil etishi mumkin.
Passiv qurilma har doim 10% amplitudaviy modulyatsiyali
manchester kodini ishlatadi.
Binobarin,
NFC
qo‘llanadigan qurilmalar bir vaqtda
ma’lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin,
ularga koliziyalarni
aniqlash kerak bo‘ladi. Kolliziyalarni aniqlash uzatilgan va olingan
signallarning chastotalarini taqqoslashga asoslangan va ular mos
tushganida olingan signal yaroqsizga chiqariladi.
NFC texnologiyasi ma’lumotlarni kriptografik himoyalashga
standartlarni o‘z ichiga oladi va u yuqori darajalar protokollari orqali
ta’minlanishi ko‘zda tutiladi.
NFC texnologiyasi mobil aloqa qurilmalarida qo‘llaniladi.
Uchta
asosiy ishlatish usullari amalga oshiriladi:
Kartani emulyasiyalash
: NFC qo‘llanadigan qurilma simsiz
kartani emulyasiyalash uchun ishlatiladi.
192
O‘qigich rejimi
: NFC qo‘llanadigan qurilma aktiv rejimda
ishlaydi
va
passiv
qurilmalardan,
masalan
radio-belgidan
ma’lumotlarni o‘qiydi.
Nuqta-nuqta rejimi
: NFC qo‘llanadigan
ikkita qurilma aktiv
rejimda ishlaydi va o‘zaro ma’lumotlarni almashlash uchun
texnologiyani ishlatadi.
Tavsiflangan rejimlar uchun jamoat transportida yo‘l haqini mobil
to‘lovi, NFC qo‘llanadigan mobil qurilmalardan kredit/debet karta
sifatida,
reklama
oynalaridan
radiobelgilardan
qo‘shimcha
ma’lumotlarni o‘qish uchun foydalanish kabi ko‘plab qo‘llanishlar
bo‘lishi mumkin.
NFC texnologiyasidan foydalanish bilan Bluetooth 2.1 yoki Wi-fi
kabi boshqa simsiz aloqa texnologiyalaridan foydalaniladigan o‘zaro
ta’sirlashishni oddiy va tez sozlash mumkin. NFC texnologiyasini
poezd,
samolyot, konserlar va boshqalarga chiptalarni elektron bron
qilish uchun, “elektron pullar” bilan hisoblashish uchun, sayohatchi
xaritasi,
shaxsni tasdiqlash guvohnomasi, xavfsizlik tizimlarida
kontaktsiz kartalar sifatida (shu jumladan mehmonxonalar nomerlari,
avtomobillar, maishiy qulflar kalitlari o‘rniga) qo‘llash mumkin. NFC
qo‘llanadigan qurilmalarni birja savdosi,
kontentni sotib olish,
dasturiy arzonlashtirishlar va bonuslar va boshqalar uchun ishlatish
mumkin.