Bog'liq Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u
HomeRF. 2001 yilning martida paydo bo‘lgan va HomeRF 2.0
standarti hisoblanadigan litsenzion bo‘lmagan 2.4 GGs ISM
diapazonni
ishlatadigan
texnologiya
hisoblanadi
[24].
Bu
texnologiyani 100 dan ortiq kompaniyalar, shu jumladan HomeRF
(http://www.homerf.org/)
konsorsiumi
qo‘llab-quvvatlaydi. Bu
kompaniyalardan ko‘plari Bluetooth SIG ma’sus ishchi guruhiga ham
kiradi. HomeRF spetsifikatsiyasi qo‘shma simsiz ulanish (Shared
Wireless Access Protocol — SWAP) protokoliga asoslangan, u uy
chegaralarida ovoz va ma’lumotlarni uzatish uchun simsiz tarmoqlarni
qo‘llaydigan umumiy interfeysni aniqlaydi.
SWAP protokoli foydalanuvchilarga ham axborot, ham ovozli
oqimlarni qo‘llaydigan tarmoq tugal echimlarini taqdim etish bilan
turli
ishlab
chiqaruvchilardan
foydalanuvchilar
elektron
qurilmalarining
o‘zaro
ta’sirlashishini,
shuningdek
umumiy
foydalanishdagi kommutatsiyalanadigan telefon tarmog‘i va Internet
tarmog‘i bilan o‘zaro ta’sirlashishni ta’minlaydi.
HomeRF texnologiyasida chastotani sakrashsimon qayta
sozlashli spektrni kengaytirish usuli (FHSS) ham ishlatiladi. Ovozni
uzatishda uzatish muhitiga ulanish usuli sifatida kanallar vaqt
bo‘yicha ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish usuli, ma’lumotlarni
uzatilishida esa tashuvchi nazorat qilinadigan va konfliktlarni oldi
olinadigan ko‘p tomonlama ulanish usuli (Carrier Sense Multiple
Access with Collision Avoidance — CSMA/CA) ishlatiladi.
Maksimal uzatish tezligi 20 Mbit/sekundgacha.
5.1- jadvalda HomeRF 2.0 texnologiyaning asosiy texnik
parametrlari keltirilgan.
ZigBee. Ma’lumotlarni to‘plash va boshqarish tizimlarida
ishlatish uchun mo‘ljallangan simsiz texnologiya hisoblanadi [24]. U
past energiya iste’moliga, ma’lumotlarni uzatish ishonchliligiga va
ma’lumotlarni himoyalanishiga ega, turli ishlab chiqaruvchilar
qurilmalari bilan moslashuvchan. ZigBee ma’lumotlarni uzatishda
kechikishlarga
qat’iy
talablar
qo‘yilmaydigan
tizimlarda
ma’lumotlarni uzatilishiga yo‘naltirilgan. Bu texnologiya binolar va
ko‘p sonli uzelli (standart bo‘yicha 65 mingtagacha) boshqa yirik
ob’ektlarni yagona simsiz tarmoq bilan qamrab olishga imkon beradi.
Bularning barchasiga xabarlarni marshrutlashtirishning murakkab
mexanizmlarini qo‘llanilishi hisobiga erishiladi, bu tarmoqning oxirgi
185
nuqtasiga o‘nlab oraliq uzellar orqali ma’lumotlarni uzatilishiga
imkon beradi.
5.1- jadval
HomeRF 2.0 texnologiyaning asosiy texnik parametrlari