197
400 Mbit tezlikda uzatiladi, bu mavjud Wi-Fi qurilmalardagidan
ancha tez.
Kognitiv radio butun qator yangi xizmatlarni yaratishi mumkin.
Masalan, u sotali qo‘ng‘iroqlarni Wi-Figa marshrutlashtirishi mumkin,
bu bugungi kunda uncha katta bo‘lmagan simsiz microcell bazaviy
stansiyalarda amalga oshirilmoqda va Internetga
ulanish uchun optik
toladan foydalanishni inkor etishi mumkin, buning o‘rniga esa mavjud
400 MGs diapazondagi televidenie spektri ishlatilishi mumkin.
Barcha bunday loyihalardagi eng katta muammo katta
chastotaning tez qayta ulanishi va yuqori o‘tkazish qobiliyati
hisoblanadi. Katta unumdorlikni ishlatilishi uchun ko‘p ishlar - chip
dizayni, interfeys va boshqa ko‘p ishlarni
amalga oshirilishi turgan
bo‘lsada, kognitiv radio bunday loyihalar uchun ideal to‘g‘ri keladi
Shu bilan birga, dunyoda ehtiroslar jo‘sh urmoqda, chunki mobil
tarmoqlarga talablar ortmoqda. Bell Labs 2020 yilga kelib mobil trafik
25 martaga, Cisco 18 martaga oshadi deb hisoblaydi, FCC esa mavjud
spektr yaqin yillarda tugashini va bu holda yangi texnologiyalar
hayotiy zarur bo‘lishini ta’kidlaydi. Bularning barchasi sohani yangi
texnologiyalarni rivojlantirishga majburlaydi.
Maxsus chastotalarni ajratilishiga ehtiyoji bo‘lmagan va
qandaydir qo‘shimcha simsiz texnologiyalarga ehtiyoji bo‘lmagan