171
O‘zbekistonda kabelli
DVB-C (cable), sun’iy yo‘ldoshli DVB-S
(satellite), yer usti DVB-T (terrestrial) va sotali DVB-N uzatishni
qamrab olgan DVB standarti spetsifikatsiyalar to‘plami qabul
qilingan. Ma’lumki, 625 ta satrlardagi yuqori ruxsat etish bilan
xarakterlanadigan DVB-T tarqoq yoyishni ishlatadi, bunda yarim
kadrlarning chastotasi 50 Gsni tashkil etiadi. DVB-T gorizontal va
vertikal bo‘yicha ikkilangan ruxsat etishni (bazaviyga nisbatan)
ta’minlashi, shuningdek 16:9 tomonlar nisbatili tasvirlarni uzatishi
mumkin. DVB-T audiosignalni uzatish uchun MUSICAM satndartini
ishlatish bilan Dolby Digital AC-3 formatdagi ovozni ta’minlaydi.
Shuningdek DVB-T standartining asosiy afzalliklaridan biri
signalning qabul qilish barqarorligi va uning signallarning boshqa
qayta qaytishlariga sezgir emasligi hioblanadi. Respublikada
2011 yilning dekabrida HD yuqori aniqlikdagi televideniyeni sinov
ishlatilishi ishga tushirildi.