165
Analog televizion uzatish an’anaviy 48,5–100 MGs (6,2–3 m)
chastotalardagi birinchi kanaldan beshinchi kanalgacha metrli
to‘lqinlarda olib boriladi. Keyin telemarkazga yaqin bo‘lgan
shaharlarda TV halaqitlarni oldini olish uchun 174 – 230 MGs (1,7 –
1,3 m) chastotalar diapazonidagi yettita kanallar qo‘shilgan. Hozirgi
vaqtda 12 ta TV-kanallar etarli bo‘lmay qoldi va kanalning chastotasi
qanchalik yuqori bo‘lsa, TV-signalning
polosasi shunchalik keng
bo‘lishidan kelib chiqish bilan ularga 470 – 630 MGs (64 – 47 sm)
diapazondagi detsimetrli to‘lqinlardagi 20 ta kanallar qo‘shildi. 25
kadrlar/s chastotali 625 ta satrlarga ega bo‘lgan tasvirni uzatilishi
uchun 8 MGs atrofidagi chastotalar spektri kerak bo‘ladi. Bu bitta TV-
kanal chastotalar polosasiga mos keladi.
Televizion qabullagichda efirdan qabul qilingan signal
kuchaytiriladi va kineskopga beriladi. TV-signaldan satr va kadr
yoyish generatorlarining ishlashini boshqaradigan sinxroimpulslar
ajratib olinadi. Kineskopning ekrani
lyuminofor bilan qoplangan
bo‘lib, u unga elektron projektor nuri tushganida yorug‘lanadi.
Kadrning satrlari bo‘yicha katta tezlikda harakatlanadigan elektron
nur ekranning alohida nuqtalarini yoritilishini keltirib chiqaradi.
Ko‘rishning inersiyasi tufayli bu butun ekranning yoritilishi
tasavvurini hosil qiladi. Kadrning tasviri shunday hosil qilinadi. Ovoz
alohida chastotaviy modulyatsiyalangan kanal bo‘yicha uzatiladi.
To‘liq TV-signalda rangli tasvirni uzatish uchun rangli signallari
qo‘shiladi. Buning uchun ob’ektning rangli tasviri uchta ENT
uzatadigan uchta bitta rangli (qizil, yashil va moviy ranglar)
tasvirga
qo‘yiladi. Mos ravishda TV-qabullagichda uchta elektron projektorlar
ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularning nurlari niqobdagi tirqish orqali o‘tish
bilan qizil, yashil va moviy ranglar lyuminoforlarini yoritilishini
keltirib chiqaradi. Niqob 0,25 mm dimetrli 550 mingta tirqishlarga ega
bo‘lgan yupqa metal listdan iborat. Raqamli kineskop lyuminofori har
bir rangning uchtadan donachalarili guruhlar bilan aniq tirqishlarga
qarama-qarshi joylashgan qizil, yashil
va moviy yoritilishlar
lyuminoforlarining 1,5 millionta donachalariga ega bo‘ladi. Bitta
nuqtaga yo‘naltirilgan uchta ENTlardan uchta nurlar har bir alohida
vaqt momentida bitta lyuminoforlar guruhiga tushadi,
bunda har bir
nur “o‘z” rangi lyuminoforining bitta donachasini yoritilishini keltirib
chiqaradi. Yoyishda nurlar niqobdagi keyingi tirqishga harakatlanadi,
bu ekranda uchta bir rangli tasvirlar signallarini moslashtirishga
imkon beradi.