(1G), (2G, 2.5G) va (3G) avlodlari taqdim etadigan xizmatlar  imkoniyatlarini taqqoslash




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/117
Sana29.05.2024
Hajmi3,49 Mb.
#257003
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   117
Bog'liq
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u

 
(1G), (2G, 2.5G) va (3G) avlodlari taqdim etadigan xizmatlar 
imkoniyatlarini taqqoslash
 
Avlod 
1G 
2G 
2.5G 
3G 
Foydala-
nilgan davri 
80-90 yy 
2000 y 
gacha 
2001-2002 yy 
2003 illari 
Xizmatlar 
Telefon
(ma’lu-
motlarni 
analog 
uzatish)
Telefon 
(nutqni 
raqamli 
uzatish), 
Qisqa 
elektr 
xabar-larni 
qabul 
qilish-
jo‘natish, 
O‘yinlar, 
Ovozli 
pochta, 
Internet 
Telefon
Konferensiya-
lar
Davomli elektr 
xabarlarni 
qabul qilish-
jo‘natish,
Ovozli 
tasvirlarni
qabul qilish-
jo‘natish, 
Fakslarni
qabul qilish-
jo‘natish,
Ovozli pochta, 
Internet,
Mijozning 
joylashish 
o‘rniga bog‘liq 
xizmatlar,
Mobil banking,
Radio/MP3 
Pleyer, 
Karaoke
Multi-o‘yinlar, 
Foto suratga 
olish
Telefon (nutqni raqamli 
uzatish )
Videotelefon
Konferensiiyalar 
Videokonferensiyalar
Elektr xabarlarni qabul 
qilish-jo‘natish,
Ovozli tasvirlarni qabul 
qilish-jo‘natish, 
Fakslarni qabul qilish-
jo‘natish,
Ovozli pochta, 
Video pochta
Internet xizmatlarga 
yuqori tezlikli ulanish,
Mijozning joylashish 
o‘rniga bog‘liq xizmatlar,
Mobil banking,
Radio/MP3 Pleyer, 
Karaoke
Multi-o‘yinlar, 
TV/Video Pleyer
Olisdan tibbiy 
diagnostika, ta’lim olish,
Avtomobil navigatsiyasi, 
shahar navigatsiyasi 
Video/foto suratga olish
Ma’lu-
motlarni 
uzatish 

9.6 Kbit/s 
dan 
4.4 
Kbit/sgacha 
57.6Kbit/sdan 
115Kbit/sgacha 
144Kbit/sdan 
2Mbit/sgacha 


96 
Uchinchi 
avlod 
xizmatlari 
to‘plamiga 
videotelefon, 
videokonferensiyalar, video-pochta, Internetga yuqori tezlikli ulanish, 
TV/video pleer, olisdan tibbiy diagnostika, o‘qish, avtomobil va 
shahar 
navigatsiyasi, 
video/foto 
suratga 
olish 
qo‘shiladi. 
Ma’lumotlarni uzatish tezligi sezilarli ortadi. 
 
2.5. 4G sotali aloqa tizimlari konsepsiyasi 
Xalqaro telekommunikatsiyalar ittifoqi 4G texnologiyani manba 
yoki qabullagich harakatlanadigan sharoitlarda 1Gbit/sgacha va ikkita 
mobil 
qurilmalar 
orasida 
ma’lumotlarni almashlashda 100 
Mbit/sgacha ma’lumotlarni uzatilishi tezliklarini ta’minlaydigan 
simsiz kommunikatsiya texnologiyasi sifatida aniqlaydi. 4G 
texnologiyada ma’lumotlarni qayta uzatish IPv6 bo‘yicha amalga 
oshiriladi. Bu tarmoqlarning ishlashini, ayniqsa, agar ular har turlarda 
bo‘lsa engillashtiradi. Zarur tezlikni ta’minlash uchun 40 va 60 GHz 
chastotalar ishlatiladi [13].
4G uchun qabul qilish-uzatish qurilmalarini yaratuvchilar 
raqamli uzatishda sinalgan usul – OFDM chastotalarni ortogonal 
ajratishli 
multiplekslash 
usuli 
qo‘llanishdi. Signalni bunday 
manipulyatsiyalash uslubi o‘zaro halaqitlarsiz va buzilishlarsiz 
ma’lumotlarni sezilarli zichlashtirishga imkon beradi. Bunda 
ortogonallikka rioya qilinadigan chastotalar bo‘yicha bo‘lish bo‘lib 
o‘tadi. Har bir tashuvchi to‘lqin maksimumi qo‘shnilari nolga teng 
bo‘lgan momentda keladi. Bu bilan ularning o‘zaro ta’sirlashishini 
oldi olinadi, shuningdek chastotalar spektri samaraliroq ishlatiladi, 
“interferensiyaga qarshi” himoya polosalari kerak bo‘lmaydi. 
Signalni uzatish uchun vaqt oralig‘ida ko‘p ma’lumotlar qayta 
uzatiladigan fazalar suriladigan modulyatsiyalash (PSK va uning 
turlari) yoki zamonaviyroq va kanalning o‘tkazish polosasida 
maksimumni chiqarishga imkon beradigan kvadraturali amplitudaviy 
modulyatsiyalash (QAM) qo‘llaniladi. Aniq bir tur talab qilinadigan 
tezlik va qabul qilish sharoitlariga bog‘liq tanlanadi. 
Signal uzatishda ma’lum parallel oqimlar soniga bo‘linadi va 
qabul qilishda yig‘iladi. 
O‘ta yuqori chastotalarda ishonchli qabul qilish va uzatish uchun 
aniq bir bazaviy stansiyaga sozlana oladigan adaptiv antennalarning 
qo‘llanilishi rejalashtiriladi. Lekin shahar sharoitlarida bunday 
antennalarga to‘g‘ri yo‘nalishni aniqlashga signalni tarqalishi 


97 
jarayonida vujudga keladigan so‘nishlar – uning buzilishi halaqit 
berishi mumkin. Bu yerda OFDMning yana bir o‘ziga xos xususiyati – 
so‘nishlarga barqarorlik (har xil modulyatsiyalash turlari uchun 
so‘nishlarga o‘z zahirasi mavjud) qutqaradi. 
To‘g‘ri ko‘rinish bo‘lmaganida ham ishlash imkoniyati mavjud, 
bu GSM standarti telefonlariga halal beradi. ODFMning kamchiliklari 
bu dopler buzilishlarning sezgirlik va elektron komponentlar sifatiga 
talablar hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda 4G sotali tizimlarini qurish uchun asosiy nomzod 
sifatida shahar sharoitlarida IP tarmoqlaridan foydalanish hisobiga 
infratuzilmaning past narxi, radiochastotalar resurslarini tejash, yuqori 
aloqa sifatiga ega bo‘lgan LTE texnologiyasi ko‘rilmoqda. LTE 
texnologiyasi fizik darajasining asosi ko‘p tomonlama ulanishni 
tashkil etish uchun paketli uzatish, adaptiv ko‘p darajali 
modulyatsiyalash va OFDMA texnologiyasi hisoblanadi. Aynan bu 
texnologiya birinchi navbatda ma’lumotlarni uzatish bo‘icha 
revolyusion imkoniyatlarni ishlatilishiga imkon beradi. 
Eng texnik rivojlangan davlatlar hozirgi vaqtda 3Gdan 
foydalanishga aktiv o‘tishmoqda, ko‘plab tarmoqlarda esa hozirning 
o‘zida 3,5G belgilashni olgan texnologiyalar qo‘llanilmoqda. Hozirda 
tijorat ishlatilishida 90 tadan ortiq bunday tarmoqlar mavjud. Lekin 
telekommunikatsion industriya tahlilchilarining fikricha, yaqinda 
uchinchi avlod tarmoqlarini joriy etish zaruratiga kelgan qator 
davlatlar, endi 4Gni qisman ishlatish bilan bir avlodga “sakrashni” 
afzal ko‘rishmoqda. 
2005 yildayoq NTT DoCoMo yapon simsiz aloqaning yangi 
standarti ustidagi ishlardagi muavffaqiyatlar - 4G tarmoqlari simsiz 
kanallari bo‘yicha 100 Mbit/sek tezlikda ma’lumotlarni uzatish 
bo‘yicha muvffaqiyatli eksperimentlar o‘tkazilganligi haqida xabar 
qildi. SHunday qilib, NTT DoCoMo raqobatchilardan kamida 4 yilga 
ilgarilab ketgani ma’lum bo‘lib qoldi. Lekin faqat 2006 yilning 
ikkinchi yarmida yirik milliy va xalqaro operatorlar 4G standartini 
ishlab chiqish uchun rasmiy hamkorlikni boshladi. 
Next Generation Mobile Network Cooperation (NGMNC) ishchi 
guruhi butun dunyodan GSM- va CDMA-operatorlarini, ularning 
to‘rtinchi avlod mobil aloqa tizimlariga talablarni aniqlash uchun 
birga to‘pladi. Guruhni asosiy a’zolari Sprint Nextel, T-Mobile, 
Vodafone, KPN va Orange bo‘ldi, ularga NTT DoCoMo va China 
Mobile qo‘shildi. Bu birlashma Buyuk Britanida korxona ochdi, u 


98 
2007 yilning iyulida ma’lumotlar paketli kommutatsiyalanadigan 
to‘liq masshtabli tarmoqni ishlab chiqishni boshladi. Guruhning 
texnologik masalalaridan biri barcha 3G-texnologiyalarda, shu 
jumladan UMTS va EV-DOlardan 4Gga asta-sekin o‘tishga 
tayyorlash hisoblanadi. 
Xitoyda sotali aloqa tarmoqlarini rivojlantirishga boshqacha 
nazar bilan qaraladi. 2007 yilning yanvarida bir necha oylar 
sinovlardan keyin SHanxayning CHangning hududida dunyodagi 
birinchi to‘rtinchi avlod mobil kommunikatsiyalar tarmog‘i rasman 
ishga tushirildi. Tizim 100 Mbit/s ma’lumotlarni simsiz uzatish 
tezligini ta’minlaydi, buni optik tolali texnologiyalar yoki qisqa 
masofalarda mis kabellar olishga imkon beradigan tezlikka 
tenglashtirsa bo‘ladi. Ta’kidlash kerakki, 3Gdan 4Gga o‘tish bo‘yicha 
tadqiqotlar loyihasi Xitoy tomonidan 2001 yildayoq ishga tushirilgan. 
Amaldagi tizimni ishga tushirish 19,2 million dollarga tushdi. 4Gni 
keng joriy etish 2008 yilda Pekinda boshlandi. 
Evropada ham to‘rtinchi avlod birinchi mobil aloqa tarmoqlarini 
ishga tushirishga kirishildi. LTE (Long-Term Evolution) loyihasida 
qatnashishga o‘z istaklarini T-Mobile International, Orange va 
Vodafone Group yirik evropa operatorlari, shuningdek Alcatel-
Lucent, Nokia Siemens Networks, Nortel Networks va Ericsson mobil 
qurilmalar ishlab chiqaruvchilari bildirdi. LTEni testli ishga tushirish 
2007 yilning mayida boshlandi, tijorat ishlatishga esa birinchi 
tarmoqlar 2009-2010 yillarda ishga tushirildi. 
Mutaxassislar hozirning o‘zida aminki, 4G xizmatlari evropa 
abonentlari uchun yaqin yillarda ommaviylashishi ehtimoli kam. Axir 
hatto birinchi tarmoqlari ishga tushirilganidan 7 yil o‘tgan bo‘lsada, 
ular 
o‘z imkoniyatlaridan yarimidan kamida ishlatilmoqda. 
Tahlilchilar buni uchinchi avlod xizmatlariga oshirilgan tariflarga 
bog‘lashmoqda. Shunday qilib, 4Gning muvaffaqiyatida muhim rolni 
evropa operatorlarining narx siyosati o‘ynaydi. Axir, aslida, barcha 
foydalanuvchilarni yuqori tezlikli Internet va unga bog‘liq xizmatlar 
qiziqtiravermaydi, ko‘pchilikka oddiy ovozli aloqa kerak. 3Gning 
muammolarini hisobga olinganda telekommunikatsion xizmatlar 
bozoriga to‘rtinchi avlod texnologiyalarining ta’siri Yevropada faqat 
2020 yilga kelib bilinadi. 
Hozirda AQShda Nextel mobil aloqa operatori Flarion 
kompaniyasining 4G tizimi foydasiga 3Gni rad etish imkoniyatini 
ko‘rib chiqmoqda. Nextel testlash sohasini kengaytirish bilan xabar 


99 
qiladiki, «4G hayot faoliyatini tekshirish Amerika janubidagi yirik 
shaharlarlardagi 150 ta bazaviy stansiyalarni qamrab oladi». Ispaniya 
operatori esa uchinchi avlod tarmoqlarini joriy etishdan voz 
kechmayapdi, faqat “bitta avlod sakrashni” mo‘ljalash uchun ularning 
qo‘llanishi ko‘lamlarini cheklayaptdi. Agar Yangi Dunyoda faqat 
Flarion kompaniyasining echimlari yaxshi kutib olingan bo‘lsa, bu 
yerda IPwireless ishlanmalariga afzallik berilmoqda, bu yuzaga kelgan 
vaziyatda juda qulay, chunki 3G joriy etishdan tegishli ishlatiladi. 
Tahlilchilar ta’kidlashadiki, 4G tarmoqlarni ishlatishga kiritish 
yo‘lida qator muammolar mavjud. Birinchidan, bozorda abonentlar 
qurilmalari mavjud emas. Bunday telefonlar agar bo‘lganida juda ko‘p 
energiya talab qilar edi va akkumulyatorlarda uzoq ishlay olmas edi 
(hozirda bu muammolar 3G-qurilmalarda ham mavjud). Ikkinchidan, 
Internetga tezkor ulanish va videoservislar hozirda telefonlarga 
o‘rnatilganlariga qaraganda o‘lchami bo‘yicha katta va sifatliroq 
displeylarni talab qilar edi.
Lekin asosiy muammo tamoyilial boshqa xarakterga ega. Bu 
shundan iboratki, to‘rtinchi avlod tarmoqlari qurishga kapital 
qo‘yilmalar 2G va hatto 3G tarmoqlardagiga qaraganda ancha 
salmoqli bo‘lishi kerak. Shu bilan birga investorlar hozircha 
ehtiyotkorlik qilishmoqda, ular 4G-loyihalarning kerakli iqtisodiy 
samara berishiga ishonch hosil qilishmagan. Buning ustiga ayrim 
ishlab chiqaruvchilar 4G va simsiz keng polosali tarmoqlarni inkor 
qilishni taklif etishmoqda. Turli vaziyatlarda foydalanuvchilar eng 
to‘g‘ri keladigan ulanish usulini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Lekin har qanday holda 4G dan foydalanishning asosiy variantida Wi-
Fi texnologiya shafqatsiz raqobatchini oladi. 
4G texnologiyalari guruhi orqali taqdim etadigan juda katta 
ma’lumotlar oqimlarini uzatishdagi yangi imkoniyatlar hozirning 
o‘zida mobil kontentni etkazib beruvchilarda o‘z biznesini 
kengaytirish haqida o‘ylashga majburlamoqda. Agar bugungi kunda 
bu bozordagi asosiy tovar musiqa va oddiy o‘yinlar bo‘lsa, u holda 
4Gning paydo bo‘lishi mobil televidenie, so‘rov bo‘yicha video 
(Video-On-Demand, VOD), «ilg‘or» o‘yinlar va boshqalarni ancha 
dolzarb 
qiladi. 
Bundan 
tashqari, 
4G 
tufayli 
mobil 
videokonferensiyalar (videochatlar) va mobil peer-to-peer-tarmoqlar 
mumkin bo‘ladi.
Mobil o‘yinlar bozorining hajmi hozirgi vaqtda 1,6 milliard 
evroni tashkil etadi, binobarin, bu summaning 50 foizi Janubiy Koreya 


100 
va Yaponiyaga to‘g‘ri keladi. 2017 yilga kelib bozor bozor birmuncha 
ortadi va 2 milliard evro baholanadi. Bunday sezilarsiz ortishni 
sababini Screen Digest mutaxassisilari sotali operatorlarning 
o‘yinlarga emas, balki musiqiy va televizion mobil servislarga e’tibor 
qaratishiga urinishi deb aytishmoqda. Musiqiy mobil kontent bozorida 
aksincha, navbatdagi besh yil davomida keskin ortish kuzatiladi. 
Bozorning hajmi 2006 yildagiga qaraganda 8 martta ortadi va 1,47 
milliard evroni tashkil etadi. O‘sishning asosiy omillaridan biri 
foydalanuvchilarga nafaqat audiotreklar, balki bir vaqtda bo‘ladigan 
(shu jumladan multimediali) materiallarni taqdim etadigan obuna 
bo‘ladigan servislarning mumkinligi bo‘lib qoladi. 2017 yilga kelib 
bugungidek sotali abonentlar ko‘plat musiqiy kompozitsiyalarni mobil 
telefonlarga personal kompyuterlardan yuklanadi. 

Download 3,49 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   117




Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



(1G), (2G, 2.5G) va (3G) avlodlari taqdim etadigan xizmatlar  imkoniyatlarini taqqoslash

Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish