Dasturiy vosita xavfsizligining fundamental tamoyillari




Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/128
Sana19.12.2023
Hajmi3,33 Mb.
#123541
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   128
Bog'liq
A9k4uhxO3YwZ1v7e4Zqkca5zrFHjWA2dl3HCizPL

 
7.2. Dasturiy vosita xavfsizligining fundamental tamoyillari 
 
Dasturiy ta’minot yaratilganida va foydalanilganida qator 
tamoyillarga amal qilish talab qilinadi. Quyida OWASP tashkiloti 
tomonidan taqdim etilgan tamoyillar keltirilgan: 
Hujumga uchrashi mumkin bo‘lgan soha maydonini 
minimallashtirish. Dasturiy ta’minotga qo‘shilgan har bir xususiyat 
dasturga ma’lum miqdordagi xavf darajasini ham qo‘shadi. Dasturni 
xavfsiz amalga oshirishning maqsadi – hujumga uchrashi mumkin 
bo‘lgan sohani toraytirish orqali umumiy dasturdagi xavfni kamaytirish. 
Masalan, web saytlarda onlayn yordamini amalga oshirish uchun 
qidirish funksiyasi mavjud. Biroq, ushbu imkoniyat web saytga SQL – 
inyeksiya hujumi bo‘lishi ehtimolini keltirib chiqarishi mumkin. Qidiruv 
imkoniyati autentifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilar uchun bo‘lsa, 
hujum bo‘lishi ehtimoli kamayadi. Agar qidiruv ma’lumotlari 
markazlashgan tarzda tekshirilsa, ushbu hujum ehtimoli yanada 
kamayadi. 
Xavfsiz standart sozlanmalarini o‘rnatish. Amalda, aksariyat 
dasturiy ta’minotlarda va operatsion tizimlarda ko‘plab xavfsizlik 
sozlanmalari standart tartibda o‘rnatilgan bo‘ladi. Biroq, bu 
foydalanuvchilar tomonidan yaxshi qabul qilinmaydi va shuning uchun, 
aksariyat hollarda, ushbu sozlanmalarni o‘chirib qo‘yish amalga 
oshiriladi. Masalan, operatsion tizimlarda parollarni eskirish vaqti 


185 
standart holda o‘rnatilgan bo‘lsada, aksariyat foydalanuvchilar 
tomonidan ushbu sozlanma o‘chirib qo‘yiladi. 
Minimal imtiyozlar tamoyili. Axborot xavfsizligi, informatika, 
dasturlash va boshqa sohalarda keng qo‘llaniluvchi minimal imtiyozlar 
tamoyili (Principle of least privilege) – hisoblash muhitidagi u yoki bu 
abstraksiya darajasida resurslarga murojaatni tashkil qilish. Bunga ko‘ra 
har bir modul o‘z vazifasini to‘laqonli bajarishi uchun zarur bo‘lgan 
resurs yoki axborotdan minimal darajada foydalanish talab etiladi. 
Bu tamoyil foydalanuvchi yoki dasturchiga faqat o‘z vazifasi 
uchun zarur bo‘lgan imtiyozlarga ega bo‘lishi kerakligini anglatadi. 
Masalan, vaqt o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan turli mobil o‘yin 
dasturlari SMS xabarni o‘qish yoki qo‘ng‘iroq qiluvchilar ro‘yxatini 
bilish imkoniyatiga ega bo‘lishi shart emas. Masalan, dasturlash tillarida 
(Java dasturlash tilida keltirilgan) obyektlardan foydanishni cheklash 
uchun turli kalit so‘zlardan foydalaniladi (7.2-jadval). 
7.2-jadval 

Download 3,33 Mb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   128




Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Dasturiy vosita xavfsizligining fundamental tamoyillari

Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish