Antivirus dasturiy vositalarining kamchiligi




Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/128
Sana19.12.2023
Hajmi3,33 Mb.
#123541
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   128
Bog'liq
A9k4uhxO3YwZ1v7e4Zqkca5zrFHjWA2dl3HCizPL

Antivirus dasturiy vositalarining kamchiligi. Antivirus dasturiy 
vositasiga kompyuterni himoyalashda amalga oshirilish lozim bo‘lgan 
zaruriy shart sifatida qaraladi. Umuman olganda, antivirus kompyuter 
uchun zararli dasturlarni skanerlashni, himoyalashni, karantin holatiga 
tushirishni va boshqa amallarni bajaradi. Antivirus dasturiy vositalarini 
CD-disklardan va Internet tarmog‘idan foydalangan holda o‘rnatish 
mumkin. Antivirus dasturiy vositalari bir biridan ko‘plab o‘ziga xos 
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Masalan, Internet tarmog‘idan 
foydalanilganda reklamalarni blokirovkalash, Internet tarmog‘idan kirib 
keluvchi zararli dasturlarni blokirovkalash va h. Biroq, foydalanuvchilar 
to‘liq antivirus dasturiy vositalarining imkoniyatilariga ishonib 
qolmasliklari lozim. 
Viruslarni doimiy aniqlash uchun antivirus dasturiy vositalari eng 
yangi va yangilangan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan namunaviy 
fayllarga muxtoj. Biroq, antivirus ishlab chiqaruvchilari yangi virus 
uchun namunaviy fayllar yaratgunlaricha virus ishlab chiqaruvchilari 
tomonidan katta hajmdagi yangi viruslar yaratiladi. Bu esa, yangi virus 
uchun vaksinani tayyorlash yetarlicha ko‘p vaqtni talab qiladi. 
Bundan tashqari, antivirus dasturi Rootkit tipidagi zararli 
dasturlarni aniqlashda foydasi tegmasligi mumkin. Rootkit tipidagi 
zararli dasturlar kompyuter operatsion tizimining markaziga hujum 
qilishni maqsad qiladi.
Antivirus dasturiy vositalari sifatini baholash omillari. Antivirus 
dasturiy vositalari quyidagi omillarga ko‘ra baholanishi mumkin: 


199 
- ishonchlik va foydalanishdagi qulaylik – antivirus dasturiy 
vositasini “qotib qolishi” va foydalanish uchun turli tayyorganlikni talab 
etmasligi; 
- barcha keng tarqalgan viruslarni sifatli aniqlash, hujjat fayllari/ 
jadvallari (MS Word, Excel), paketlangan, arxivlangan fayllarni 
skanerlash va zararlangan obyektlarni davolash qobiliyati
- barcha mashhur platformalar uchun mavjudligi (DOS, Windows
NT, Novell NetWare, OS/2, Alpha, Linux va boshq), talab bo‘yicha 
va tezkor skanerlash rejimlarining mavjudligi; 
- ishlash tezligi va boshqa xususiyatlari. 
Antivirus dasturiy komplekslari. Har bir antivirus dasturiy vositalar 
o‘ziga xos afzallik va kamchiliklarga ega. Faqat bir necha antivirus 
dasturiy vositalaridan kompleks foydalanish to‘liq himoyani ta’minlashi 
mumkin. Amalda ko‘plab antivirus dasturiy vositalar mavjud, ularga 
quyidagilarni misol sifatida keltirish mumkin (7.3-jadval). 
7.3-jadval 

Download 3,33 Mb.
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   128




Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Antivirus dasturiy vositalarining kamchiligi

Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish