Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent




Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/128
Sana19.12.2023
Hajmi3,33 Mb.
#123541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Bog'liq
A9k4uhxO3YwZ1v7e4Zqkca5zrFHjWA2dl3HCizPL

UDK: 004.056(075.8) 
KBK: 32.965.9 
ISBN 978-9943-13-986-2 
© S.K.Ganiev, A.A.Ganiev, 
Z.T.Xudoyqulov, 2021 
© “IQTISOD-MOLIYA”, 2021 



MUQADDIMA 
Yangi texnologiyalar, elektron xizmatlar bizning kundalik 
hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Jamiyat axborot-
kommunikatsiya texnologiyalariga tobora ko‘proq qaram bo‘lib 
borayotganligi bois, ushbu texnologiyalarni himoya qilish va ulardan 
foydalanish milliy manfaatlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. 
Shu sababli, har bir tashkilotga kiberxavfsizlikni ta’minlash 
maqsadida, mazkur soha bilan shug‘ullanuvchi xodimlar jalb qilinmoqda 
va xodimlarni kiberxavfsizlikka oid bilimlar bilan muntazam tanishtirib 
borish uchun qator seminar-treyning mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. 
Oliy ta’lim muassasalarida ham kiberxavfsizlikni fan sifatida o‘tilishi 
buning yaqqol misolidir.
Respublikamizda axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bir 
qatorda xo‘jalik va davlat boshqaruvi organlarida axborot xavfsizligini, 
xususan, kompyuter bilan bog‘liq bo‘lgan xavfsizlik muammolarini 
bartaraf etish yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2017-2021- 
yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasida vazifalar belgilab olindi, shular qatorida 
“...axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini 
takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib 
qarshilik ko‘rsatish” va kiberjinoyatchilikni fosh etish masalalariga 
alohida e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, “Ilm, ma’rifat va raqamli 
iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Prezidenti Farmonida “2020-yil 1-sentyabrga 
qadar kiberxavfsizlikka doir milliy strategiya va qonun loyihasi ishlab 
chiqish” vazifalari belgilangan. Bu vazifalarni amalga oshirishda 
kiberxavfsizlik sohasiga oid o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqish ham 
e’tibor berish kerak bo‘lgan muhim jihatlardan hisoblanadi. 
Qo‘llanmaning birinchi bobida kiberxavfsizlik asoslari fani 
sohasining vazifalari va asosiy tushunchalari, uning qo‘llanilish sohasi 
hamda kiberxavfsizlikda inson omili masalalari ko‘rib chiqilgan. 
Kiberxavfsizlikning bilim sohalari, kiberxavfsizlik va axborot 
xavfsizligi tushunchalari o‘rtasidagi farq misollar asosida keltirilgan. 
Shuningdek, kiberjinoyatchilik, kiberhuquq va kiberetika masalalariga 
to‘xtalib o‘tilib, kiberjinoyatchilik uchun tayinlangan jazo turlari haqida 
ma’lumotlar keltirilgan. 



Ikkinchi bob kiberxavfsizlikning fundamental masalalariga 
bag‘ishlangan, hamda kiberxavfsizlik arxitekturasi, strategiyasi va 
siyosatini amalga oshirish tartibi xususida ma’lumotlar keltirilgan.
Uchinchi bobda axborotning kriptografik himoyasi doirasidagi 
asosiy 
tushunchalar, simmetrik kriptotizimlar, ochiq kalitli 
kriptotizimlar, ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash usullari, disklarni va 
fayllarni shifrlash hamda ma’lumotlarni xavfsiz o‘chirish usullari ko‘rib 
chiqilgan.
Qo‘llanmaning to‘rtinchi bobi foydalanishlarni nazoratlashga 
bag‘ishlangan bo‘lib, autentifikatsiya usullari, ma’lumotlarni fizik va 
mantiqiy boshqarish usullari keltirilgan. Amalda keng qo‘llanilayotgan 
mantiqiy foydalanishlarni boshqarish modellari va ulardan foydalanish 
bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan.
Beshinchi bob tarmoq xavfsizligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda 
tarmoqda mavjud bo‘lgan xavfsizlik muammolari va ularni bartaraf 
etishda tarmoqlararo ekrandan, virtual himoyalangan tarmoqdan va 
boshqa vositalardan foydalanish masalalari keltirilgan. Bundan tashqari, 
simsiz tarmoqlarda xavfsizlik muammolari va risklarni boshqarish 
masalalariga to‘xtalib o‘tilgan.
Oltinchi bobda tizimning foydalanuvchanlik xususiyati va uning 
tizim uchun muhimligi, ma‘lumotlarni zaxira nusxalash va qayta tiklash 
usullari xususida ma’lumotlar keltirilgan. Tizim foydalanuvchanligi 
uchun audit muolajasi muhim hisoblangani bois, Windows OT uchun 
hodisalarni qaydlash tartibi bilan tanishib chiqiladi.
Yettinchi bob dasturiy vositalar xavfsizligiga bag‘ishlangan bo‘lib, 
dasturlardagi xavfsizlik muammolari va ularni oldini olishga qaratilgan 
fundamental tamoyillar bayon etilgan. Vazifasi tizimga ziyon yetkazish 
uchun yaratilgan zararli dasturiy vositalar, ularning tahlili va zamonaviy 
antivirus dasturiy vositalari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

Download 3,33 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent

Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish