Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent




Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/128
Sana19.12.2023
Hajmi3,33 Mb.
#123541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Bog'liq
A9k4uhxO3YwZ1v7e4Zqkca5zrFHjWA2dl3HCizPL

 
 



I BOB. KIBERXAVFSIZLIK. UMUMIY MA’LUMOTLAR 
 
1.1. Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari 
Axborotni ishlash, uzatish va to‘plashning zamonaviy usullarining 
rivojlanishi foydalanuvchilar axborotini yo‘qolishi, buzilishi va oshkor 
etilishi bilan bog‘liq tahdidlarning ortishiga olib kelmoqda. Shu sababli, 
kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash 
axborot texnologiyalari rivojining yetakchi yo‘nalishlaridan biri 
hisoblanadi. 
Axborot xavfsizligi hayotda mavjud timsollarga asoslanadi. 
Hayotda qonuniy faoliyat olib boruvchi shaxslar mavjud, ular 1.1-
rasmda Alisa va Bob timsolida aks ettirilgan. Biroq, hayotda qonuniy 
faoliyat yurituvchi insonlarning faoliyatiga qiziquvchi, ularning ishlariga 
xalaqit beruvchi insonlar ham mavjud va ular 1.1-tasvirda Tridi 
timsolida tasvirlangan. Tridi timsoli barcha g‘arazli niyatlarni amalga 
oshiruvchi shaxslarni ifodalaydi. 
Bob
Alisa
Tridi
Tizim
1.1-rasm. Axborot xavfsizligining hayotdagi timsollari 
 
O‘quv qo‘llanmaning keyingi bo‘limlarini yoritishda quyidagi 
hayotiy senariyni ko‘raylik. Ushbu hayotiy senariy Alisaning onlayn 
banki (AOB) deb ataladi. Bunga ko‘ra, Alisa onlayn bankning biznes 
faoliyatini amalga oshiradi. Mazkur senariyda Alisaning xavfsizlik 
muammosi nima? Alisaning mijozi bo‘lgan Bobning xavfsizlik 
muammosichi? Alisa va Bobning xavfsizlik muammolari bir xilmi? 



Tridi nuqtai nazaridan qaraganda qanday xavfsizlik muammolari 
mavjud? Ushbu savollarga keyingi qismlarda javob berib o‘tiladi. 
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoyalash va 
axborot xavfsizligiga tegishli bo‘lgan ayrim tushunchalar bilan tanishib 
chiqaylik. 
Kiberxavfsizlik hozirda yangi kirib kelgan tushunchalardan biri 
bo‘lib, unga berilgan turlicha ta’riflar mavjud. Xususan, CSEC2017 
Joint Task Force manbasida kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif 
berilgan: kiberxavfsizlik – hisoblashlarga asoslangan bilim sohasi 
bo‘lib, buzg‘unchilar mavjud bo‘lgan sharoitda amallarni to‘g‘ri 
bajarilishini kafolatlash uchun o‘zida texnologiya, inson, axborot va 
jarayonlarni mujassamlashtiradi. U xavfsiz kompyuter tizimlarini 
yaratish, amalga oshirish, tahlillash va testlashni o‘z ichiga oladi. 
Kiberxavfsizlik ta’limning mujassamlashgan bilim sohasi bo‘lib, 
qonuniy jihatlarni, siyosatni, inson omilini, etika va risklarni 
boshqarishni o‘z ichiga oladi.
Tarmoq sohasida faoliyat yuritayotgan Cisco tashkiloti esa 
kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif bergan: Kiberxavfsizlik – tizim, 
tarmoq va dasturlarni raqamli hujumlardan himoyalash amaliyoti. 
Ushbu kiberhujumlar odatda maxfiy axborotni boshqarishni, 
almashtirishni yoki yo‘q qilishni; foydalanuvchilardan pul undirishni; 
normal ish faoliyatini buzishni maqsad qiladi. Hozirda samarali 
kiberxavfsizlik choralarini amalga oshirish insonlarga qaraganda 
qurilmalar va ularning turlari sonining kattaligi va buzg‘unchilar 
salohiyatini ortishi natijasida amaliy tomondan murakkablashib 
bormoqda.
Kiberxavfsizlik bilim sohasining zaruriyati birinchi meynfreym 
kompyuterlar ishlab chiqarilganidan boshlab paydo bo‘la boshlagan. 
Bunda mazkur qurilmalarning va ularning vazifalarining himoyasi 
uchun ko‘p sathli xavfsizlik choralari amalga oshirilgan. Milliy 
xavfsizlikni ta’minlash zaruriyatini oshib borishi kompleks va 
texnologik murakkab ishonchli xavfsizlik choralarini paydo bo‘lishiga 
sabab bo‘ladi.
Hozirda axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan har 
bir mutaxassisning kiberxavfsizlikning fundamental bilimlariga ega 
bo‘lishi talab etiladi. Kiberxavfsizlik fani sohasining tuzilishini 
quyidagicha tasvirlash mumkin (1.2-rasm). 




Download 3,33 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent

Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish