16
ta’minot va ma’lumotlar bazasini yaratish bilan bog‘liq huquqiy
munosabatlarga (mualliflik huquqiga) jiddiy zarar yetkazadi. Bundan
tashqari, dasturiy ta’minot kompaniyalariga katta moliyaviy
yo‘qotishlarni olib keladi.
“Maykrosoft Armaniston” kompaniyasining direktori Grigor
Barsegyanning ta’kidlashicha, “kompyuter qaroqchiligi”ning ishlab
chiqaruvchilarga yetkazgan zarari yiliga 66 milliard dollarni tashkil
etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra Armanistonlik iste’molchilar, o‘zlarining
moliyaviy resurslarini tejash maqsadida, viruslarni yuqtirish xavfi yuqori
bo‘lgan dasturlardan ongli ravishda foydalanganlar.
Kompyuter jinoyatchiligining oxirgi turi - jamoat yoki davlat
xavfsizligiga qarshi kompyuter jinoyatchiligi, ularga davlat yoki jamoat
xavfsizligiga qaratilgan xavfli xatti - harakatlar taalluqli. Ular ko‘pincha
ma’lumot uzatish qoidalarining, mamlakat mudofaa tizimining yoki
uning tarkibiy qismlarining buzilishi bilan bog‘liq.