• Kredit-moliya sohasidagi Kompyuter jinoyatchiligi
  • 1. Kompyuter jinoyatchiligi statistikasi Kredit-moliya sohasidagi Kompyuter jinoyatchiligi Bank xizmati va moliya amallari sohasi




    Download 19,25 Kb.
    bet1/3
    Sana02.02.2024
    Hajmi19,25 Kb.
    #150467
      1   2   3



    Mavzu: Axborotni huquqiy muhofaza qilish
    Reja:
    1. Kompyuter jinoyatchiligi statistikasi
    2. Kredit-moliya sohasidagi Kompyuter jinoyatchiligi
    3. Bank xizmati va moliya amallari sohasi
    4. Xakkerlar xujumi
    1-Kompyuter jinoyatchiligi statistikasi
    Kompyuter jinoyatchiligi statistikasi tahlil etilsa qayg‘uli manzaraga ega bo‘lamiz. Kompyuter jinoyatchiligi yetkazgan zararni narkotik moddalar va qurollarning noqonuniy aylanishidan olingan foydaga qiyoslash mumkin. Faqat AQSHda "elektron jinoyatchilar" yetkazgan har yilgi zarar qariyb 100 mld. dollarni tashkil etar ekan. Yaqin kelajakda jinoiy faoliyatning bu turi daromadliligi, pul mablag‘larining aylanishi va unda ishtirok etuvchi odamlar soni bo’yicha yaqin vaqtlargacha noqonuniy faoliyat orasida daromadligi bilan birinchi o‘rinni egallagan noqonuniy biznesning uch turidan uzib ketish ehtimolligi katta. Bu noqonuniy bizneslar-narkotik moddalar, qurol va kam uchraydigan yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilish. Davlat va xususiy kompaniyalar faoliyatining sotsiologik tadqiqot ma’lumotlariga qaraganda XXI asrning birinchi yillarida iqtisodiy sohadagi jinoyatchilik bank va boshqa tizimlarning axborot- kommunikatsion komplekslariga bo‘lishi mumkin bo‘lgan g‘arazli iqtisodiy harakatlarga qaratilgan bo’ladi.
    Kredit-moliya sohasidagi Kompyuter jinoyatchiligining soni muttasil o‘sib
    bormoqda. Masalan onlayn magazinlarida 25%gacha qalloblik to‘lov amallari qayd etilgan. Shunga qaramasdan G‘arb davlatlarida elektron tijoratning-yuqori daromadli zamonaviy biznesning faol rivojlanishi ko‘zga tashlanmoqda.
    Ma’lumki, bu soha rivojlanishi bilan parallel ravishda "virtual" qalloblarning ham daromadi oshadi. Qalloblar endi yakka holda harakat qilmaydilar, ular puxtalik bilan tayyorlangan, yaxshi texnik va dasturiy qurollangan jinoiy guruhlar bilan, bank xizmatchilarining o‘zlari ishtirokida ishlaydilar.
    Kredit-moliya sohasidagi Kompyuter jinoyatchiligi Xavfsizlik sohasidagi mutaxassislarning ko‘rsatishicha bunday jinoyatchilarning ulushi 70%ni tashkil etadi. "Virtual" o‘g‘ri o‘zining hamkasbi- oddiy bosqinchiga nisbatan ko‘p topadi. Undan tashqari "virtual" jinoyatchilar uyidan chiqmasdan harakat qiladilar. Foydalanishning elektron vositalarini ishlatib qilingan o‘g‘rilik zararining o‘rtacha ko‘rsatkichi faqat AQSHda bankni qurolli bosqinchilikdan kelgan zararning O‘rtacha statistik zararidan 6-7 marta katta. Bank xizmati va moliya amallari sohasidagi turli xil qalloblik natijasida xavfi har biri o‘zining usuliga ega bo‘lgan xakerlar, krakerlar va Kompyuter qaroqchilari tomonidan kelmoqda. Xakerlar, boshqa Kompyuter qaroqchilaridan farqli holda, ba’zida, oldindan, maqtanish maqsadida Kompyuter egalariga ularning tizimiga kirish niyatlari borligini bildirib qo‘yadilar. Muvaffaqiyatlari xususida Internet saytlarida xabar beradilar. Bunda xaker musobaqalashuv niyatida kirgan Kompyuterlariga zarar yetkazmaydi. Krakerlar (cracker) — elektron "o‘g‘rilar" manfaat maqsadida dasturlarni buzishga ixtisoslashganlar. Buning uchun ular Internet tarmog‘i bo’yicha tarqatiluvchi buzishning tayyor dasturlaridan foydalanadilar. Kompyuter qaroqchilari — raqobat qiluvchi firmalar va xatto ajnabiy maxsus xizmatlari buyurtmasi bo’yicha axborotni O‘g‘irlovchi firma va kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislari. Undan tashqari ular begona bank schetidan pul mablag‘larini o‘g‘irlash bilan ham shug‘ullanadilar. Ba’zi "mutaxassislar" jiddiy guruh tashkil qiladilar, chunki bunday kriminal biznes O‘ta daromadlidir. Bu esa tez orada, "virtual" jinoyatning zarari jinoyat biznesining an’anaviy xilidagi zarardan bir tartibga (agar ko‘p bo‘lmasa) oshishiga sabab bo’ladi. Hozircha bunday tahdidni betaraflashtirishning samarali usullari mavjud emas.

    Download 19,25 Kb.
      1   2   3




    Download 19,25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Kompyuter jinoyatchiligi statistikasi Kredit-moliya sohasidagi Kompyuter jinoyatchiligi Bank xizmati va moliya amallari sohasi

    Download 19,25 Kb.