Axborot xavfsizligining xizmatlari va mexanizmlari




Download 19,25 Kb.
bet2/3
Sana02.02.2024
Hajmi19,25 Kb.
#150467
1   2   3
Axborot xavfsizligining xizmatlari va mexanizmlari. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlar xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar Bank xizmati va moliya amallari sohasi Axborot xavfsizligining siyosatini ishlab chiqishda, avvalo himoya qilinuvchi ob’ekt va uning vazifalari aniqlanadi. So‘ngra dushmanning bu ob’ektga qiziqishi darajasi, hujumning ehtimolli turlari va ko‘riladigan zarar baholanadi. Nihoyat, mavjud qarshi ta’sir vositalari yetarli himoyani ta’minlamaydigan ob’ektning zaif joylari aniqlanadi. Samarali himoya uchun har bir ob’ekt mumkin bO‘lgan tahdidlar va xujum turlari, maxsus instrumentlar, qurollar va portlovchi moddalarning ishlatilishi ehtimolligi nuqtai nazaridan baholanishi zarur. Ta’kidlash lozimki, niyati buzuq odam uchun eng qimmatli ob’ekt uning e’tiborini tortadi va ehtimolli nishon bo‘lib xizmat qiladi va unga qarshi asosiy kuchlar ishlatiladi. Bunda, xavfsizlik siyosatining ishlab chiqilishida yechimi berilgan ob’ektning real himoyasini ta’minlovchi masalalar hisobga olinishi lozim. Qarshi ta’sir vositalari himoyaning to‘liq va eshelonlangan kontseptsiyasiga mos kelishi shart. Bu degani, qarshi ta’sir vositalarini markazida himoyalanuvchi ob’ekt bo‘lgan kontsentrik doiralarda joylashtirish lozim. Bu holda dushmanning istalgan ob’ektga yo‘li himoyaning eshelonlangan tizimini kesib o‘tadi. Mudofaaning har bir chegarasi shunday tashkil qilinadiki, qo‘riqlash xodimining javob choralarini ko‘rishiga yetarlicha vaqt mobaynida xujumchini ushlab turish imkoni bo‘lsin. So‘nggi bosqichda qarshi ta’sir vositalari qabul qilingan himoya oshiriladi. Agar bir binoning ichida turli himoyalash talablariga ega bo‘lgan ob’ektlar umumiy ruxsatsiz nazoratlanuvchi makon ichida ichki perimetrlar ajratiladi va joylashgan bo‘lsa, bino otseklarga bo‘linadi. Shu tariqa himoyalashda nafaqat alohida ob’ekt yoki bino, balki uning joylanish joyi ham hisobga olinishi zarur. Ko‘p sonli binolari bo‘lgan yer uchastkalari xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha umumiy yoki qisman mos keladigan talablarga ega bo’ladi, ba’zi uchastkalar esa perimetr bo’yicha to‘siqqa va yagona yo‘lakka ega. Umumiy perimetr tashkil etib, har bir binodagi himoya vositalarini kamaytirish va ularni faqat xujum qilinishi ehtimoli ko‘proq bo‘lgan muhim ob’ektlarga o‘rnatish mumkin. Xuddi shu tariqa uchastkadagi har bir imorat yoki ob’ekt xujumchini ushlab qolish imkoniyatinuqtai nazaridan baholanadi. Yuqoridagi keltirilgan talablar tahlili ko‘rsatadiki, ularning barchasi axborotni ishlash va uzatish qurilmalaridan xuquqsiz foydalanish, axborot eltuvchilarini O‘g‘irlash va sabotaj imkoniyatini yo‘l qo‘ymaslikka olib keladi.

Download 19,25 Kb.
1   2   3




Download 19,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot xavfsizligining xizmatlari va mexanizmlari

Download 19,25 Kb.