|
1. Kompyuter jinoyatchiligi statistikasi Kredit-moliya sohasidagi Kompyuter jinoyatchiligi Bank xizmati va moliya amallari sohasi
|
bet | 3/3 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 19,25 Kb. | | #150467 |
Xakkerlar xujumi
Binolar, imoratlar va axborot vositalarining xavfsizlik tizimini nazorat punktlarini bir zonadan ikkinchi zonaga o‘tish yo‘lida joylashtirgan holda kontsentrik halqa ko‘rinishida tashkil etish maqsadiga muvofiq hisoblanadi. Axborot xizmati binolari va xonalariga kirishning nazorati masalasiga kelsak, asosiy chora-nafaqat bino va xonalarni, balki vositalar kom’leksini, ularning funktsional vazifalari bo’yicha ajratish va izolyatsiyalash. Bino va xonalarga kirishni nazoratlovchi avtomatik va noavtomatik tizimlar ishlatiladi. Nazorat tizimi kunduzi va kechasi kuzatish vositalari bilan to‘ldirilishi mumkin. Xavfsizlikning fizik vositalarini tanlash himoyalanuvchi ob’ektning muhimligini, vositalarga ketadigan harajatni va nazorat tizimi ishonchliligi darajasini, ijtimoiy jihatlarni va inson nafsi buzuqligini oldindan o‘rganishga asoslanadi. Barmoq, kaftlar, ko‘z to‘r pardasi, qon tomirlari izlari yoki nutqni aniqlash kabi biometrik indentifikatsiyalash ishlatilishi mumkin. SHartnoma asosida texnik vositalarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ob’ektga kiritishning maxsus rejimi ko‘zda tutilgan. Bu shaxslar identifikatsiyalanganlaridan so‘ng ob’ektga kuzatuvchi hamrohligida kiritiladi. Undan tashqari ularga aniq kelish rejimi, makoniy chegaralanish, kelib-ketish vaqti, bajaradigan ish xarakteri o‘rnatiladi. Nihoyat, bino perimetri bo’yicha bostirib kirishni aniqlovchi turli datchiklar yordamida kompleks kuzatish o‘rnatiladi. Bu datchiklar ob’ektni qo‘riqlashning markaziy posti bilan bog‘langan va bo‘lishi mumkin bo‘lgan bostirib kirish nuqtalarini, ayniqsa ishlanmaydigan vaqtlarda, nazorat qiladi. Vaqti-vaqti bilan eshiklar, romlar, tom, ventilyatsiya tuynuklari va boshqa chiqish yo‘llarining fizik himoyalanish ishonchliligini tekshirib turish lozim. Har bir xonaga ichidagi narsaning muhimliligiga bog‘liq foydalanish tizimiga ega bo‘lgan zona sifatida qaraladi. Kirish-chiqish xuquqi tizimi shaxs foydalanishdan ichki himoya vositalari yaratiladi. perimetr, odatda, fizik to‘siqlar orqali aniqlanib, bu to‘siqlardan o‘tish elektron usul yoki qo‘riqlash xodimlari tomonidan bajariluvchi maxsus muolajalar yordamida nazoratlanadi. Umumiy chegaraga yoki perimetrga ega bo‘lgan binolar guruhini yoki ob’ekt muhimligiga bog‘liq holda selektsiyali va darajalari bo’yicha rutbalangan bo‘lishi shart. Kirish-chiqish xuquqi tizimi markazlashgan bo‘lishi mumkin (ruxsatlarni boshqarish, jadval va kalendar rejalarining rejalashtirilishi, kirish-chiqish xuquqining yozma namunalari va h.). Nazorat tizimini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish va uni doimo ishga layoqatli holda saqlash lozim. Buni ixtisoslashgan bo‘linmalar va nazorat organlari ta’minlaydi. Shaxsiy Kompyuter va fizikaviy himoya vositalari kabi o‘lchamlari kichik asbob-uskunalarni ko‘zda tutish mumkin.
Yuqorida keltirilganlarga xulosa qilib, Kompyuter tarmoqlarini (reglamentlovchi) hujjat tuziladi. Siyosat odatda ikki qismdan iborat bo’ladi: umumiy printsi’lar va ishlashning muayyan qoidalari. Umumiy printsi’lar Internetda xavfsizlikka yondashishni aniqlasa, qoidalar nima ruxsat etilishini va nima ruxsat etilmasligini belgilaydi. Qoidalar muayyan muolajalar va turli qo‘llanmalar bilan to‘ldirilishi mumkin. Himoyaga qo‘yiladigan talablarning asosini tahdidlar ro‘yxati tashkil etadi. Bunday talablar O‘z navbatida himoyaning zaruriy vazifalari va himoya vositalarini aniqlaydi.
Uyga vazifa
1. Xakerlar,
2. Krakerlar (cracker)
3. Kompyuter qaroqchilari
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1. Kompyuter jinoyatchiligi statistikasi Kredit-moliya sohasidagi Kompyuter jinoyatchiligi Bank xizmati va moliya amallari sohasi
|