194
Buzmaydigan viruslar uchun ushbu bosqich xotirada dasturni
korrekt ishlanishi shart bo‘lgan ko‘rinishda tiklash va boshqarishni virus
dastur-eltuvchisiga o‘tqazish bilan bog‘liq.
Zarar keltiruvchi dasturlarning boshqa xillari. Viruslardan
tashqari zarar keltiruvchi dasturlarning quyidagi xillari mavjud:
– troyan dasturlari;
– mantiqiy bombalar;
– masofadagi kompyuterlarni yashirincha ma’murlovchi xaker
utilitalari;
– Internetdan va boshqa konfidensial axborotdan foydalanish
parollarini o‘g‘rilovchi dasturlar.
Ular orasida aniq chegara yo‘q: troyan dasturlari tarkibida viruslar
bo‘lishi, viruslarga mantiqiy bombalar joylashtirilishi mumkin va h.
Troyan dasturlar
o‘zlari ko‘paymaydi va tarqatilmaydi.
Tashqaridan troyan dasturlar mutlaqo beozor ko‘rinadi, hatto foydali
funksiyalarni tavsiya etadi. ammo foydalanuvchi bunday dasturni
kompyuteriga yuklab, ishga tushirsa, dastur bildirmay zarar keltiruvchi
funksiyalarni bajarishi mumkin. Ko‘pincha troyan dasturlar viruslarni
dastlabki tarqatishda, Internet orqali masofadagi kompyuterdan
foydalanishda, ma’lumotlarni o‘g‘rilashda yoki ularni yo‘q qilishda
ishlatiladi.
Mantiqiy bomba – ma’lum sharoitlarda zarar keltiruvchi
harakatlarni bajaruvchi dastur yoki uning alohida modullari. Mantiqiy
bomba, masalan, ma’lum sana kelganida yoki ma’lumotlar bazasida
yozuv paydo bo‘lganida yoki yo‘q bo‘lganida va h. ishga tushishi
mumkin. Bunday bomba viruslarga, troyan dasturlarga va oddiy
dasturlarga joylashtirilishi mumkin.