1.4-TOPSHIRIQ
Cisco Packet Tracer dasturida LAN va VLAN tarmoqlarini qurish.
Ishning maqsadi:
Ushbu laboratoriya ishi quyidaglar uchun mo‘ljallangan:
- Cisco firmasining kommutatoridagi VLAN tarmoqni CPT dasturida sozlashni o‘rganish.
- CPT muhitida CISCO uskunalarida VLAN Trunking Protocol (VTP) ni sozlash
ko'nikmalarini olish
- Cisco routerlarining asosiy parametrlarini va Cisco ning 2-darajali kommutatorlarini
o'rganish.
Qisqa nazariy ma’lumotlar:
2.1.
VLAN (Virtual Local Area Network) – umumiy talablar to‘plamiga ega bo‘lgan
xostlar guruhidan lokal kompyuter tarmog‘i hisoblanadi. VLAN xostlarga o‘zaro guruhlashishga
va ajralishga imkon beradi. Bitta VLAN chegaralaridagi qurilmalar
aloqa qilishi mumkin, turli
VLANlarda bo‘lgan tugunlar esabir-birlari uchun ko‘rinmaydi. Quyida VLANning afzalliklari
keltirilgan:
- qurilmalarni guruhlarga tez moslashvchan ajratish. Bitta VLANga bitta nimtarmoq mos
keladi. Turli VLANlarda bo‘lgan qurilmalar turli nimtarmoqlarda bo‘ladi.
Lekin shu bilan bir
vaqtda VLAN qurilmaning joylashish o‘rniga bog‘lanmagan va shuning uchun bir-birlaridan
masofada joylashgan qurilmalar baribir joylashish o‘rnidan qatʼiy nazar bitta VLANda bo‘lishi
mumkin.
- tarmoqda keng tarqatiladigan trafikni kamaytirish. Har bir VLAN bu alohida keng
tarqatishli domen hisoblanadi. Masalan, kommutator bu OSI modeli 2-darajasining
qurilmasi
hisoblanadi. Kommutatordagi barcha portlar faqat bitta VLAN bilan bitta keng tarqatishli
domenda bo‘ladi. Kommutatorda qo‘shimcha VLANlarni hosil qilish kommutatorni bir necha
keng tarqatishli domenlarga bo‘lishni bildiradi. Agar o‘sha bir
VLAN turli kommutatorlarda
sozlangan bo‘lsa, u holda turli kommutatorlarning portlari bitta keng tarqatishli domenni hosil
qiladi.
- tarmoqnng boshqariluvchanligi va xavfsizligini oshirish. Tarmoq VLANlarga
bo‘linganda xavfsizlik siyosatlari va qoidalarining qo‘llanilishi masalasi soddalashadi. VLAN
bilan xavfsizlik siyosatlarini
aohida qurilmaga emas, balki butun nimtarmoqlarga qo‘llash
mumkin. Bundan tashqari, bitta VLANdan boshqa VLANga o‘tish 3-daraja qurilmasi orqali
o‘tishni ko‘zda tutadi, unda bitta VLANdan boshqa VLANga o‘tishga
ruxsat etadigan yoki
taʼqiqlaydigan siyosatlar qo‘llanadiyu
VLANlar kommutatorlar, marshrutizatorlar, boshqa tarmoq
qurilmalari va xostlarda
sozlanishi mumkin. Lekin VLANni tushuntirish uchun kommutatorlar eng yaxshi to‘g‘ri keladi
(1- rasm).
Kommutator bu 2-daraja qurilmasi va dastlab kommutatorning barcha portlari 1- VLANda
va demak bitta keng taratishli damenda bo‘ladi.
1-rasm. Cisco kommutatorlaridagi VLAN li tarmoq
Cisco atamalari quyidagicha:
access port – bitta VLANga tegishli bo‘lgan va teglanmagan trafikni uzutadigan
trunk port – bir yoki bir necha VLANlarning teglangan trafigini uzatadigan port.
Access portlarni sozlash quyidagicha.
VLANda kommutator 1- va 2- portlarining vazifalari quyidagicha:
sw1(config)# interface range fa0/1 - 2
sw1(config-if)#
switchport mode access
sw1(config-if)# switchport access vlan 2
fa0/4 do fa0/5 v vlan 10:
sw1(config)# interface range fa0/4 - 5
sw1(config-if-range)# switchport mode access
sw1(config-if-range)# switchport access vlan 10
2.2.
VLAN Trunking Protocol (VTP) — tarmoq qurilmalarida Vlanlarni yaratish, o'chirish
va qayta nomlash uchun mo'ljallangan Cisco Systems kompaniyasining mulkiy protokoli.
Vlanedagi qaysi port haqida ma'lumotni uzatish mumkin emas.
VTP switch ikki operatsion usullari bor: