1.2-TOPSHIRIQ
TARMOQ SIMULYATORI BILAN ISHLASH. CISCO PACKET TRACER
DASTURINI SOZLASH VA ISHLASH JARAYONINI TEKSHIRISH
1. Ishning maqsadi
Ushbu laboratoriya ishi quyidagilar uchun mo‘ljallangan:
- Cisco Packet Tracer dasturining ishlash tamoyillari bilan tanishish;
- Eng sodda tarmoqlarni qurish bo‘yicha ko‘nikma hosil qilish.
- Tarmoq qurilmalarini ulashda tarmoq kabellarini tayyorlashni o‘rganish.
2. Qisqa nazariy ma’lumotlar
2.1 Cisco Packet Tracer (CPT)
– bu
Cisco kompaniyasi tamonidan
yaratilgan tarmoq emulyatori. Dastur har xil protokollarni qo‘llab-quvvatlagan holda
har xil topologiyada ko‘p turli qurilmalar bilan tarmoqni qurish va tahlil qilishga
imkon beradi. Unda siz har xil tarmoq qurilmalarining (marshrutizatorlar,
kommutatorlar, simsiz kirish nuqtalari, shaxsiy kompyuterlar, tarmoq printerlari va
hakozo) ishlashini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Cisco Packet Tracer
dasturi interfeysi. 1-rasmda
Cisco Packet Tracer
dasturining interfeysi (asosiy oyna) tasvirlangan.
1-rasm. Cisco Packet Tracer (CPT) dasturi interfeysi
Asosiy menyu quyidagi punktlardan tashkil topadi:
File
(Файл) – hujjatlarni ochish/saqlash operatsiyalaridan tashkil topgan;
Edit
(Правка) – “nusqa olish/qirqish, bekor qilish/takrorlash”
standart
operatsiyalaridan tashkil topgan;
Options
(Настройки) – dastur sozlamalaridan tashkil topgan. Xususan, bu
yerda dasturni boshqa tillarga mahalliylashtirish
imkonini beruvchi knopkasi
joylashgan;
View
(Вид) – ishchi maydon masshtabini va uskunalar panelini o‘zgartirish
uskunalaridan tashkil topgan;