Bu holda har doim quyidagi qoidaga amal qilish tavsiya etiladi: server uchun 0-
portni, PC1 uchun 1-portni, PC2 uchun 2-portni va hakozo tanlaymiz. Tarmoq
tugunlariga IP adres va maskalarni beramiz. Buning uchun sichqonchani ikki marta
bosish orqali zaruriy kompyuterni ochami, keyin Config (Konfiguratsiya)- Interface
(Interfeys)- FastEthetnet0. IP Configuration parametrlar
guruhida Static kalit
faollashtirilishi zarur, IP Address maydonida kompyuterning IP-adresi kiritiladi,
maska avtomatik ravishda paydo bo‘ladi. Port status – On.
Eslatmalarni hosil qilish uskunasi Place Note. Eslatmalarni hosil qilish
uskunasidan Place Note (N tugmasi) foydalanib barcha
qurilmalarning IP larini,
hamda ishchi maydonning yuqori qismiga layihamizning nomini “Изучение
топологии звезда” (Yulduz topologiyasini o‘rganish) yozamiz (8-rasm).
8-rasm. Place Note uskunasidan foydalanish
Maslahat. IP adreslarni Config (Konfiguratsiya) oynasidan nusqalash kerak.
Bunda Place Note uskunasi faollashtiriladi. Eslatmalar bilan ishchi maydonni
haddan tashqari to‘ldirib tashlamaslik uchun qurilmalar
tiplari belgilarini
(yorliqlarini) olib tashlaymiz: Packet Tracer oynasining yuqori qismidagi Options
menyusini ochamiz, keyin ochilayatgan ro‘yxatdan Preferens punktini tanlaymiz,
hamda dialog oynasidan Show device model label belgisini olib tashlaymiz (9-
rasm).
9-rasm. Show device model labels bayroqchasini olib tashlash
Tarmoqning ishlashini sinab ko‘rish uchun biz kompyuterdan boshqa SHK ga
test ping signalini jo‘natamiz va Simulation rejimini yoqamiz. Event list oynasida
Edit filters tugmasi yordamida dastlab barcha turdagi signallardan filtrlarni
tozalaymiz, keyin nazorat signali tipini o‘rnatamiz: faqat ICMP. Keyin Event list
oynasini yopamiz (10-rasm).
10-расм. Event list tugmasi
Oynaning o‘ng tarafidagi grafik menyudan (simple PDU)
ni tanlaymiz va sichqonchani bosamiz, uni SHK ga o‘rnatamiz –
signal manbasini (masalan, PC3) tanlaymiz, va keyin belgilangan tugunga (bu server
ham bo‘lishi mumkin).
tugmasini
bosish orqali PDU paket
harakatini qadamma-qadam kuzatamiz (11-rasm).
11-rasm. Pakentning tarmoq bo‘ylab muvaffaqiyatli o‘tishi
PDU – OSI modelining har xil darajalarida maʼlumotlar fragmentlarining
umumiy nomlanishi: Ethernet kadr,
ip-paket, udp-datagramma, tcp-segment va
hakozo.