27
xususiyat bo’lib, bu masalani yechishda uncha katta tajribaga ega bo’lmagan
dasturlarchilar ko’pincha qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu holatni batafsilroq
tushuntirish uchun mavzuni boshida keltirilgan masalamizga qaytamiz.
Class Mushuk
{
unsigned int itsYosh;
unsigned int itsOgirlik;
void Miyovlash();
}
Bu tarzda sinfni e’lon qilishda itsYosh va itsOgirlik maydonlari ham,
Miyovlash() usuli ham yopiq a’zo sifatida aniqlanadi. Dasturda yuqoridagi tartibda
Mushuk sinfi e’lon qilingan bo’lsa va bu sinf ekzemplyari bo’lgan obyektning
itsYosh a’zosiga main() funksiyasi tanasidan turib murojaat qilsak kompilyator
xatolik ro’y berganligi haqida xabar beradi.
Mushuk Baroq;
Baroq.itsYosh = 5 // Xatolik!
// Yopik a’zoga murojaat qilish mumkin emas.