26
umuman o’ylamaydi. Haqiqatan ham, xolodilnikni ishlatishda refrijektorni ishlash
tamoyilini bilish shart emas. Yaxshi ishlab chiqilgan dastur obyektini qo’llashda
uning ichki o’zgaruvchilarining o’zaro munosabati haqida qayg’urish zarur emas.
Yana bir marta takrorlash joizki, rezistorni samarali qo’llash uchun uning
ishlash tamoyili va ichki qurilmalari haqidagi ma’lumotlarni bilish umuman shart
emas. Rezistorning barcha xususiyatlari inkapsulyatsiya qilingan, ya’ni yashirilgan.
Rezistor faqatgina o’z funksiyasini bajarishi etarlidir.
C++
tilida
inkapsulyatsiya
tamoyili
sinf
deb
ataluvchi
nostandart
tiplarni(foydalanuvchi tiplarini) hosil qilish orqali himoya qilinadi.
Sinflar qanday tuzilishga ega ekanligi bilan keyinroq tanishib chiqamiz.
To’g’ri aniqlangan sinf obyektini butun dasturiy modul sifatida ishlatish
mumkin. Haqiqiy sinfning barcha ichki ishlari yashirin bo’lishi lozim. To’g’ri
aniqlangan sinfning foydalanuvchilari uning qanday ishlashini bilishi shart emas, ular
sinf qanday vazifani bajarishini bilsalar etarlidir.
Sinf elementini e’lon qilishda bir nechta kalit so’zlardan foydalaniladi:
public,