Yorug‘lik nurining tabiati




Download 188,17 Kb.
bet5/14
Sana08.06.2024
Hajmi188,17 Kb.
#261558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
FIZIKAAAA

Yorug‘lik nurining tabiati.


Yorug‘lik tabiati to‘g‘risidagi fan ikkita bir-biriga bog‘liq qonun orqali biri-birini to‘ldirib keladi. Djeyms Maksvell (1831-1879, Shotlandiya) elektromagnit qonunini, Albert Eynshteyn (1879-1955, Germaniya) kvant qonunlarini ixtiro qilishdi.


Elektromagnit qonun asosida shunday tasavvur yotadiki, tarqalayotgan yorug‘lik bu – elektromagnit to‘lqindir. Inson ko‘zi yorug‘lik sifatida ko‘radigan, unchalik katta bo‘lmagan ko‘rish spektriga ega. Ko‘rish spektrining ikki tarafida inson ko‘zi ko‘ra olmaydigan tele va radio to‘lqinlar, ultrato‘lqinlar, rentgen va xokazolar joylashadi. Kvant qonuni asosida esa shunday asos yotadiki, "yorug‘lik eneriyasi tarkibi" bo‘lmish fotonlar – to‘g‘ri chiziq (pryamolineyno) bo‘ylab harakatlanadi va shu harakatni inson ko‘zi yorug‘lik sifatida qabul qiladi.
Albatta, har bir qonunning qo‘llanilish sohalari bor. Maksvell qonuni ko‘proq yorituvchilarga rangli filtrlar va plyonkalar, lampalar ishlash prinsiplarini tushunishda ko‘proq xizmat qiladi.
Maksvell teoriyasi shuni ta’kidlaydiki, har xil chastotalarga ega elektromagnit to‘lqinlar bor. Bu to‘lqinlar, ya’ni, energiya tarqatuvchilar teleradiotarqatuvchi (uzun, o‘rta, qisqa va ultraqisqa), infraqizil, ultrafiolet, yorug‘lik, rentgen, radar, gamma, kosmik kabi ko‘rinishlarda bo‘ladi. Yorug‘lik tarkibidagi elektromagnit to‘lqinlar barcha yo‘nalishda 299792,4 km/sekund tezlik bilan harakatlanadi.
Uning tezligidan qat’iy nazar, yorug‘lik to‘lqinlarini ham o‘lchash mumkin. Fizikada to‘lqin uzunligi birligi sifatida angstrem (Å) (Andres Yonas Amgstrem, 1814-1874, Shotlandiya), ba’zi bir olimlar birlik sifatida nanometrdan (nm) foydalanishadi. Bir nanometr o‘n angstremga teng yoki bir metrning milliarddan biri. Millimikron (mm) atamasi nanometr (nm) atamasi bilan sinonim sifatida ham ishlatiladi.
Yorug‘lik energiyasi spektr bo‘yicha tarqalishi spektrofotometr o‘lchov asbobi yordamida o‘lchanadi. Aslida, har xil uzunlikdagi to‘lqinlar xech qanday rangga ega emas, lekin ko‘z qobig‘i va miya retseptorlari har xil uzunlikdagi to‘lqinlarini rangli yorug‘lik sifatida qabul qiladi.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Rang o‘zi nima? Rang bu – yorug‘lik nurining tarkibiy qismi bo‘lib, ma’lum uzunliklarga ega bo‘lgan to‘lqin uzunliklaridir.
Yorug‘lik nurini shisha prizma orqali o‘tkazib, Isaak Nyuton quyosh yorug‘ligi har xil ranglardan iborat bo‘lishini isbot qildi, quyosh nuri prizmada sinib, yorug‘lik spektrini hosil qiladi.
To‘lqinlar qanday chastota yoki uzunlikka ega bo‘lishidan qat’iy nazar prizma orqali o‘tganda turli ranglarda: qisqa to‘lqinlar spektrning havorang qismi (fiolet, ko‘k, xavo rang), o‘rta to‘lqinlar spektrning yashil-sariq qismi, uzun to‘lqinlar esa spektrning to‘q sariq-qizilqismilariga bo‘linadi. Xalqaro birliklar sistemasida bu ranglar qisqartirilgan xolda R, G, B nomlarini olgan.
Ranglar inson ko‘zi qabul qiladigan to‘lqin uzunliklariga mos keladi. Ayrim hashorot va hayvonlar insonlardan farqli ravishda boshqa to‘lqin uzunliklarini qabul qiladi va boshqacha ranglarni ko‘radi.
Inson ko‘zi ko‘ra oladigan to‘lqin uzunligi 380-780 nm oraliqqa to‘g‘ri keladi. Fiolet to‘lqinlardan qisqa bo‘lgan to‘lqinlar ultrafiolet, qizildan uzun bo‘lgan to‘lqinlar infraqizil to‘lqinlar deb nomlanadi.



  1. Download 188,17 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 188,17 Kb.