International Multidisciplinary Conference




Download 169,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana19.02.2024
Hajmi169,97 Kb.
#158888
1   2   3
Bog'liq
biologiya kerak

International Multidisciplinary Conference
Hosted from Manchester, England
 
https://conferencea.org 25
th 
May 2022
140
bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi.Biologiya o'quv fanini o'qitishda axborot 
texnologiyalaridan foydalanish quyidagi didaktik maqsadlarni amalga oshirishga zamin tayyorlaydi: 
1. Axborot texnologiyalari biologiyani o'qitishda ko'zda tutiladigan ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi 
maqsadlarni amalga oshirish imkonini beradigan o'quv materialini yig'ish, saralash, unga didaktik ishlov 
berish, tarqatish va ta’lim jarayonida foydalanishga zamin yaratadi. 
2. Har bir o'quvchida mavjud iqtidor, ehtiyoj, qiziqish va o'quv motivlariga mos holda tahsil olish 
trayektoriyasi, tempini belgilash, zarur hollarda axborot dasturlaridan takroran foydalanish imkonini beradi. 
3. Biologiya darslarining strukturasini tubdan o'zgartiradi, darsning borishi, xarakteri, o'quvchilarning bilish 
faoliyatini obyekt-subyekt munosabatidan, subyekt-subyekt munosabatiga, ya’ni o'quvchilar o'quv 
maqsadlariga erishish uchun pedagogik jarayonning faol ishtirokchisiga aylantiradi. 
4. O'quvchilarda mustaqil, ijodiy, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirishga zamin 
tayyorlaydi. 
5. O'quv yurtida amalga oshirish imkoni bo'lmagan hollar (kerakli jihozlar bo'lmagan, o'tkaziladigan tajribalar 
o'quvchilar sog'ligi uchun zararli, uzoq davom etadigan, ishlab chiqarish korxonalarining texnologiyalarini 
o'rganish)da tajribalarni virtual namoyish qilish imkonini beradi. 
6. O'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o'stirish, o'quvchilarning o'quv bilish faoliyatini faollashtirish va 
o'quv motivlarmi orttirishga zamin tayyorlaydi. 
7. Ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini aniqlash maqsadida teskari aloqa, ya’ni qisqa muddat ichida 
o'quvchilarning o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini aniqlash va baholash imkoniyati vujudga keladi. 
Uzluksiz ta ’lim tizimida pedagogik faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchilaming oldidagi muhim vazifalardan biri 
o'quvchilarning fan asoslarini o'zlashtirishga bo'lgan qiziqishlarini orttirish, mustaqil va ijodiy fikrlash 
ko'nikmalarini rivojlantirish asnosida ularning barkamolligini ta’minlash sanaladi.[2]Ushbu muammolarni hal 
etishda axborot texnologiyalarining mahsullari muhim ahamiyat kasb etadi.Axborot texnologiyalari 
mahsullaridan foydalanilgan darslar axborotlarga boy, ko'rgazmali, interfaol bo'lib, vaqtdan unumli 
foydalanish, har bir o'quvchining o'z tempi bo'yicha bilim olish, o'qituvchi esa, o'quvchilar bilan 
tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan ta ’limni amalga oshirish imkoniyati vujudga keladi, shu bilan bir 
qatorda o'qitishda natijalarini nazorat qilish va baholash uchun zamin yaratadi.Biologiya fani mazmunidagi 
hujayra, to‘qima, kimyoviy element-laming molekula, atomning tuzilishi, modda va energiya almashinuvi, 
fotosintez, oqsillar biosintezi, biotexnologiya va gen injeneriyasiga doir jarayonlarni o‘quvchilar bevosita 
kuzatish imkoniyati bo'lmaydi, mazkur jarayonlarni vizual holatga aylantirish ko'zlangan natijani beradi. 
Jumladan, 
• o'quvchilarning hujayra, to'qima, kimyoviy elementlarning molekula, atomning tuzilishi, modda va energiya 
almashinuvi, fotosintez, oqsillar biosintezi jarayoni haqida tasaw ur hosil qilish, abstraksiyalash va xotirada 
saqlash imkonini bo'ladi; 
• o'quvchilarning motivlari va o'zlashtirish darajasi e’tiborga olgan holda zarur hollarda takroran o'rganish va 
o'quvchilarning bilimidagi bo'shliqlarni to'ldirish irrikonini beradi; 
• biologik jarayonlarni animasiyalar tarzida virtuallashtirish o'quvchilar ko'rgazmali-obrazli fikr yuritish va 
o'quv materialini to'liq o'zlashtirishga zamin tayyorlaydi; 
• biologiya darsida animasiyalardan foydalanish darsning barcha
bosqichlarida o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishga olib keladi. 
Biologiyani o'qitishda axborot texnologiyalarning quyidagi mahsullaridan foydalanish mumkin: 
1. Har bir mavzu mazmuniga asosan ko'rgazmalilikni amalga oshirish, ya’ni taqdimot materiallari. 
2. Biologik jarayonlaming animasiyasi. 
3. Virtual laboratoriya va amaliy ishlar. 
4. Ishlab chiqarish korxonalariga virtual ekskursiya. 
5. Biologik jarayonlaming modellashtirilgan dasturi. 
6. Biologik jarayonlaming ta ’limiy dasturlari. 
7. O'quvchilarning mavzular bo'yicha o'zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash uchun nazorat 
dasturlari. 


TECH-FEST-2022 

Download 169,97 Kb.
1   2   3




Download 169,97 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



International Multidisciplinary Conference

Download 169,97 Kb.
Pdf ko'rish