|
Texnologiyalarni
|
bet | 3/4 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 24,34 Kb. | | #249594 |
Bog'liq Tezis Xulosa va takliflar.
Moliya tizimiga raqamli texnologiyalarni jalb etishning shakllari va imkoniyatlari juda katta. Mazkur maqolada raqamli texnologiyalarning moliya sohasiga tezda va kam xarajat bilan joriy etish mumkin bo‘lgan ayrim yo‘nalishlari haqida fikr yuritildi, xolos. Davlat byudjeti va mahalliy byudjetlarni shakllantirish, bajarish, xarajatlar monitoringi, bajarilishini tahlil qilish, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va topshirish, turli jamg‘armalar mablag‘larini ulardan yordam oluvchilarga tarqatish, sarflash, monitoringini yuritish va hisobotini topshirish, moliya tizimi turli bo‘g‘inlari o‘rtasida hamda soha bilan byudjet tashkilotlari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar, Click, Payme, Humo va boshqa dasturlar orqali pul o‘tkazish, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish ko‘lamlarini kengaytirish, xo‘jalik sub'ektiga qo‘shimcha mablag‘ kerak bo‘lgan paytda davlat byudjeti va bank kreditidan foydalanish imkoni yoki xohishi yo‘q tadbirkorlar moliyalashtirishning yangi shakllaridan foydalanish jarayonlariga (masalan, “kraudfanding” va “kraudinvesting” usulida) hozirning o‘zida qisqa muddatlarda raqamli texnologiyalarni joriy etish mumkin.
Mazkur tezisimda bayon etilgan mulohazalar raqamli texnologiyalarning foydali jihatlari juda ko‘p ekanligidan dalolat bermoqda. Ular jamiyat hayotini, jumladan, moliya tizimini tubdan o‘zgartiradi, uning taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqadi. Mazkur masalaning yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, koronavirus pandemiyasi tufayli kiritilgan cheklovlarmamlakatimizda raqamli texnologiyalardan foydalanish zaruriyatini yanada kuchaytirmoqda. Lekin bu jarayonning salbiy oqibatlari ham bor. Ya'ni raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘lamlari ortib borgan sari moliya tizimidaan'anaviy lavozimlarning ma'lum qismiga ehtiyoj kamayib boraveradi. Shu bois moliyachi mutaxassislar raqamli texnologiyalarni puxta o‘rganishlari ayni paytda davr talabiga aylandi. Umuman aytganda, moliya tizimi xodimlari raqamli texnologiyalar davriga o‘tishga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari va jahon raqamli moliya sahnasida o‘zlariga munosib o‘rin olish uchun qattiq kurashishlari talab etiladi.
|
| |