|
Tahlil va natijalar muhokamasi
|
bet | 2/4 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 24,34 Kb. | | #249594 |
Bog'liq Tezis Tahlil va natijalar muhokamasi.
Raqamlashtirish bo‘yicha 246 mamlakatda olib borilgan keng ko‘lamli tadqiqotlarga ko‘ra, RIning rivojlanish ko‘rsatkichlari turli mamlakatlarda turlicha tendensiyaga ega. Dunyo mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotning ko‘rsatkichlari va rivojlanish yo‘llarining turlicha bo‘lishiga qaramay, unga faol innovasiyalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, raqamli texnologiyalar va infratuzilmaga investisiya harajatlarini sezilarli darajada oshirish kabi umumiy bo‘lgan xususiyatlarni kiritish mumkin bo‘ladi.
Qisqa tarixiy taraqqiyot davriga qaramay, raqamli iqtisodiyot birinchi navbatda savdo va internet xizmatlarida - elektron tijorat, internet -banking, elektron to‘lovlar, internet-reklama, internet-o‘yinlar va boshqalarda raqamli texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan. Ta'kidlab o‘tish joizki, bugungi kunda dunyoda raqamli platformalar “Amazon”, “Alibaba”, “Facebook”, “Ebay”, “Uber”, “Didi Chuxing” yoki “Airbnb” kabi yirik korporatsiyalar uchun asosiy biznes modeliga aylandi. Bu korporatsiyalar vositachilar va infratuzilma platformalari sifatida muhim afzalliklarga ega. Ular raqamli platformalardan foydalanuvchilar o‘rtasidagi barcha bitimlar bo‘yicha ma'lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qabul qilish imkoniga ega. Elektron tijoratning jadal rivojlanishi virtual makonda bozor mexanizmi asoslarini yaratdi va bu bitimlar sonining barqaror o‘sishiga olib keldi.
XX-asr boshida, axborot texnologiyalari bozorlarida mamlakatlarning ikki guruhi samarali faoliyat yuritganlar:
fundamental fani rivojlangan ilg‘or mamlakatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya va boshqalar);
birinchi guruh mamlakatlar (Tayvan, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqalar)ning innovatsiya va texnologiyalaridan foydalanadigan mamlakatlar.
Keyinchalik uchinchi guruh mamlakatlar xam paydo bo‘ldi: Finlyandiya, Shvesiya, Norvegiya, Irlandiya va Isroil, ular ta'lim, ilm-fan va axborot texnologiyalari tizimlarini samarali modernizasiya qilish orqali jahon bozorlariga chiqishga muvaffaq bo‘ldilar. Bugungi kunda, raqamli iqtisodiyotda ilg‘or va yetakchi mamlakatlarga Norvegiya, Shvesiya va Shveysariyani kiritish mumkin. TOP 10talikka AQSh, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlyandiya, Singapur, Janubiy Koreya va Gonkong ham kiradi. AQShda raqamli iqtisodiyotning ulushi 10,9%, Xitoyda 10%, Yevropa Ittifoqida 8,2%, Braziliyada 6,2%ni, Rossiyada 3,9% ni tashkil etadi.
|
| |