• Kirish.
  • Texnologiyalarni




    Download 24,34 Kb.
    bet1/4
    Sana22.05.2024
    Hajmi24,34 Kb.
    #249594
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Tezis


    8BX-20 gurux talabasi
    Yusufboyev Umidbek

    MOLIYA TIZIMIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH YO‘LLARI VA JAHON TAJRIBASI


    Annotatsiya. Globallashuv davrida raqobatning tobora o‘sib borayotgan muammolarini inobotga olgan holda, iqtisodiyotning maqsadga muvofiqligi va boyligi uchun innovasiya juda muhimdir. Bu borada rivojlangan davlatlarda innovasiya mamlakat iqtisodiy rivojlanishining asosiy ustunidir va uni hukumat siyosatinigg eng muhim masalalaridan bir sifatida qarab kelmoqda. Ushbu maqolada moliya tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish yo’llari hamda bu boradagi rivojlangan mamlakatlar tajribasiga oid masalalar tahlil qilingan.


    Tayanch iboralar. Raqamli iqtisodiyot, texnologiya, kraudfanding, krauninvesting, elektron tijorat.


    WAYS OF INTRODUCING DIGITAL TECHNOLOGIES INTO THE FINANCIAL SYSTEM AND WORLD EXPERIENCE


    Abstract. Given the ever-increasing challenges of competition in an era of globalization, innovation is critical to the viability and prosperity of the economy. In this regard, in developed countries, innovation is the main pillar of the country's economic development, and it is viewed as one of the most important issues of government policy. This article analyzes the ways of introducing digital technologies in the financial system and the issues related to the experience of developed countries in this regard.


    Key words. Digital economy, technology, crowd funding, crown investing, e-commerce.


    Kirish.


    Moliya tizimi o‘ta keng qamrovli va murakkab operatsiyalardan iborat soha hisoblanadi. Koronavirus infeksiyasi oqibatlariga qarshi kurashish moliya tizimi vazifalarining yanada kengayishiga olib keldi hamda ularni bajarish muddatlarini keskin tezlatish zaruriyatini paydo qildi. Moliyaviy operatsiyalarni talab darajasida va oldingidan ancha qisqa vaqtlarda amalga oshirish mutaxassisning intensiv ishlashi bilangina hal qilinadigan ish emas. Buning uchun moliyaviy jarayonni tezlashtira oladigan zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish zarur bo‘ladi. Moliya tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish ana shu maqsadga erishishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur maqola aynan shunday dolzarb masalaga bag‘ishlangan. Unda moliya tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etishni tezlatishning zaruriyati, dolzarbligi va ahamiyati asoslab berilgan hamda raqamli texnologiyalarni joriy etishning asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.
    Mamlakatimizda oxirgi yillarda amaliyotga joriy etilgan va moliya tizimiga ham muayyan darajada daxldor bo‘lgan yana qator raqamli texnologiyalar ham bor. Masalan, mobil telefonlarga o‘rnatilgan Click, Payme, Humo va boshqa dasturlar orqali pul o‘tkazish, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish shular jumlasidandir. Ularni ishlatish miqyoslarini yanada kengaytirish uchun rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish lozim.
    Xo‘jalik sub'ektiga iqtisodiy faoliyatni kengaytirish uchun qo‘shimcha mablag‘ kerak bo‘lgan paytda davlat byudjeti va bank kreditidan foydalanish imkoni yoki xohishi yo‘q tadbirkorlar moliyalishtirishning yangi shakllaridan foydalanishga harakat qilishadi. Masalan, rivojlangan davlatlarda “kraudfanding” va “kraudinvesting” deb ataladigan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish usullari mavjud. “Kraudfanding” o‘zbek tilida “xalq tomonidan moliyalashtirish” ma'nosini beradi. Bunda internet orqali start-up kompaniyalarni, kichik tadbirkorlikni hamda tabiiy ofatlardan zarar ko‘rganlarni, masalan, bugungi koronavirusday ofatlardan aziyat chekkanlarni qo‘llab – quvvatlash, birgalikda o‘zaro foydali investisiyalar qilish mumkin.
    “Kraudinvesting” esa kraudfandingning turlaridan biri bo‘lib, u ham jahon moliya bozorida startap va kichik biznesga mikroinvestorlar tomonidan investisiya kiritish usulidir. Kraudinvestingda xayriya maqsadlariga mablag‘ ajratilmasligi, faqat foyda olish uchun investisiya qilishi uning kraudfandingdan farqi hisoblanadi. Mazkur operatsiyalarni tashkil etishda ham raqamli texnologiyalardan foydanish juda qulay hamda samarali usul hisoblanadi.

    Download 24,34 Kb.
      1   2   3   4




    Download 24,34 Kb.