Jahon miqyosida bulutli hisoblashning rivojlanishi




Download 4,46 Mb.
bet6/34
Sana15.05.2024
Hajmi4,46 Mb.
#236274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
BULUTLI TEXNOLOGIYALAR

Jahon miqyosida bulutli hisoblashning rivojlanishi. Hozirgi kunda bulut xizmatlarini Google (GoogleDrive), Yandex (Yandex disk), Microsoft (OneDrive), Apple (iCloud), DropboxInc, Cisco, Oracle kabi kompaniyalar taqdim etadi. Bulutda ishlovchi dasturlardan internetga ulangan har qanday foydalanuvchi brouzer orqali fodalanishi mumkin. Masalan, Gmail xizmati elektron pochtadan yoki Google Docs ofis hujjatlaridan hech qanday qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatmasdan turib, brouzer orqali foydalanish imkonini beradi. Bulutdagi ma’lumotlarni saqlash xizmatlaridan ham internetga ulanishni o‘zi va brouzer kifoya qiladi. Ba’zi holatlarda maxsus kliyent dasturi ham talab etilishi mumkin. Bunda foydalanuvchiga bulutda joylashgan joy taqdim etiladi. Bu joyga foydalanuvchi o‘zining fayllarini saqlab qo‘yishi mumkin. Amazon web-services, (AWS) Amazon korxonasi tomonidan taqdim etiluvchi bulutda joylashgan web xizmatlar infratuzilmasi hisoblanadi. Bu infratuzilma har xil xizmatlarni taqdim etadi. Ulardan ma’lumotni saqlash, Amazon S3, virtual serverlar ijarasi, hisob-kitoblar resurslarining taqdim etilishi, Amazon EC2. Amazon S3 online web xizmati har qanday hajmdagi ma’lumotlarni saqlashni va ularda xohlagan vaqtda dunyoning har qaysi nuqtasidan internet orqali foydalanish imkonini taqdim etadi. Amazon EC2, ya’ni elastic computer cloud web xizmati bulutda joylashgan hisob- kitoblar quvvatlarini, resurslarini taqdim etadi.
Korporativ mijozlar uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Oracle kompaniyasi bulutli xizmatlar bozorida o‘z raqobatchilari bilan nisbatan barcha segmentlarda raqobatlashib bormoqda. Bir necha yil avval IT sohasi giganti Oracle Partner Network - birinchi hamkorlikdagi bulutli mahsulotini anons qildi.
Malumotni qayta ishlash markazlarini ish jarayonini tahlil qilish. Ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazining asosiy xizmatlari;

  • Cloud computing - Bulutli hisoblash;

  • Colocation - uskunalarni joylashtirish;

  • VDI - virtual ish stoli;

  • VPS - virtual server.

Ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazi qo‘shimcha xizmatlari o‘z ichida quyidagilarni jamlagan:

  • Videokonferensaloqa;

  • Ma’lumotlarni rezervlash;

  • Telekommunikatsion infrastruktura;

  • Milliy kontentni rivojlantirish;

  • Veb-hosting.

Bulutli hisoblashlar konsepsiyasini qo‘llash ssenariylaridan foydalanilganda, qo‘llanadigan texnologiyalarda, qiyin va muammoli masalalarda, hamda tadrijiy rivojlanish davomida ommaviy va tijorat sektorlarida faol muhokama jarayonida aniqlashtiriladigan va asoslanadigan afzalliklarda muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, ta’rif, xossalar, xarakteristikalar va ularning muvofiqligi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib rivojlanib boradi, shu boisdan bulutli hisoblashlar ekotizimi (bulutli ekotizim) deb ataluvchi tushunchaga murojaat qilish maqsadga muvofiq, zero oxirgi paytlarda bu 1.3- rasmda keltirilgan ko‘rinishga ega bo‘lishga ulgurgan.

1.3- rasm. Ma’lumotlarni bulutli qayta ishlash texnologiyasida qo‘llashning asosiy
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ning bugungi kundagi rivojlanish tendensiyalari hamda yirik kompaniyalarning avtomatlash-tirish darajasini tobora o‘sib borishi juda katta hajmdagi ma’lumot-larni qayta ishlash va saqlash jarayonlarini amalga oshirilishida samarali va mukammal texnologik yechimlarni tashkil etilishini talab qilmoqda.
Ikkinchi tarafdan, hisoblash quvvatlarini, ya’ni AKT strukturala-rini qo‘llab – quvvatlash va rivojlantirish uchun sarflanadigan mablag‘-larni qisqartirishga bo‘lgan talablar rivojlanishi kuzatilmoqda. Bugungi kunda axborot texnologiyalariga bo‘lgan xarajatlarni optimallashtirish tobora dolzarb muammo hisoblanib borayapti. Ushbu muammo axborot texnologiyalari sohasidagi ekspertlar tomonidan butun jahon miqyosida muhokama qilinayapti, xarajatlarni kamaytirish yo‘nalishida yangi-yangi yondoshuvlar taklif qilinayapti.
Muammoni yechimlaridan biri yagona hisoblash kompleksini, ya’ni taqsimlangan tizim usullari negizidagi ma’lumot qayta ishlash markazi (MQIM) ni yaratish hisoblanadi.
Ma’lumotni saqlash va qayta ishlash markazi (inglizcha data center) – ixtisoslashtirilgan arxitektura hisoblanib, server (xosting) va tarmoq vositalaridan tarkib topadi, unga foydalanuvchilar Internet kanallari yordamida bog‘lanadilar.
Ma’lumot qayta ishlash markazining asosiy maqsadi axborot texnologiyalari infrastrukturasining ishonchliligiga, resurslariga kirish sodda bo‘lishligiga, xavfsizligi ta’minlanishiga va boshqarilishiga qo‘yilgan talablar ta’minlangan holda tarqoq holdagi hisoblash quvvatlarini birlashtirish hamda ularga egalik qilish xarajatlarini kamaytirish hisoblanadi.
Ma’lumotni saqlash va qayta ishlash markazi korporativ kliyentlarning qiziqishlariga muvofiq axborotni qayta ishlash, saqlash va tarqatish funksiyalarini bajaradi. Markaz axborot xizmatlarini taqdim etish yo‘li bilan biznes masalalarining yechimini amalga oshirishga yo‘naltirilgan.
Tarqoq holdagi hisoblash va ma’lumot saqlash resurslarini ma’lumot qayta ishlash markazi doirasida konsolidatsiyalash (birlashtirish) apparat - dastur va boshqa texnik vositalarni samarali ishlatilishiga imkon yaratadi, masalan yuklamalarni taqsimlanishiga, boshqaruvni soddalashiga va x.k. Bu o‘z navbatida umumiy xarajatlarni kamayishiga olib keladi.
Ma’lumotni saqlash va qayta ishlash markazi quyidagilardan tarkib topadi: server qurilmalarini o‘z ichiga olgan informatsion infrastruktura – ma’lumot
qayta ishlash markazining asosiy funksiyalarini, ya’ni ma’lumot qayta ishlash va saqlash funksiyalarini bajaradi;
telekommunikatsiya infrastrukturasi – ma’lumot qayta ishlash mar-kazi komponentalari orasida o‘zaro muloqotni (aloqani) ta’minlaydi, shu bilan birga ushbu infrastruktura MQIM bilan foydalanuvchi o‘rtasida ma’lumot uzatish jarayonlarini amalga oshiradi;
muxandis infrastruktura - MQIM sistemalarining normal ishlashi uchun muhit yaratib beradi.
Ma’lumot qayta ishlash markazining standart modelida quyidagi funksional tizim ostilar ajratiladi:

  • server tizimostilari – korporativ ilovalarni ishlashi uchun hisoblash resurslarini taqdim etadilar;

  • tarmoq muloqotlarini amalga oshirish tizimostilari – MQIM komponentalari orasida axborot oqimlarining ishochli transportirov-kasini hamda MQIMni magistral ma’lumot uzatish tarmog‘i balan bog‘lanishini ta’minlaydilar;

  • ma’lumot saqlash tizimostisi;

  • axborot ishonchliligini ta’minlash tizim ostisi;

  • boshqarish va monitoring qilish tizim ostisi, u boshqarish, moni-toring , diagnostika va apparat – dastur kompleksi nosozliklarini lokal-lashtirish funksiyalarini bajaradi.

MQIM ning barcha tizimostilari transport tarmog‘i yordamida bir-biri bilan muntazam o‘zaro munosabatda bo‘ladilar.
Muxandis infrastruktura quyidagilardan tarkib topadi:
markaz xonalarida temperatura va namlik darajasi berilgan ko‘rsatkichlarda bo‘lishini ta’minlaydigan konditsioner vositalari;
markaziy elektr ta’minoti o‘chirilgan hollarda MQIM avtonom ishlashini ta’minlaydigan uzluksiz elektr quvvati vositalari;
yong‘indan saqlash signalizatsiyasi va yong‘inni o‘chirish vositalari; masofadan turib IP-nazoratni, elektr ta’minotini boshqarish va tizimga kirishni
nazorat qilish tizimlari.
Quyida ma’lumot qayta ishlash tizimining server kompleksi va ma’lumot saqlash tizimi tashkil etilishining tavsifi keltiriladi:
Ko‘p sathli arxitekturaviy model MQIM server kompleksining nisbatan istiqbolli modeli hisoblanadi. Bu arxitekturada bir nechta server guruhlari ajratiladi (1.4 – rasm):

  • resurs serverlari yoki axborot resurslari serverlari , masalan fayl serverlari - ular axborotni saqlanishiga va ilova serverlarini kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlashga javob beradilar;

  • ilova serverlari – kompaniya boshqaruv tizimining biznes jarayo-nini amalga oshirishga taalluqli ma’lumot qayta ishlash operatsiyalarini bajaradi, masalan, ma’lumot qayta ishlash modullarini bajaruvchi server-lar;

  • axborot taqdim etish serverlari – foydalanuvchi terminallari va ilova serverlari orasida interfeys masalasini hal qiladi, masalan, web-serverlar;

Ekspluatatsiya qilish shartlaridan kelib chiqib, ma’lum bir guruh serverlariga, shu guruhga mos talablar qo‘yiladi, ya’ni har xil guruh serverlariga talablar har xil.
Jumladan, axborot taqdim etish serverlari foydalanuuvchilar tomo-nidan kelgan qisqa so‘rov oqimlarining hajmi kattaligi bilan xarak-terlanadi, shuning uchun ushbu turdagi serverlar yuklamalar taqsimlanishini ta’minlashi uchun “yaxshi” masshtablanganlik xususiyatiga (serverlar sonini ko‘paytirish imkoni mavjudligi) ega bo‘lishlari talab etiladi
Ilova serverlari uchun gorizontal masshtablanganlikni ta’minlash talabi unchalik muhim emas. Ular uchun vertikal masshtablanganlik muhim – protsessorlarning sonini ko‘paytirish, tezkor xotiraning hajmini oshirish, kirish-chiqish kanalalrining imkoniyatini oshirish.
Bunday imkoniyatlar foydalanuvchilarning multiplekslangan so‘rov-larini qayta ishlash va yechilayotgan masalalarning mantig‘ini bajarish uchun muhim hisoblanadi. Ma’lumot qayta ishlash markazining ma’lumot uzatish tarmog‘ini loyihalashda an’anaviy uch sathli (yetti sathli OSI modelining fizik, kanal, tarmoq sathlari)
arxitektura qo‘llaniladi.
MQIM ma’lumot uzatish tarmog‘ining uchinchi sathida modulli kommutatorlar ishlatiladi.
Bir tarafdan server – server bog‘lanishi, boshqa tarafdan aloqa kanallarining o‘zaro bog‘lanishi, shu bilan birga yuqori tezlikda ma’lumot saqlash tarmoqlari bilan bog‘lanishlar bajariladi.
Ularga asoslanib, MQIM ning keng miqyosda rivojlanishi uning ma’-lumot uzatish tarmog‘ini 1 bobda yoritilgan dasturiy konfiguratsiyalana-digan tarmoqlar g‘oyasi asosida shakllantirish ko‘zlangan maqsadga olib keladi, degan xulosaga kelish qiyin emas.
MQIM infrastrukturasida ma’lumot saqlash tarmog‘i alohida ahamiyatga ega. Ushbu tarmoq markaz server kompyuterlari bilan ma’lumot saqlash disklari orasida o‘ta yuqori tezlikda ma’lumot uzatilishini ta’minlaydi. Bu jarayon Fibre Channel nomli andoza negizida amalga oshiriladi.
Ma’lumot saqlash tarmog‘i (Stotage Area Network – SAN) ning infra- strukturasini Fibre Channel kommutatorlari (Fibre Channel swirhes, FC-swithes), Fibre Channel konsentratorlari (Fibre Channel Hub) va Fibre Channel marshrutizatorlari (Fibre Channel – SCSI routers), hamda ular bog‘lanishini ta’minlaydigan optik tolali aloqa tizimlari tashkil etadi. Bunday vositalarning o‘zaro bog‘lanishi Fibre Channel Fabric deyiladi.

1.4.- rasm.MQIM server kompleksining infrastrukturasi.
Ma’lumot saqlash tarmoqlari (MST) ma’lumot qayta ishlash markazi serverlarini ma’lumot saqlash vositalarida saqlanayotgan axborot resurs-lari bilan ishonchli bog‘lanishini ta’minlaydi.
MSTning asosiy maqsadi (konsepsiyasi) ma’lumot qayta ishlash mar-kazining har bir serveri markaz doirasida saqlanayotgan hamma ma’lumotga kira olishini ta’minlash hisoblanadi. Bunda asosiy protokol sifatida Fibre Channel (FC) protokoli ishlatiladi.
Ma’lumot qayta ishlash markazini loyihalash va rivojlantirishda asosiy muammolardan biri, bir nechta tarmoq infrastrukturalarini bir –biri bilan ishlay olishini (bir-birin qo‘llab-quvvatlashini) ta’minlash hisoblanadi, ya’ni, Ethernet (LAN) tarmog‘i, ning o‘zaro muloqotlarini ta’minlash hisoblanadi

1.5.- rasm. MQIM ning ma’lumot saqlash tarmog‘ini tashkil
etish sxemasi.
Ma’lumot saqlash tarmog‘i axborot saqlash vositalari, serverlar, bosh-qaruv tizimi va MST komponentalari orasida muloqotni ta’minlaydigan kommunikatsiya vositalaridan tarkib topadi.
Ushbu arxitektura ma’lumotlarni uzluksiz va xavfsiz saqlanishini hamda MST vositalari orasida ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatili-shini ta’minlaydi.
Universal texnologiya sifatida qabul qilingan texnologiya Ethernet protokoli, hamda Fibre Channel (FC) protokoli bloklarni yo‘qotishsiz uzatilishini
ta’minlash vazifalarini bajarishadi.
Bugungi kunda ma’lumot qayta ishlash markazlari bulut texnologiya-larining imkoniyatlari negizida takomillashtirilib, “bulutli” ma’lumot qayta ishlash markazlari yaratilmoqda.
Ma’lumot qayta ishlash markazini “bulut” texnologiyalari negizida takomillashtirilishi uning tarkibida virtual mashinalar, operatsion tizimlar, grid tizimi dasturiy ta’minotlari va boshqa ma’lumot saqlash va qayta ishlash bo‘yicha virtual vositalar tashkil etilishini taqozo etadi.
Virtual texnologiyalar jismoniy kompyuterda bir nechta ilovalarni ishga tushirilishiga, ma’lumot qayta ishlash markazi server resurslarini bir-biri bilan aralashtirib, har xil proporsiyadagi hisoblash resurslari tashkil etilishiga va jismoniy resurslarga bo‘lgan talabni keskin kamaytirishga imkon yaratadi. Ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur dissertatsiya ishining ikkinchi bobida keltiriladi.
Axbort – kommunikatsiya tarmog‘i sohasida apparat-dastur kompleks-larini ishlab chiquvchi jahonda tanilgan Alcatel-Lucent, Juniper, Huawei, Hewlett-Packard, Cisco kabi kompaniyalar bulutli ma’lumot qayta ishlash markazlari uchun maxsus tarmoq vositalarini yaratish va joriy etish masalalari yuzasidan ishlar olib bormoqdalar. Bunda tarmoq vositalarini soddalashtirish maqsadida marshrutlash va kommutatsiyalash darajalarini birlashtirish, ularda dasturiy konfigura-siyalanadigan
tarmoqlarini qo‘llash kabi takliflar ishlab chiqilmoqda.
Hisoblash, ma’lumot saqlash, tarmoq va virtuallashtirish platformalarini konvergensiyalash har xil arxitekturlarni birlashishiga olib keladi. Bu masala yangi tarmoq texnologiyasi negizida yaratilgan unifikatsiyalangan kommutatsiyalash matritsasi yordamida yechiladi. Bunda ma’lumot qayta ishlash markazida yagona “Data Center Ethernet” nomli protokol ishlatiladi.
Data Center Ethernet” protokoli har bir ilova uchun alohida sozlanadi, muhim trafiklarga yuqori prioritet belgilanadi.
Bunday yechim ma’lumot qayta ishlash markazlari ishlashida quyidagi afzalliklarni beradi:

    1. Umuman har xil bo‘lgan ilovalar yagona umumiy interfeysga ega bitta virtuallashtirilgan serverda joylashtirilishiga imkon yaratiladi;

    2. Ma’lumotlar Ethernet-paketiga joylashtiriladi, bunday paket lokal istalgan “nuqtasi”ga uzatilishi mumkin hamda Ethernet protokolini qo‘llaydigan tashqi tarmog‘iga ham uzatilishi mumkin bo‘ladi. Bunday imkoniyat bulut hisoblashlari asosidagi tarmoqlar uchun “ideal” sharoit hisoblanadi.

    3. Jismoniy infrastruktura universal ma’lumot uzatish muhitiga o‘zgartiriladi.

Ma’lumot qayta ishlash markazlarini yaratish, ularni bulut va grid texnologiyalari negizida takomillashtirish, yangi tarmoq yechimlarini ishlab chiqish borasida ilmiy, amaliy tarqiqotlar olib borish bugunda AKT sohasida eng dolzarb muammlardan biri hisoblanadi. Quyida ma’lumot qayta ishlash markazlarining afzalliklari to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi .

  1. MA’lumot qayta ishlash markazlarini yaratish keng miqyosda faoliyat olib boradigan kompaniyalarning xarajatlarini bir muncha kamayishiga olib keladi. Filiallari keng territoriyada joylashgan kompaniyalarning ofislarida ishlayotgan xodimlarining faoliyatlarini ma’lumot qayta ishlash markazidagi 1-2 ta xodim bajarishi mumkin bo‘ladi.

  2. MQIM katta hajmdagi axborotlarning integratsiyasini ta’minlaydi. Bunday imkoniyat bir xil muhim axborotlarni butunlay yo‘qolib ketish ehtimolini kamaytiradi, bu axborotni tiklash uchun ketadigan xarajatlarni kamayishiga olib keladi. O‘zining unikal xususiyatlari bilan MQIM har qanday kompaniyaning samarali uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.

  3. Foydalanuvchi (inson) yoki kompaniya planetaning xoxlagan nuqta-sida turib, tarmoqga “kira oladigan” xar xil terminal vositasi orqali MQIM da mavjud bo‘lgan resurslardan o‘ziga kerakli va yetarli bo‘lgan hisoblash quvvatlari, talab qilingan xotira hajmi, talab etilgan dasturiy ta’minotidan foydalanib masalalarining yechimini tez, sifatli va kam xarajat qilgan holda amalga oshirishi mumkin. U faqat resurslarni arendasiga xaq to‘laydi, xolos. MQIM ning traditsion resurslariga: server “stoyka” larini arendaga olish, serverlarini joylashtirish, internetga bog‘lanish, aloqa kanallarini arendaga olish, dasturiy ta’minotni sozlash, o‘rnatish, boshqarish, hisoblash resurslarini, virtual mashinalarni, zaxira nusxalash uchun disk xotiralarini, ilovalarni arendaga berish va x.k.

  4. Axborot saqlanishining ishonchliligi ta’minlanadi. Bu MQIM arxitekturasini loyihalash bosqichida ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlar negizida ta’minlanadi.

  5. Xonalarni arendasiga ketadigan xarajatlar kamayadi. Bunga elektr manbaidan foydalanish xarajatlari, serverlar uchun ajratilgan xonalarning maydoni “ofis maydoni”, sovutish tizimlari va uzluksiz elektr ta’minoti vositalari uchun ajratilgan xonalar kiradi. Virtuallashtirish texnologiyasi jismoniy serverlarni kamayishiga olib keladi, natijada ularga ketadigan xarajatlar ham kamayadi.

  6. Kompaniyaning bosh ofisi o‘z filiallari bilan uzluksiz ishlashi ta’minlanadi. Ish jarayonidagi axborotlarga ish joyidan kirishga imkon yaratiladi. Masalan, rahbar ta’tilda boshqa joyda bo‘lib kompaniya faoliyatidan muntazam xabardor bo‘lib turadi o‘z xodimlari bilan muloqotda bo‘ladi.

  7. Ilovalarni xarid qilishga ketadigan xarajatlar kamayadi.




    1. Download 4,46 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Download 4,46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jahon miqyosida bulutli hisoblashning rivojlanishi

Download 4,46 Mb.