• Nisbiy ozod qilish
  • Qisqacha xulosalar
  • The economy of enterprise




    Download 0,55 Mb.
    bet78/130
    Sana16.02.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #157900
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   130
    Bog'liq
    The economy of enterprise

    Mutlaq ozod qilish korxonaning aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyojini kamaytirishni tavsiflaydi hamda mavjud resurslardan ratsional foydalanishga oid turli tashkiliy-texnik chora-tadbirlar hisobiga amalga oshiriladi.
    Misol. Korxona aylanma mablag’larining o’rtacha miqdori 2005 yilda 100 mln so’mni tashkil qiladi. 2006 yilda ishlab chiqarish hajmini o’zgartirmagan holda 90 mln so’m miqdorida ehtiyoj rejalashtirilmoqda. Bu holda asosiy vositalarning mutlaq ozod qilinishi 10 mln so’mni tashkil qiladi.
    Nisbiy ozod qilish aylanma mablag’lari hajmining o’zgarishi hamda sotilgan mahsulot hajmining o’zgarishini aks ettiradi. Uni aniqlash uchun hisobot yilida aylanma mablag’larga ehtiyojni, mahsulotni mazkur davr mobaynida sotish bo’yicha haqiqiy aylanish hamda o’tgan davrdagi aylanishni (kunlarda) inobatga olgan holda hisoblash zarur. Ular o’rtasidagi farq ozod qilingan vositalar miqdorini beradi.


    Qisqacha xulosalar
    Hech bir korxona aylanma mablag’larsiz faoliyat ko’rsata olmaydi. Ularning mavjud bo’lishi har bir ishlab chiqarish jarayoni uchun majburiy element hisoblanadi. Korxonaning moliyaviy ahvoli ko’p jihatdan aylanma mablag’lardan foydalanish darajasi va tuzilmasiga bog’liq bo’ladi. Mazkur daraja mahsulotning material sig’imi, elektr sig’imi, energiya sig’imi, moddiy resurs xarajatlari va undan foydalanish koeffitsienti kabi ko’rsatkichlarni tavsiflaydi. Aylanma mablag’lardan foydalanish ko’rsatkichlari quyidagilar: aylanish koeffitsienti, bir marta aylanish
    davomiyligi va yuklanish koeffitsienti.
    Korxonada mahsulotning material sig’imini pasaytirish iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi, chunki u quyidagilarga imkon yaratadi:

      • ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli ravishda kamaytirish;

      • korxona ixtiyorida qoluvchi foyda miqdorini oshirish;

      • mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish;

      • korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash.




    Download 0,55 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   130




    Download 0,55 Mb.