Tikuv buyumlarini ishlab chiqarishda avtomatlashgan loyihalash tizimi dasturlari tadqiqi




Download 459,71 Kb.
bet2/4
Sana09.09.2024
Hajmi459,71 Kb.
#270751
TuriИсследование
1   2   3   4
Bog'liq
TIKUV BUYUMLARINI ISHLAB CHIQARISHDA AVTOMATLASHGAN LOYIHALASH TIZIMI DASTURLARI TADQIQI

Annotation: this article deals with the modern automated systems used in the field of sewing, the types, application, modules of the engineering software, the application, modules, work productivity at the sewing factories, reduction of handcrafting, "Gerber Technology" and "Gemini CAD Systems" is listed below.
Key Words: sewing, "Gerber", "Gemini", labor productivity, automated systems, engineering programs

Jahon bozorlarida raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi sharoitda mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatdoshligini tubdan oshirish, eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatidagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Qolaversa, tikuvchilik sohasini riovojlantirish, mahsulotlarimizni jahon bozorlariga olib chiqish, eksport qilish, korxonalarimizning brendini dunyoga tanitish kabi masalalarga katta e’tibor berilmoqda.


Tikuvchilik korxonalarining to’la quvvat bilan ishlashi, tikuv buyumlarini o’z vaqtida iste’molchilarga sifatli yetkazish, zamonaviy jihozlar bilan jihozlanganligi, korxonalardagi tayanch tsexlarini bir – biri bilan uzviy holda ishlashini ta’minlash, yetuk mutaxassislarning yangi g’oyalarini yaratish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu o’rinda tikuvchilik korxonalariga zamonaviy avtomalashgan tizimlarni joriy etish,qo’llash, mehnat unumdorligini oshirish, qo’l ishlarini kamaytirish, mahsulot ishlab chiqarish jarayonini har bitta jarayonda nazorat qilish bugungi kunning eng aktual jarayonlardan biridir. Bugungi kunda tikuvchilik sohasida turli hil zamonaviy ALT dasturlari mavjud. Bunday muhandislik dasturlari korxonada ish unumdorligini bir necha barobarga oshirish, hatolarsiz ishlash, murakkab turdagi kiyimlarni ishlab chiqarish, konstruktorlik hujjatlarini oson yuritish imkonini beradi[1].
Yengil sanoat sohasidagi birinchi avtomatlashgan jarayonlar AQSHda amalga oshirilgan bo’lib, u yerda to’shamani bichish uchun maxsus pichoq bilan jihozlangan, muayyan dastur asosida avtomatlashgan tarzda bichuvchi qurilma yaratilgan edi.
1970-yillar – CAD/CAM/CAE tizimlari ishlab chiqila boshladi va matematik modellash sifati oshdi. Natijada loyihalash masalalarini matematik modellari aniqligi ortdi. Lekin avtomatlashtirish faqat ishlab chiqarish tsiklining ayrim bosqichlarinigina qamrab oldi. Hozirda tikuvchilik sanoati uchun bozorda turli firmalarning avtomatlashtirish tizimlari taklif etilgan. Ular o’zaro interfeys xususiyati, uning qulayligi, loyihalash ob’ektini tasvirlash va ma’lumotlarni saqlash usuli, funktsional imkoniyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Germaniyaning “Assyst”, “Grafis”, Ispaniyaning “Investronica”, Fransiyaning “Lectra”, Rossiyaning “Assolь”, “Gratsiya”, “Relikt” kabi muhandislik dasturlari yetakchi hisoblanadi.

Download 459,71 Kb.
1   2   3   4




Download 459,71 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tikuv buyumlarini ishlab chiqarishda avtomatlashgan loyihalash tizimi dasturlari tadqiqi

Download 459,71 Kb.