|
Tikuv buyumlarini ishlab chiqarishda avtomatlashgan loyihalash tizimi dasturlari tadqiqiBog'liq TIKUV BUYUMLARINI ISHLAB CHIQARISHDA AVTOMATLASHGAN LOYIHALASH TIZIMI DASTURLARI TADQIQIGERBER Technology ALT- AQSHning “Gerber Technology” kompaniyasi- yengil sanoatda jahon miqyosida peshqadamlardan biri bo’lib, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal, charmattorlik, mo’ynalikiyimlar, avtomobil o’rindiqlari va boshqa sanoat buyumlarini loyihalash, tayyorlov hamda bichuv jarayonlarini uzluksiz ravishda avtomatlashtirish, andazalar komplekti va sanoat joylashmalarini ishlab chiqish, shuningdek ma’lumotlarga keyingi ishlov berish va boshqaruv soxasida o’zining ishlanmalari bilan mashhur. “Gerber Technology” ALTning bazaviy konfiguratsiyasi quyidagilarni o’zichiga oladi: “AccuMark” dasturiy kompleksi, «Konstruktor» va «Raskladchik» modullari; ma’lumotlarni kiritish qurilmalari: “Silhouette” tizimiva digitayzer[2,3].
1-rasm. “AccuMark” moduli ishchi oynasi
GEMINI CAD TECHNOLOGIES ALT – Kiyimlarni avtomatlashtirilgan loyihalashning multifunktsional tizimi “Gemini CAD”- bu “Gemini CAD Systems” kompaniyasiningkiyim, poyafzal, boshkiyim, sumka, charm-attorlik, mebel qoplamalarini loyihalash soxasidagi eng yangi ishlanmasidir. Avtomatlashtirilgan loyihalashning yangi multifunktsional tizimi bo’lgan- “Gemini CAD Systems” O’zbekistonda qadri-qimmati bo’yicha tezda munosib baholandi va undan foydalanuvchilar miqdori muntazam ortib bormoqda.[4,5]
“Gemini CAD Systems” tizimi o’zichiga quyidagi dasturiy modullarni oladi:
Gemimi Pattern Editor-konstruktorlik moduli, GPE funktsiyalari yordamida har qanday murakkablikdagi model baza konstruksiyasida boshlab razmer va rostlar bo’yicha gradatsiyalashgacha bo’lgan amallarni bajarish. Dasturda razmerlar bo’yicha avtomatik garadatsiyalash imkoniyati mavjud;
Gemimi PhotoDigitizer-qo'lda tayyorlangan andozalarni raqamlashtirish moduli. Ushbu dastur va oddiy kamera yordamida andoza namunalarini kompyuterga o'tkazib, konstruktorlik modulida ular bilan ishlashni davom ettirish, modellashtirish, gradatsiyalash, kertiklar va nuqtalarni belgilash;
|
| |