naqshi, odatda, bir necha takrorlangan elementlardan iborat.
Dog'iston zargarlarining naqshi 27 standart elementlardan
tuzilgan, Ozarbayjon
kashtalarida 3-5 bir xil mavzular
qo'llangan.
"H ozir
barchasi
shunchalik
"kutyur"
ko'rinishda
kimmatbaho
bo'lgani
bois,
yangicha
o'ylashni
boshlash,
qandaydir bir yangi narsani taqdim etish vaqti keldi" - degan
mashhur yapon dizayneri I.Miyake. Mashhur dizayner Pako
Rabane metall plastinkalaridan modul usuluda ajoyib kiyim
kolleksiyasini yaratgan.
Bu yangi moduldagi kiyimni taqdim
etishdir.
Modul murakkab shaklli bo'lgan holda (gul, yaproq,
kapalak, qushlar va b.), ularni bir-biriga tikib qo'yish, bir-biriga
kashta usulida ("rishele" kashta elementi) yoki furnitura
yordamida biriktirish mumkin. Har xil shaklli modullarni
birining ustiga biri biriktirilganda murakkab kompozistiyalarni
yaratish mumkin.
Xalq amaliy-dekorativ san'atida modul prinstipi keng
qullangan. Masalan, o'zbek amaliy-dekorativ san'atida "quroq
usuli"da maishiy buyumlar (yostiq, choyshab va b), bolalar
kiyimi ishlanardi. Zamonaviy kostyum dizaynida modul usulida
mashhur dizayner P.Rabbane modellar kolleksiyalari ishlangan.
Modul
sifatida
har
xil
geometrik
figuralar
(kvadrat,
to'g'riburchak, oval, doira, uchburchak va trapestiya) va
murakkab elementlarni qo'llangan. Material sifatida asosan
metallni olgan. Modul elementlari tunog ich, skrepka va b.
furnituralar yordamida biriktirilgan yoki ustima-usti biriktirilgan.
"Pechvork" usuli ham zamonaviy dizaynerlar ijodida keng
qo'llanmoqda.