• Flash texnologiyaisiga kirish
  • Til o’rganishda ahborot texnologiyalari




    Download 2.13 Mb.
    bet1/24
    Sana29.02.2024
    Hajmi2.13 Mb.
    #164388
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    Til o’rganishda ahborot texnologiyalari
    03. Ko‘makchi va bog‘lovchi, 2, 4-amaliy komp, 2-mavzu, Mutola madaniyati, Догерек ис реже 2022-2023- II-ярым, mathcad, 7 sinf mavzulashtirilgan, Yog’lar va moyli xom ashyolar kimyosi majmua (2) (1), 4- SINF ONA TILI DARSLARIDA GAPNI O’RGATISH TIZIMI, ICHIMLIK SUVLARINI DAVLAT STANDARTA TALABLARI ASOSIDA BAHOLASH., O\'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISH, Suyuqliklarning sanoatda qo`llanilishi Reja-fayllar.org, file (1), 1-MAVZU

    O’QUV ANIMATSION LAVHALARNI TAYYORLASHNING
    ZAMONAVIY VOSITALARI


    Reja:

    1. Ikki o’lchovli kompyuter animasiyasi tushunchasi; Flash texnologiyaisga kirish;

    2. Dasturning asosiy ish soxalari va tushunchalari.

    3. Macromedia Flash dasturining ish qurollar soxasi.

    4. Macromedia Flash dasturida animasiya yaratish.

    Кompyuter grafikasi o’zoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda ham to’laqonli grafik tizimlar mavjud bo’lgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (КG) va kompyuter animasiyasi (КA) atamalaridan foydalaniladi. Кopyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlar bilan ishlashning barcha ko’rinishlari o’z ichiga olsa kompyuter animasiyasi dinamik o’zgaruvchi tasvirlar bilan ishlaydi.


    Кompyuter grafikasi – EHM boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o’zgartirish va tahrirlashdir.
    Кompyuter animasiyasi – ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir.
      1. Flash texnologiyaisiga kirish


    Flash texnologiyasi Shockwave Flash (SWF) formatidagi vektor grafikadan foydalanishga asoslangan. Albatta bu format eng kuchli formatlardan bo’lmasada, SWF yaratuvchilariga grafikani imkoniyatlari, grafika bilan ishlovchi vositalar va natijani Web-saxifalarga qo’shish mexanizmlarini birlashtirish o’rtasida eng qulay yechimi topilgan. SWF ni qo’shimcha imkoniyatlardan yana biri bu uning moslashuvchanligidir, ya’ni bu format barcha platformalarda (MacOS sistemali Macintosh kompyuterlari yoki Windows sistemali IBM kompyuterlarida) ishlatilishi mumkin. SWF ning yana bir qulay imkoniyati uning yordamida yaratilgan tasvirlar nafaqat animasiyali bo’lishi, balki interaktiv elementlar va tovush bilan boyitilishi mumkin.
    Moslashuvchanlik va interaktiv multimediya dasturlarini yaratish imkoniyati SWF formatining Web-dizaynerlar o’rtasidagi mashxurligini oshishiga imkon berdi. Shuning uchun bu format yaratilishi bilan bir vaqtda Macromedia firmasi (xozirda bu dasturlar Adobe firmasiga tegishli) tomonidan ikki asosiy tarmoq brauzerlari, Internet Explorer va Netscape Communicatorlar uchun komponentlar (Plug-In) yaratildi. Bu esa, o’z navbatida SWF ni Internetda yana ham keng tarqalishiga olib keldi. Natijada ushbu brauzerlar yaratuvchilari SWF formatini o’z dasturlarini asosiy formatlar bazasiga kiritishdi. Bu yo’lni boshqa yirik dasturiy ta’minot yaratuvchilar (masalan, Adobe firmasi ) ham tutishdi.
    Y ana bir bor aytish kerakki, agar Macromedia SWF formatini juda oddiy va qulay uskunalar bilan ta’minlamaganda bu format shunchalik ko’p muxlis orttirmagan bo’lardi. Xozirgi vaqtda ushbu uskunalarni bir qancha to’liq to’plamlari mavjud.
    Ushbu uskunalarni bir turi (Director Shockwave Studio) multimediyali prezentasiyalar yaratish, boshqalari (FreeHand va Fireworks) grafik tasvirlar, uchinchilari esa (Authorware va CourseBuilder) interaktiv o’rgatuvchi kurslarni yaratish imkoniyatini beradi. Lekin Web- yaratuvchilar orasida eng ko’p ishlatiladigani bu Adobe Flash dir, chunki ushbu dastur xar qanday saytga mashxurlik olib keluvchi Web-saxifalar yaratish imkonini beradi. Balki shuning uchundir SWF formatini oddiy qilib Flash deb atalishi odatga kirib qolgan. Shunday qilib Flash- texnologiyalari quyidagilardan iborat:

    • vektorli grafika;

    • animasiyani bir qancha turlarida ishlash imkoniyati;

    • interfeysni interaktiv elementlarini yaratish imkoniyati;

    • sinxron ovoz qo’shish imkoniyati;

    • HTML formati va boshqa Internetda ishlatiluvchi barcha formatlarga eksportni ta’minlash;

    • platformali mustaqillik

    • Flash-filmlarni avtonom rejimda ham, Web-brauzer yordamida ham ko’rishning imkoniyati mavjud.

    Vizual yaratish uskunalari mavjudligi Flash-film yaratuvchilarini ko’plab murakkab operasiyalardan xalos etadi, shuningdek Flash-texnologiyalarning texnik aspektlarini o’rganish zarur bo’lmaydi
    Flash - bugungi kunda bu texnologiyani qo’llanilishining asosiy yo’nalishi bu chiroyli va dinamik Web-saxifalar yaratishdir.
    Flash-filmni brauzerda namoyish etilishini ikki usuli mavjud:

    • uni SWF formatida saqlash, so’ng sichqoncha yordamida fayl belgisini shu fayl saqlanadigan katalogdan brauzer oynasiga o’tkazish .

    • Flash-filmni HTML formatiga eksport qilish, so’ng oddiy usul bilan brauzerda o’chish.

    Flash-filmni HTML-kodga o’tkazish mexanizmi ActiveX elementlarini ishlatish yoki Plug-in komponentlarini qo’shishga o’xshashdir. Internet Explorer brauzeri uchun HTML-kodiga o’tkazish tegi yordamida Netscape brauzeri uchun esa tegi yordamida amalga oshiriladi. Ushbu ikki saqlash ham Flash-filmni tushunishi uchun, Flash o’z filmlarini HTML sahifaga konvertasiya qilganda bu ikki tegni qo’shadi. Shu bilan birga dasturchi teglarning ko’rsatkichlaridan foydalanishi yoki o’zining ko’rsatkichlarini berishi mumkin.
    Flash-filmlarni Web-saxifa elementlari sifatida ishlatish turli tumandir. Bulardan ayrimlari quyida keltirilgan:

    • saxifani estetik ko’rinishini oshirish uchun mo’ljallangan «oddiy» animasiya;

    • foydalanuvchi harakati (sichqonchani siljitish, tugmachani bosish)ga boq’liq bo’lgan animasiyalashgan tugma, bunday tugma giperishorat sifatida ishlatilishi mumkin yoki biror-bir vazifani bajarish mumkin (masalan, brauzerni yangi oynasini ochish, tashqi faylni yo’qlash va b.);

    • Web-saxifa foydalanuvchilaridan biror-bir ma’lumotni qabul qilishga mo’ljallangan forma ko’rinishida;

    Zarurat tuq’ilganda Flash ni oddiy, «statik» faqat giperishoratlar ko’rinishidagi interaktiv elementlarni an’anaviy ko’rinishidagi HTML-sahifalar yaratish uchun ham ishlatish mumkin. Bunday variant Flash ni ham matn bilan ham aloxida tasvirlar bilan ishlash imkoniyatidan kelib chiqadi.

    Download 2.13 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 2.13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Til o’rganishda ahborot texnologiyalari

    Download 2.13 Mb.