|
Tiplarni dinamik tarzda aniqlash. Reja: Tiplarni dinamik tarzda aniqlash
|
bet | 56/143 | Sana | 20.07.2024 | Hajmi | 0,81 Mb. | | #268096 |
Bog'liq Tiplarni dinamik tarzda-fayllar.org6- MA’RUZA
MAVZU: Sonli sinflar bilan ishlash
Complex (kompleks) sonli sinf va funksiyalari. C++ standarti kutubxonasidagi kompleks sonlar sinfi obʻyekt modelidan foydalanishning yaxshi namunasidir. Arifmetik amallar qayta aniqlash tufayli bu sinf obʻyektlari o‘rnatilgan maʻlumot tiplaridan biriga tegishli kabi ishlatiladi. Bundan tashqari, anʻanaviy arifmetik o‘zgaruvchilar va kompleks sonlar bir vaqtning o‘zida ixtiyoriy amallarda ishtirok etishi mumkin. (Eslatib o‘tamiz, bu yerda kompleks sonlar matematikasiga oid umumiy savollar bilan shug‘ullanmayapmiz. Matematika bo‘yicha kopleks sonlar nazariyasini o‘qish kerak).
Kalit so‘zlar: kutubxona, sinf, shablon, matematik amallari, kompleks son, to‘plam,
to‘plam osti, to‘lam ustida amalar, saralash, interval son.
Hayot turmush tarzida foydalaniladigan sonlar to‘plamlardan boshqa sonlar to‘plami va ular ustida bajarilajigan amallar mavjud. Masalan, maktabdan bilamizki, kompleks sonlar, oraliq sonlar, qolaversa, zamonaviy ilmiy sohalarda turli fazolarda turlicha sonlar to‘plami ishlatiladi. Interval sonlari, noravshan to‘plamlar shular kabi. Bu sonlar to‘plami hayotdagi qaysidir tizimni modellashtirish va uni jarayonlariga oid masalalarni yechishga xizmat qiladi. Bu masalarni ayniqsa kompyuterda yechish kerak. Shuning uchun baʻzi bir ko‘p foydalaniladigan sonlar to‘plami uchun sinflar yaratilgan. Bu sonlarda ularning amallari, funksiyalari xususiyatlari keltirilgan. Bunday sonlarga complex, vallaray, slice, gslice kabi sinflar va muallif tomonidan 2013 yilda yaratilgan interval sinf kutubxonalarini misol qilib olish mumkin.
|
| |