Tiplarni dinamik tarzda aniqlash. Reja: Tiplarni dinamik tarzda aniqlash




Download 0,81 Mb.
bet69/143
Sana20.07.2024
Hajmi0,81 Mb.
#268096
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   143
Bog'liq
Tiplarni dinamik tarzda-fayllar.org

7- MAVZU: Sintaktik tahlil

Reja:



  • Ifodalarning sintaktik tahlili.



  • Parser sinfi.



  • Sintaktik analizatorni yaratish.





Kalit so‘zlar: Oqim, satr, iterator, sinf, shablon, matematik amallar, fayl, EOF, rekursiya, iofda, qoida, grammatika.
Bugungi kunga kelib dasturlash tillarining rivojlanishiga ularni sintaktik tahlil qiluvchi konstruktorlarning ko‘payib, ommalashganidir. Har bir dasturlash tili to‘g‘ri dastur tuzilishini belgilovchi qoidalar majmuasi yordamida tasvirlanadi. Dasturlash tilining sintaktik konstruksiyalarini tasvirlash uchun eng qulay formal usul matnli-erkin grammatikadir (masalan, Backus-Naur ning normal shakli keng qo‘llaniladi).
Grammatikalar tildan foydalanadigan dasturchilar va shu til uchun kompilyatorlar yaratuvchilarning muammolarini bir xilda hal qilishga yordam beradi:
-Grammatika dasturlash tilining aniq va oson tushunadigan sintaktik xususiyatlarini taʻminlaydi.



  • Baʻzi grammatika sinflar uchun, avtomatik ravishda manba dasturi sintaktik to‘g‘ri yoki yo‘qligini aniqlaydigan samarali parser (analizator, tahlillovchi) qurish mumkin.



  • Aniq qurilgan grammatika dasturlash tiliga manba dasturini to‘g‘ri obʻyekt kodiga tarjima qilish va xatolarni aniqlash uchun foydali bo‘lgan tuzilmani berishi mumkin.



  • Grammatika asosida ishlab chiqilgan kompilyatorlar juda oson kengaytirilishi mumkin (bu til rivojlanishi natijasida paydo bo‘lgan yangi konstruksiyalarni qo‘shish uchun ayniqsa foydalidir).



Yana bir bor taʻkidlaymizki, matnli-erkin grammatikalar dasturlash tilining faqat matnli tarkibiy qismini, yaʻni muayyan til qurilishi qanday yozilganligini aniqlaydi. Dasturning sintaktik to‘g‘riligini aniqlashning yana bir muhim qismi - dasturda tiplardan foydalanishning to‘g‘riligini matnli-erkin grammatika yordamida aniqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun, agar dastur grammatikasi to‘liq deb ishlansa, u butunlay sintaktik jihatdan to‘g‘ri degani emas.

Download 0,81 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   143




Download 0,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tiplarni dinamik tarzda aniqlash. Reja: Tiplarni dinamik tarzda aniqlash

Download 0,81 Mb.