|
Visual C++ muhitida ko‘p oynali muhitni yaratish
|
bet | 125/131 | Sana | 16.06.2024 | Hajmi | 1,92 Mb. | | #264063 |
Bog'liq Tiplarni dinamik tarzdaVisual C++ muhitida ko‘p oynali muhitni yaratish. Visual C++ muhitida ko‘p oynali dasturlarni yaratish uchun SDI va MDI ilovalar konstruktorlari mavjud. Hozirda MDI ilova konstruktori orqali kichik ko‘p oynali dastur yaratamiz. Bunda quyidagi qadamlardan foydalinadi.
Nazorat savollari
MFC 9.0.21022 (mfc90.dll), .NET 3.5 ning imkoniyatlarini sanab bering.
MFC 14.10.25008.0 (mfc140.dll), .NET 4.6.2 ning imkoniyatlarini sanab bering.
OLE texnologiyasining imkoniyatini sanab bering.
OLE murakkab hujjatlarni qayta ishlash uchun ishlatiladi, qaysi interfeysi orqali turli bog‘liq bo‘lmagan tizimlar o‘rtasida maʻlumotlarni uzatish uchun foydalanish mumkin.
Qaysi texnologiya va uning metodi Microsoft Windows operatsion tizimining oldingi versiyalarida ishlatiladigan DDE (dinamik maʻlumotlar almashinuvi) texnologiyasi asosida 1990-yilda chiqarilgan
OLE 1.0 va OLE 2.2 texnologiyalarini farqini tushuntirib bering.
MFC va OLE texnologiyalari bog‘liqmi va nima uchun.
Ko‘p oynali muhitlarning avfzalligi nimada?
Forma xususiyatlarini o‘zgartirish nima uchun kerak.
Dock xususiyatini nima uchun Fill qiymatga o‘zgartiriladi.
mnufileopen_click hodisasining vazifasini tushuntirib bering.
14-MAVZU: Kichik loyihalarni yaratish
Reja:
Visual C++ muhitida turli sohaga oid masalalarni yechish uchun kichik
loyihalarni loyihalash usullari.
Kichik loyihalar algorimlarini yozish usullari.
Visual C++ muhitida hisobot shaklini tayyorlash va chop etish elementlari.
Kalit so’zlar: Operatsion tizim, amaliy dastur, kichik loyiha, axborot tizimi, IDEF, DFD, Hayot sikli, algoritm, EPS metodologiyasi, BRMI metodologiyaisi, hisobot, hisobot paneli.
Visual C++ muhitida turli sohaga oid masalalarni yechish uchun kichik loyihalarni loyihalash usullari asosan axborot tizimlarni loyihalashtirish usullari nazarda tutiladi. Shuning uchun axborot tizimining obʻyektlari va usullari, algoritmlariga, qo‘llanish sohasi va chegaralariga qarab loyihani katta, kichik loyihalar deyish mumkin. Shuning uchun kichik loyiha deganda funksional imkoniyatlari sanoqli bo‘lgan axborot tizimlari tushuniladi.
Axborot tizimlarining loyihalashtirish uchun axborot tizimining hayot davrini yaxshi bilish va tushunish kerak. Chunki axborot tizimini loyhalashda uchun hayot davri muhim ahamiyatga ega.
Axborot tizimining hayot davri. Hayot davri (HD) tushunchasi axborot tizimlarini loyihalash metodologiyasining asosiy tushunchalaridan biridir. Axborot tizimining hayotiy dari - bu axborot tizimini yaratish fikridan boshlanib, u butunlay foydalnishdan chiqqan paytda tugaydigan uzluksiz jarayondir. Hayot davrining tuzilishini belgilovchi asosiy standart GOST ISO/IEC 12207-02 hisoblanadi. Standartga ko‘ra, hayot davri strukturasi uchta jarayon guruhiga asoslangan:
|
| |