Avtotraktorlarning tirsakli vallariga mexanik ishlov berish




Download 62,68 Kb.
bet2/4
Sana17.05.2024
Hajmi62,68 Kb.
#239928
1   2   3   4
Bog'liq
Tirsakli vallarni tayyorlash texnologiya jarayoni-hozir.org

9.3. Avtotraktorlarning tirsakli vallariga mexanik ishlov berish
Tirsakli vallarga mexanik ishlov berish texnologik jarayoni ularning
murakkab konstruksiyaga ega bo‘lishi bilan bir vaqtda etarli darajada bikr
emasligi va kesish kuchlari ta’siridan osongina deformatsiyalanishi, ayni
paytda ishlov beriladigan yuzalarga nisbatan bazalash uslubini tanlab
olishga, valni qotirish va ishlov berishni, shuningdek amallarning bajarilish
ketma-ketligi va jihoz tanlab olishga juda yuqori talablar qo‘yadi. Odatda
tirsakli valda baza sifatida o‘zak bo‘yinlarining yuzasi qabul qilinadi.
Ammo mexanik ishlov berishning hamma amallarda ham bu bazadan
foydalanib bo‘lmaydi. Ba’zan ayrim amallarni bajarishda texnologik baza
sifatida markaziy teshiklar yuzasi qabul qilinadi. Mexanik ishlov berish
texnologik jarayonini loyihalashda valning etarli bo‘lmagan bikrligini
kompensatsiyalash uchun uning uzunligi bo‘yicha qo‘shimcha oraliq
tayanchlar qo‘llaniladi. Bunday tayanchlar qo‘llashda qo‘shimcha
texnologik baza sifatida bo‘yinlarning dastlabki ishlov berilgan yuzalari
qabul qilinadi.
Odatda markaziy teshiklarga ishlov berib bo‘linganidan so‘ng qolgan
ishlov valning o‘rtasiga o‘rnatiladigan qo‘shimcha tayanch bilan beriladi.
Bundan tashqari kesish kuchlarini kamaytirish maqsadidagi qatlam bir
necha amallarda (dag‘al, yarim toza, toza, yakuniy) olinadi. Bu esa o‘z
navbatida val chizmasi bo‘yicha berilgan o‘lchamga yaqinlashgan sari
elastik siqilishni ham kamaytiradi. Tirsakli vallarga ishlov berishning
oxirgi natijasiga yuzalarga ishlov berish ketma-ketligi qanday qo‘yilganligi
katta ta’sir ko‘rsatadi. Aniq va muhim yuzalarga ishlov berish oxirgi
navbatda bajarilib, bunda olinadigan qatlam minimal bo‘lishi kerak.
Vallarni mexanik ishlov berish jarayonida sovuq holda to‘g‘rilash,
ishlov berish aniqligini yashiradi. Shatun bo‘yinlariga ishlov berishda ular
o‘zak bo‘yinlaridan krivoship radiusiga teng miqdorga surilib ishlov
beriladi, burchak holatida esa jag‘lardagi ishlov berilgan maydonchalar
bo‘yicha mo‘ljal olinadi. Ayrim amallarda ishlov berish aniqligiga valni
qisish kuchi ham ta’sir ko‘rsatadi, shu sababli qisish kuchlarining qo‘yilish
joyi va miqdori ham reglamentlanadi. Tirsakli vallar konstruksiyasining
murakkabligi va texnologik amallarning turli-tumanligi mexanik ishlov
berish jarayoni to‘liq avtomatlashtirish ishlarini qiyinlashtiradi. Shu sababli

o‘qiga nisbatan to‘g‘rilash.


O‘zak bo‘yinlari va salnik
o‘tiradigan bo‘yinni dastlabki
jilvirlash.
Shkiv va shesternya o‘tiradigan
bo‘yinni dastlabki jilvirlash.
Shatun bo‘yinlariga moy oqish
ariqchasini yo‘nish, shatun
bo‘yinlarini dastlabki yo‘nish.
Shuning o‘zi.
35 t kuchlanishli gidravlik pres.
Maxsus jilvirlash yarim avtomati.
Shuning o‘zi.
Maxsus avtomat
Maxsus to‘rt shpindelli yarim
avtomat
Jilvirlash uchun shatun bo‘yinlarini
Yakuniy yo‘nish (krivoship radiusini
47,7...47,3 mm oralig‘ida va shatun
bo‘yinlaridan bazaviy
maydonchalarga bo‘lgan masofani
0,2 mm ushlab turgan g‘olda).
Maxsus aralashma bilan valni 800S
haroratda yuvish (gidrofosfat – 5%,
potash 35%, suv 60%).
Posangilarni yo‘nish.
Moy kanallarini, tiqin buraladigan
teshiklarni parmalash va rezba
ochish.
Shuning zo‘i.
Yuvish mashinasi.
Maxsus tokarlik yarim avtomati.
Ikkita avtomat qator: maxsus
parmalash avtomati.
92
Valning quyruq qismida shponka
o‘yig‘ini frezerlash.
Moy kanallarining chiqish joyida ziy
(faska) ochish, kir yig‘iladigan
joylarida o‘simtalardan tozalash.
Valni yuvish va moy kanallarini
siqilgan havo bilan puflash.
Yu.ch.t. (yuqori chastotali tok) bilan
o‘zak va shatun bo‘yinlarini va shkiv
o‘tiradigan bo‘yinni toblash
(toblangan qatlam chuqurligi
6,7...3,3 mm gacha, qattiqligi NRS
62...52).
Suvli eritmada valni yuvish va
sovitish.
Valni 0,15 mm aniqlikda markaziy
teshiklarga nisbatan to‘g‘rilash.
Barcha o‘zak bo‘yinlarini va salnik
o‘tiradigan bo‘yinni dastlabki
jilvirlash, bo‘yinlarning paralel
emasligi 0,006 mm, yuza 7 toifa
tozalanadi.
Barcha o‘zak bo‘yinlarini yakuniy
jilvirlash (yuza 8 toifa tozaligida).
Shkiv va shesternya o‘tiradigan
bo‘yinlarni jilvirlash, yuza 7 toifa
tozaligida.
Maxsus frezerlash avtomati.

Yuvish va puflash qurilmasi.
Yu.ch.t. bilan toblash
mashinalaridan iborat bo‘lgan
ikki avtomat qator.
Yuvish mashinasi.
35 t kuchlanishli to‘g‘rilash
pressi.
Ko‘p toshli tozalanadigan maxsus
jilvirlash yarim avtomat.
Shuning o‘zi.
Babkasi burchak ostida
joylashgan yumaloq jilvirlash
dastgohi.
93
Valning silindrik yuzalarini va yon
tomonini jilvirlash.
Yumaloq jilvirlash yarim
avtomati.
Shatun bo‘yinlarini jilvirlash, yuza 7
toifa tozaligida.
Flyanetsdagi teshiklarni parmalash
(teshik o‘qlarining o‘zaro mos
joylashish aniqligi 0,15).
Valning ikkinchi yon tomonidan
xrapovik uchun teshik parmalash
Flyanetsdagi teshiklarni zenkerlash
Flyanets tomonida ikki o‘tishda
o‘zak bo‘yinlarining o‘qi bo‘yicha
teshik parmalash
Xrapovik teshigiga rezba ochish
Flyanets tomonidan teshiklarda 0,3
mm x 1200 va 2,3 mm x 600 li ziy
(faska hosil qilib sekovkalash).
Xrapovik teshigini 3,1 mm 600 li
faska hosil qilib sekovkalash.
Markaziy teshik o‘qlariga nisbatan
0,03 mm aniqlikda valni o‘zak
bo‘yinlari bo‘yicha to‘g‘rilash.
Flyanets tomonidan va bazalash,
3,5x600 li ziylari bo‘yicha valning
ikki tomonidan podshipnik teshigini
yo‘nish.
Maxsus jilvirlash yarim avtomati.
Maxsus uch tomonlama
parmalash – frezerlash yarim
avtomat dastgohi.
Shuning o‘zi
- “-
- “-
- “-
- “-
To‘g‘rilash pressi.
Maxsus olmos yo‘nish dastgohi
94
Dinamik muvozanatlash: birinchisi
300 g.sm aniqlikkacha, ikkinchisi 30
g.sm aniqlikkacha.
O‘zak bo‘yinlarini 0,03 mm
aniqlikda yakuniy to‘g‘rilash.
Barcha o‘zak va shatun bo‘yinlarini,
salnik o‘tiradigan bo‘yinni dastlabki
va yakuniy yaltiratish (полировка),
yuza 9 toifa tozaligida.
Valni yuvish.
Valga ishlov berish sifatini Yakuniy
nazorat qilish
Parmalash va muvozanatlash
dastgohlaridan iborat bo‘lgan ikki
avtomat qator.
To‘g‘rilash pressi
Maxsus yaltiratuvchi
superfinishlash dastgohi
yuvish mashinasi

Keltirilgan mexanik ishlov berish texnologiya jarayonidan valning yon
tomonlarini frezerlash, valni markazlash, jag‘lardagi bazaviy
maydonchalarga ishlov berish avtomat qatorlarda bajarilishi ko‘rinadi.
Ishlov berish avtomat qatoriga val zagotovkasi osma transporter bilan,
ishchi pozitsiyaga esa — telferli kran balka bilan uzatiladi. Bunda val I va
V o‘zak bo‘yinlarining yuzasi bilan moslamaning o‘zi markazlashadigan
qisuvchi lablariga (gubkalariga) o‘rnatiladi. O‘q bo‘yicha qayd qilish 3 va
6 jag‘lar, burchak bo‘yicha mo‘ljal olish – 1 shatun bo‘yini bo‘yicha
amalga oshiriladi. Val o‘rnatish sxemasi 27-rasmda krsatilgan.
O‘zak bo‘yinlariga, valning old va orqa chetlariga tokarlik ishlovi
berish markaziy yuritmali maxsus ko‘p keskichli yarim avtomatda amalga
oshiriladi. Bunda detal dastgohga markaziy teshiklari bilan o‘rnatilib, u o‘q
bo‘yicha flyanetsdagi markaziy teshik, burchak bo‘yicha holati esa 3 va 4
jag‘laridagi frezerlangan bazaviy maydonchalar bo‘ylab qayd qilinadi. Bu
holda burovchi moment markaziy yuritmadan valning jag‘lari orqali
beriladi (28-rasm)
95

27-rasm. Tirsakli valni o‘rnatish sxemasi.


Boshqa sharoitlarda ishlov berilganda o‘zak bo‘yinlarini yo‘nish
boshqa variantda bo‘lib, bunda anvalo o‘rta bo‘yin jilvirlanadi va u boshqa
o‘zak bo‘yinlari va val chetiga tokarlik ishlovi berishda qo‘shimcha
tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Markaziy o‘zak bo‘yiniga ishlov berish
sxemasi 28-rasmda ko‘rsatilgan, qolgan o‘zak bo‘yinlarga ishlov berishda
valni yo‘nish sxemasi esa 29-rasmda ko‘rsatilgan.

28-rasm. Markaziy o‘zak bo‘yiniga ishlov berish.

O‘zak bo‘yinlarini va valning chetlarini dastlabki jilvirlashda val
dastgohga markaziy teshiklari bilan, qolgan xollarda esa yon tomoni bilan
o‘rnatiladi. Burovchi moment flyanets teshigi orqali uzangidan beriladi.
Barcha bo‘yinlarning ovalligi va konussimonligi 0,03 mm, yuza tozaligi
esa 7 toifa darajasida. Shkiv va shesternya o‘tiradigan bo‘yinlarni dastlabki
jilvirlashda jilvir toshlari detal o‘qiga nisbatan burchak ostida o‘rnatiladi,
bu o‘z navbatida yon tomonlarni kesish va boshqa silindrik yuzalarni
jilvirlash imkonini beradi.
96

29-rasm. Markaziy o‘zak bo‘yindan tashqari barcha o‘zak bo‘yinlariga


ishlov berish
.
O‘zak bo‘yinlarini jilvirlashda 30-rasmda ko‘rsatilgan gidravlik lyunet
qo‘llaniladi. Lyunet korpusi 3 da porshen 6 shtokka 4 o‘rnatilgan bo‘lib,
unga tarirovka prujinasi 5 kiydirilgan. Vilka 2 orqali shtokka ishchi
vkladish mahkamlangan va u tirsakli valdagi ishlov berilayotgan bo‘yin
uchun tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

30-rasm. O‘zak bo‘yinlarini jilvirlash uchun gidravlik lyunet.


Gayka 7 vkladishning o‘zak bo‘yiniga mos chap eng chekka holatini
jilvirlanayotgan cheklaydi. Porshen 6 ga berilayotgan moy bosimi prujina
kuchini engib, porshenni chap tomonga suradi va vkladish orqali ishlov
berilayotgan yuzaga jilvirlash kuchlanishini muvozanatlovchi yuklamani
uzatadi. Bo‘yin o‘lchami metall qatlamini olish hisobiga kichrayganida
porshen 6 chapga suriladi va jilvirlanayotgan bo‘yin o‘lchami talab
qilingan o‘lchamga etib, gayka 7 ning yon tomoni tayanchgacha boradi va
tirsakli valga o‘tkazilayotgan kuch ta’siri to‘xtaydi. Lyunetning ostki qismi
ham yuqori qismi kabi ta’sir qiladi.
Jilvirlash maxsus jilvirlovchi sozlanadigan ko‘p toshli yarim
avtomatlarda bajariladi. Bu dastgohlar avtomat ravishda kesib jilvirlash
siklidan chiqish tarkibida ishlaydi. Toshlar avtomat tarzda to‘g‘rilanadi va
faol nazorat ostida bo‘ladi.
To‘rtta shatun bo‘yinini jilvirlash to‘rt shpindelli yarim avtomatda
yuqori unumdor usulda jilvirlanadi. Shatun bo‘yinlariga ishlov berish
sxemasi 31-rasmda ko‘rsatilgan.

31-rasm. Shatun bo‘yinlariga bir paytning o‘zida ishlov berish.


Bu holda detalni bazalash I va V o‘zak bo‘yinlari orqali o‘q bo‘yicha
esa T yon tomon, burchak holati esa 1 va 8 jag‘lardagi frezerlangan
maydonchalar orqali amalga oshiriladi.
Lyunet III o‘zak bo‘yiniga o‘rnatiladi. Bunday ishlov berish
sxemasida val o‘zak bo‘yinlarining o‘qi bo‘yicha aylanadi, keskich
qotirilgan supportlar esa ishlov berilayotgan bo‘yinlar bilan birga shatun
kabi harakatlanadi. Supportlar shatun bo‘yinlariga qotirib qo‘yiladi. Har bir
supportga uchtadan keskich o‘rnatilib: bittasi keng va to‘g‘ri bo‘lib
bo‘yinning silindrik yuzasiga ishlov beradi, ikkita shakldor keskich
supportning chetlariga o‘rnatilib, galtellar va bo‘yin yon tomonlariga
ishlov beradi. Keskichlarni radial uzatish (подача) gidravlik qurilma orqali
amalga oshiriladi. Keltirilgan ishlov berish sxemasidagi dastgohda ikkita
nusxa ko‘chiruvchi (копировалная) tirsakli val bo‘lib, ular ishlov
berilayotgan val bilan sinxron aylanadi va asboblarning harakatlanishi va
krivoship radiusini ta’minlab beradi. Bu turdagi ko‘pshpindelli
dastgohlarni qo‘llash bir nechta vallardagi barcha shatun bo‘yinlariga bir
paytda ishlov berish imkonini yaratadi. Bunda o‘tishlar parallel yoki
ketma-ket yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

32-rasm. Bir tekislikda joylashgan shatun bo‘yinlariga ishlov berish.


Bu amalda “Zil” avtomobilining tirsakli vali uchun krivoship radiusi


47,7...47,3 mm atrofida ta’minlanadi, shatun bo‘yinlarining o‘q bo‘yicha
holati jag‘lardagi bazaviy maydonchalargacha bo‘lgan masofa 0,2 mm
aniqlikkacha belgilanadi. Ishlab chiqarishning boshqa hajmlarida shatun
bo‘yinlariga ishlov berishning boshqa usuli qo‘llanilib, unda val eng
99
chekka o‘zak bo‘yinlari bilan o‘rnatiladi va ishlov berish bir tekislikda
joylashga bo‘yinlar bo‘yicha ishlov berilib, val ishlov berilayotgan shatun
bo‘yinlari o‘qi atrofida aylanadi 32-rasmda.
Bunda valning aylanish o‘qi krivoship radiusi miqdoriga suriladi. Bu
surilish moslama konstruksiyasi bo‘yicha ta’minlanadi. Valning burchak
holati esa moslamaning maxsus o‘rnatish tayanchlari orqali qayd qilinadi.
Bitta tekislikda joylashgan shatun bo‘yinlariga ishlov berib bo‘linganidan
so‘ng, val boshqa tekislikda joylashgan bo‘yinlarga ishlov berish uchun
o‘rnatiladi. Bu yuqoridagi usulga nisbatan kam unum bo‘lib, shu sababli u
seriyali ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Moy kanallari ancha chuqur va diametri kichik bo‘lganligi sababli
ularni parmalash birmuncha muammo tugdiradi. Kanallar ko‘ndalang
kesimi bo‘yicha diametrida o‘tishga ega va kanallar qat’iyan
koordinatsiyalashgan bo‘lishi kerak.
Bunday teshiklarni parmalashda qirindini chiqarib tashlash qiyin, shu
sababli parmalar tez-tez sinadi. “Zil” avtomobili tirsakli valining o‘zak va
shatun bo‘yinlarini moylash kanallari va shatun bo‘yinlaridagi tiqinning
rezbali teshigi detalni o‘zi avtomat tarzda burib beradigan ikkita avtomat
qatorda ishlov beriladi. Bu amal maxsus ko‘pshpindelli, parmani avtomat
tarzda teshiklardan ko‘p marta chiqarib oladigan avtomatlashgan
dastgohlarda bajariladi. Parmani ishlov berilayotgan teshikdan tez-tez
chiqarib turishdan maqsad – qirindini olish va shu bilan parmani sinishdan
saqlanishdir. Bu dastgohlar odatda yuklamalardan saqlanish qurilmasiga
ega. Moy kanallarini parmalashda parmalar dastgohga sozlanmasdan
o‘rnatilaveradi, chunki parmalar asboblar yordamida qatordan tashqarida
sozlanadi. Moy kanallarini parmalash sxemasi 33a-rasmda, shatun
bo‘yinlari bo‘shlig‘iga ishlov berish esa 33b-rasmda ko‘rsatilgan. Detal
markaziy teshiklar yoki I va V o‘zak bo‘yinlarining yuzasi bo‘yicha
o‘rnatiladi, burchak bo‘yicha valning holati shatun bo‘yinlarining
maydonchasi bo‘yicha, o‘q yo‘nalishidagi holati esa V o‘zak bo‘yinning
chap tomonidagi bo‘rtig‘i bo‘yicha qayd etiladi. Seriyali ishlab chiqarish
sharoitida moy kanallariga, tiqin teshiklariga ishlov berish va bu
teshiklarga rezba ochish maxsus dastgohlarda bajariladi.
Shponka o‘yiqlariga ham alohida maxsus gorizontal frezerlash
dastgohlarida ishlov beriladi.
100

33-rasm. Moy kanallariga ishlov berish sxemasi: a-moy


kanallariga; b-shatun bo‘yinlari bo‘shliqlariga.

Moy kanallari parmalab bo‘linganidan so‘ng val yaxshilab yuviladi,


ayniqsa moy kanallaridagi qirindini chiqarib tashlash uchun moy kanallari
tozalab yuvilishi kerak. Frezerlangan shponka o‘yig‘ining kengligi
5,99...5,945 atrofida; uniig o‘q bo‘yicha joylashish aniqligi esa ±30
bo‘lishi kerak. Tirsakli val ikkita avtomat qatorda toblanadi. Detalni
qamrab oluvchi indikator bilan qizdirilgani uchun galtellar mintaqasida
qattiklik NRS 62...52 dan ko‘pi bilan 6 mm uzunlikda pasayishiga ruxsat
etiladi. Toblangan qatlamning mikrotarkibi mayda yoki o‘rta ninasimon
martensit yoki trostomartensit bo‘lishi kerak. O‘zak va shatun bo‘yinlari
6,7...3,3 mm chuqurlikkacha, shkiv o‘tiradigan bo‘yin esa 60 mm
uzunlikda 1,8...4,7 mm chuqurlikkacha valning yon tomonidan 12 mm
qochib toblanadi. Detalni toblash bilan birga qo‘shimcha yuvish ham birga
bajariladi.
Valning o‘zak bo‘yinlari maxsus yarim avtomatlarda ko‘p marta
sozlanib jilvirlanadi. Detal markaziy teshiklari bilan dastgohga o‘rnatilib,
o‘q bo‘yicha dastlabki jilvirlangan T yon tomoni bilan qayd qilinadi,
101
buronchi moment esa flyanets teshiklari orqali o‘tgan uzangi orqali
beriladi. Bu jilvirlash yarim avtomatida bir paytning o‘zida barcha beshta
o‘zak bo‘yinlari jilnirlanadi. Bunda bo‘yinning silindrik yuzasidan jag‘dagi
bo‘rtiqqa o‘tish ta’minlanadi. Flyanetsni jilvirlashda burovchi moment val
1 jag‘i orqali uzatiladi. O‘zak bo‘yinlarini toza jilvirlashda shakl aniqligi
(ovallik, konuslik) 0,01 mm, bo‘yin diametri 15,005...74,992 mm, val yon
tomonlarining val o‘qiga nisbatan noperpendikulyarligi – uning eng chekka
nuqtalarida 0,012 mm. Bo‘yinlarning yuza tozaligi yakuniy jilvirlashdan
so‘ng 8 toifa darajasida.
Ko‘p toshli jilvirlashning tejamkorligi komplektdagi toshlar
xarakteristikasining bir xilligiga bog‘liq bo‘lib, bu o‘z navbatida ushbu
dastgohlar uchun jilvir toshlarini standart toshlarga nisbatan sifatliroq
tayyorlanishini taqozo etadi.
Shatun bo‘yinlarining diametri jilvirlashdan so‘ng 65,505...64,492 mm
bo‘lishi kerak.
Shatun bo‘yinlarining yuza tozaligi jilvirlashdan so‘ng 7 toifa
darajasidan kam bo‘lmasligi kerak. Shatun bo‘yinlarining burchak
bo‘yicha joylashish aniqligi 0,2 mm. Krivoship radiusiga quyim ± 0,08
mm. Bo‘yinlarning noyumaloqligi - 0,01 mm. Shatun bo‘yinlarining I va V
o‘zak bo‘yiniga nisbatan parallel emasligi 0,01 mm.
Shatun bo‘yinlarini yakuniy jilvirlash ketma-ket bajariladi. Val I va V
o‘zak bo‘yinlarining yuzasiga ko‘ra moslamaga o‘rnatilib, burchak
bo‘yicha holati 1 posangidagi maydonga, o‘q bo‘yicha esa har bir shatun
bo‘yini bilan qayd etiladi.
Shatun bo‘yinlarini jilvirlashda ikki tomonlama yuritmali dastgohlarni
ko‘llash maqsadga muvofiq. Yalpi ishlab chiqarish sharoitida o‘zak va
shatun bo‘yinlarini avtomat qatorlarda jilvirlash mumkin.
Flyanets teshiklariga va old tomondagi xrapovik teshigiga ishlov
berishda, xrapovik teshigining rezbasini ochishda “ZIL” avtomobilining
tirsakli vallariga yarim avtomat qatorlardan foydalaniladi. Bunda val I va
V o‘zak bo‘yinlari bilan bazalanib, o‘q bo‘yicha holati T yon tomon,
burchak bo‘yicha holati birinchi shatun bo‘yiniga ko‘ra qayd qilinadi.
Flyanets teshiklariga ishlov berishda teshik radiuslari joylashuvi o‘zak
bo‘yinlarga nisbatan aniq olinishi, shuningdek bu teshiklarning ham aniq
joylashuvi kerak. Flyanetsdagi oltita teshikdan ikkitasi nazorat teshiklari
bo‘lib, ularning diametriga beriladigan ko‘yim - 0,05 mm. Frezerlangan
102
shponka o‘yig‘i kengligi 5,990...5,945 mm, uning o‘q bo‘yicha siljishi +0,2
mm. Valning old tomonidan M27x1,5 mm rezba 3 toifa aniqligida bo‘lishi
kerak.
Valning old tomoni va flyanetsga ishlov berish sxemasi 34-rasmda
ko‘rsatilgan.
Valning old va orqa tomonlariga ishlov berib bo‘linganidan so‘ng
ishlov berish sifati nazorat qilinib, jumladan darzlar bor-yo‘qligi magnit
defektoskopi bilan tekshirib ko‘riladi.
Valning flyanets tomonidan podshipnik teshigi 0,037 mm qo‘yim
bilan yo‘niladi, so‘ng val qaytadan markazlashtiriladi – ya’ni bazalovchi
ziy (faska) 3,5x600 da yo‘niladi. Podshipnik teshigining tepishi 0,06 mm
dan, bazalonchi faskaning I va V o‘zak bo‘yinga nisbatan tepishi 0,10 mm
dan ortmasligi kerak. Teshik yuzasi tozaligi esa 6 toifadan kam
bo‘lmasligi shart.

34-rasm. Valning old tomoni va flyanetsga ishlov berish sxemasi.


Valni dinamik ikkita avtomatik qatorda muvozanatlanadi. Dinamik


muvozanatlash ma’nosi shundaki unda inersiya o‘qini aylanish o‘qi bilan
mos tushirishga harakat qilinadi. Aylanayotgan detalda har qanday
muvozanatlanmagan massa markazdan qochma kuchni chaqiradi, ya’ni

Download 62,68 Kb.
1   2   3   4




Download 62,68 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtotraktorlarning tirsakli vallariga mexanik ishlov berish

Download 62,68 Kb.