• Tirsakli vallarni tayyorlash texnologiya jarayoni
  • Tirsakli vallarni tayyorlash texnologiya jarayoni




    Download 62,68 Kb.
    bet1/4
    Sana17.05.2024
    Hajmi62,68 Kb.
    #239928
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Tirsakli vallarni tayyorlash texnologiya jarayoni-hozir.org


    Tirsakli vallarni tayyorlash texnologiya jarayoni

    Xulosa:

    Men amalyot davrimda birinchi navbatda korxonadagi texnika xavsizlik va mehnat xavsizlik qoidalari bilan tanishdim. Men amalyot davrini turli yo'l qurilish, tamirlash obyektlarida o'tadim. Men bu yerda yo'l qurilish va tamirlash jarayonlari bilan chuqur tanishdim. Bundan tashqari men yo'l qurilish mashinalari va texnikalaridan foydalanishni batafsil urgandim. Bu men uchun juda qiziqarli va foydali jarayon buldi. Bu yerda olgan bilim va kunikmalarim meni kelajakdadagi faolyatimda katta ro'l o'ynaydi va yordam beradi deb o'ylayman. ппd Bundan maqsad institut ravnaqi uchun bor kuch salohiyatimni ishga solishdir, bunga irishish uchun qulimdan nima kirsa qilishga tayyorman. Men xulosa qilib shuni ayta olaman.

    Mundarija:

    1. Kirish. Korxonaning tashkil topish va rivojlanish tarixi.


    2. Yo'l qurilishini tashkil qilishda uning texnik-iqtisodiy tasnifi.
    3. Yo'l qurilishida yo'l poyi va yo'l to'shamasini qurish ishlarini tashkillashtirish.
    4. Yo'l qurilishi va tamirlash jarayonida mehnat muhofazasi va yong'inga qarshi ko'zda tutilgan tadbirlar.

    5. Amaliyot yuzasidan xulosa.



    Tirsakli vallarni tayyorlash texnologiya jarayoni
    Turli fizik-kimyoviy xususiyatli u yoki bu turdagi materiallarni val
    tayyorlash uchun ularning mustahkamlik va edirilishga hisob-kitobi
    asosida qo‘llaniladi.
    Val zagotovkasini olish. Odatda tirsakli val zagotovkasi issiq hajmiy
    shtamplash yoki quyma usulda olinadi. Tirsakli vallar shtamplash usulida
    uglerodli va legirlangan po‘latlardan, quyma vallar esa yuqori mustahkam
    ko‘kimtir cho‘yandan, perlitli bolg‘alanuvchan cho‘yandan va legirlangan
    po‘latdan yasaladi. Keyingi (quyma) usul ilg‘or usullardan hisoblanib,
    bunda zagotovka yuqori aniqligi ta’minlanadi, mexanik ishlovlarga
    quyiladigan qatlam kamayib, ba’zi hollarda bu qatlam umuman
    quyilmaydi.
    Zagotovkalarni issiq hajmiy shtamplash usulida tayyorlash yalpi
    oqimli ishlab chiqarish talablariga mos bo‘lib, chunki bu usulda asbob
    uskunalar zagotovka shakli va o‘lchamlarini mexanik ishlov berish
    jarayonida tayyor detalning shakli va o‘lchamlariga asta-sekin
    yaqinlashtiradi. Bunda metall tolalarining qulay joylashuvi ta’minlanib, bu
    o‘z navbatida detalning mustahkamlik ko‘rsatkichlarini oshiradi. Misol
    tariqasida 5 tonna yuk ko‘taradigan yuk avtomobilning tirsakli val
    zagotovkasini tayyorlash texnologiyasini ko‘rib chiqamiz.
    Valni tayyorlash uchun dastlabki material sifatida po‘lat 45 olinib, u
    quyidagi mexanik xususiyatlarga ega: normallashgan holatida NV bo‘yicha
    qattiqligi 163...197, В 6/QH / мм2 s = 2 Т 360H / мм s = . Po‘latning kimyoviy
    tarkibi % hisobida: uglerod 0,42...0,50; kremniy 0,17 magniy 0,50...0,80.
    tirsakli val zagotovkasi 120x120 mm, uzunligi 875 mm, ko‘ndalang kesim
    yuzasi 120x120 mm, og‘irligi 969,5 N bo‘lgan shtangadan tayyorlanadi.
    Materialning 40% kuyindi, o‘simta va boshqa chiqindilarga chiqib ketadi.
    Tirsakli val pokovkasining og‘irligi 580N. Pokovka sifatiga qo‘yiladigan
    talablar quyidagilar: shtamplash qiyaliklari ko‘pi bilan 5%; qayd etilmagan
    radiuslar – ko‘pi bilan 3 mm; (ishlov berilmaydigan yuzalar toza,
    86
    kuyindisiz, qatlam-qatlamlarsiz, darslarsiz) bo‘lishi kerak; defektlarni
    chekankalab yoki payvandlab bartaraf etishga ruxsat etilmaydi;
    pokovkaning qattiqligi NV 163...197. Quyida Zil avtomobilining tirsakli
    valining zagotovkasini tayyorlash texnologiYasining sxemasini keltiramiz.
    3-jadval
    Amal Jihoz va uskuna
    Shtangani 450...5500S gacha qizdirib
    zagotovka uzunligi bo‘yicha kesib olish.
    Zagotovkani 1220...13400S gacha qizdirish.
    10000S da (minimal harorat) dastlabki
    shtamplash.
    Yakuniy shtamplash.
    O‘simta va g‘udirishlarni kesish (2,5 mm gacha
    bo‘lgan o‘simtalarga ruxsat etiladi).
    2 va 3 tirsaklarni 1 va 4 tirsakka nisbatan 900 ±
    20 ga burish (issiq holda).
    Ikki ariqchada zagotovkani to‘g‘rilash (issiq
    holda).
    Valni qizdirish (ehtiyojga qarab).
    Qolgan tirsaklarni burash (issiq holda).
    Normallash (pech harorati 850...8700S,
    qizdirish davomiyligi 35 min, sovutish
    havoda).
    Qattiqlikni nazorat qilish (iz diametri 4,3...4,7
    mm).
    Shaxtali qizdirish pechi,
    pressqaychi.
    Yarim metodik pech.
    Shtamplash moloti,
    shtamp.
    Shtamplash moloti.
    Kesuvchi press va
    shtamp.
    Burash mashinasi.
    Bug‘ moloti, to‘g‘rilash
    shtampi.
    Yarim metodik pech.
    Burash mashinasi.
    Konveyer pechi.
    Brinel pressi, o‘lchash
    lupasi.
    87
    Zagotovkani zaharlash yoki pitra bilan
    tozalash.
    O‘zak bo‘yinlari bo‘yicha valni sovuq holda
    to‘g‘rilash (bo‘yinlarning I va V bo‘yincha
    nisbatan tepishi 2,5 mm dan ortiq bo‘lmasligi
    kerak; quyruq qismining tepishi esa 3 mm dan
    ortiq bo‘lmasligi kerak I va V bo‘yinlarga
    nisbatan).
    Yakuniy nazorat
    Zaharlash agregati, pitra
    otish kamerasi.
    Gidravlik to‘g‘rilash
    pressi.
    Zagotovkani normalashtirish uning qattiqligini reglameitlaydi, ichki
    kuchlanishlarni oladi, bu esa o‘z navbatida mexanik ishlovning sifatli va
    unumli bo‘lishini ta’minlaydi. Issiq hajmiy shtamplangan tirsakli vallarni
    tayyorlashda eng ko‘p kuchlanish joylarida metall o‘ta yuqori zichlikda
    bo‘lishi talab etiladi (o‘zak va shatun bo‘yinlari bo‘yicha). Jag‘larning
    bo‘yinlar bilan birlashish joyida metall tolalari uzilib qolishiga yo‘l
    qo‘ymaslik kerak. Issiq hajmiy shtamplangan vallarni tayyorlashning
    zamonaviy texnologiyasi val egriligi 1,0...1,3 mm, byin ovalligi 1,5...2,0
    mm, bo‘ylama va ko‘ndalang qiyshiqligi (перекосы) 1,0...2,0 mm,
    flYanets yon tomonining perpendikulyarlik (tiklik)dan chetga chiqishini
    0,5...0,8 mm, bo‘yin diametrlarga beriladigan qo‘yimning 5,0...6,5 mm,
    bo‘yinlarning yon tomoni bo‘yicha qo‘yimning 3,0...4,0 mm bo‘lishini
    ta’minlaydi.
    Yalpi va katta seriyali ishlab chiqarish sharoitida po‘lat tirsakli
    vallarning zagotovkasi bolg‘alash presslarida shtamplanib, bunda yuqori
    mahsuldorlik ta’minlanadi. Bundan tashqari presslarda shtamplash
    zagotovka aniqligini shtamplash qiyaligining kamayishi hisobiga oshiradi
    va metallning yaxshi qisilishi hisobiga mexanik ishlovga beriladigan
    qatlamni (qo‘yimni) 30...40% gacha kamaytiradi va zagotovka aniqligini
    oshiradi. Tirsakli vallar bolg‘alash persslarida shtamplanib, valning
    flyanetsi gorizontal bolg‘alash mashinalarida tayyorlansa, bu yaxshi natija
    beradi.
    Issiq hajmiy shtamplangan tirsakli vallar 8...9 toifa aniqligida
    tayyorlanadi.
    88
    Cho‘yan tirsakli vallarning zagotovkasi er qoliplarga yoki qobiqli
    qoliplarga quyib olinadi. Vallarni quyishda o‘zak va shatun bo‘yinlarining
    ichi bo‘sh qilib tayyorlanadi. Buning uchun bo‘yinlarga sterjenlar
    qo‘yiladi. Katta vallarda va teplovoz dizellarining jag‘larining ichi ham
    bo‘sh qilib tayyorlanadi. Bu bilan, birinchidan, valning og‘irligi kamaysa,
    ikkinchidan moy kanallarini parmalash kabi mehnattalab ishga barham
    beriladi, chunki vallarni quyishda uning ichiga maxsus moy naychalari
    o‘rnatib quyiladi. Er qoliplarga quyishda bog‘lonchi material sifatida
    suyuq shishadan foydalaniladi. U qolipni mustahkamlaydi, chunki qolip
    tayyor blganidan so‘ng u karbonat angridrid gazi bilan puflanadi.
    Tirsakli vallar zagotovkasini yuqori mustahkam ko‘kimtir cho‘yandan
    qobiqli qoliplarga quyib olish eng ilg‘or usullardan hisoblanadi
    ( 550Н / мм2 В s = gacha va NV 185...255 gacha). Qobiqli qoliplarda quyma
    olish metallardan foydalanish koeffitsientining, quyma sifatining yuqori
    bo‘lishiga va uning aniqligi beshinchi, tozaligi to‘rtinchi toifagacha
    bo‘lishini ta’minlaydi. Quyma aniqligi yuqoriligi ishlov berishga
    quyiladigan qatlamning kichrayishi hisobiga mexanik ishlov berish uchun
    mehatni 20...25 % gacha kamaytiradi. Quyma vallarga ishlov berish ancha
    qulay, ichki kuchlarning konsentratsiyalashuviga kam ta’sirchan va
    dastlabki muvozanatlanmaganligi darajasi oz, bu o‘z navbatida dastgoh va
    asboblarni ekspluatatsiya qilish sharoitlarini yaxshilaydi.
    Katta seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitida termoreaktiv
    smolalar asosidagi qobiqli qoliplarni tayyorlash avtomat yoki
    yarimavtomat siklda tashkil qilinishi mumkin, detallarni qobiqli qoliplarga
    quyish esa konveyerda amalga oshiriladi. Qobiqli qoliplarga quyishning bu
    xususiyatlari tirsakli vallarni tayyorlash texnologik siklini, tayyorlov
    sexlari maydonini qisqartirish imkoniyatini yaratadi, shu bilan birga qolip
    tayyorlash materiallariga extiyojni 10...15 marta kamaytiradi. Quyma
    tirsakli val zagotovkalaridagi ichki kuchlanishlarni olish va tarkibini
    yaxshilash uchun ular termik ishlov (normallash, kuydirish)dan o‘tadilar.
    Termik ishlovdan so‘ng quyma val issiq holda to‘g‘rilanadi. Quyma
    tirsakli vallar quyidagi tavsifga ega: bo‘yin diametrlarida ishlov berishga
    quyilgan qatlam 3,0...3,5 mm; qolipning ajralish chizig‘i bo‘yicha surilishi
    0,2...0,4 mm; bo‘yinning yon tomonlari bo‘yicha quyilgan qatlam 1,5...2,0
    mm; bo‘yinlar ovalligi 0,5...1,0 mm, val egriligi 1,0...1,5 mm.
    89

    Download 62,68 Kb.
      1   2   3   4




    Download 62,68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tirsakli vallarni tayyorlash texnologiya jarayoni

    Download 62,68 Kb.