“Tushunchalar tahlili” metodi




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/101
Sana22.12.2023
Hajmi2,7 Mb.
#126923
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   101
Bog'liq
UMK TSQI
Holiqulova Jasmina krassvord
 
“Tushunchalar tahlili” metodi 
Metodning maqsadi: mazkur metod talabalar yoki qatnashchilarni mavzu 
buyicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, o‘z bilimlarini 
mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu buyicha dastlabki 
bilimlar darajasini tashhis qilish maqsadida qo‘llaniladi.
 
Metodni amalga oshirish tartibi:
• ishtirokchilar mashg‘ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;
• o‘quvchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo‘lgan so‘zlar, 
tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi ( individual yoki 
guruhli tartibda);
• o‘quvchilar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon, 
qanday holatlarda qo‘llanilishi haqida yozma ma’lumot beradilar;


17 
• belgilangan 
vaqt 
yakuniga 
yetgach 
o‘qituvchi 
berilgan 
tushunchalarning tugri va tuliq izohini uqib eshittiradi yoki slayd orqali 
namoyish etadi;
• har bir ishtirokchi berilgan tugri javoblar bilan uzining shaxsiy 
munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o‘z bilim darajasini 
tekshirib, baholaydi 
 
 


18 
III. Nazariy mashg’ulot materiallari 
 
1-MA’RUZA. SIGNALLAR, ULARNING TURLARI, PARAMETRLARI VA 
XOSSALARI 
1.1. Signallarni qayta ishlash tizimlarining tarkibi va tuzilishi 
Signallarga raqamli ishlov berish (SRIB) telekommunikatsiya, raqamli 
televideniya, ovoz yozish, biometrika, mobil aloqa va video tizimlar kabi 
texnologiyalar sohasiga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatib bormoqda. Bu aloqa 
muhandisligi, hisoblash texnologiyalari va elektronika bo‘yicha barcha kurslarda 
asosiy yo‘nalish hisoblanadi [1, 2, 3]. 
Signal – bu foydali ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, yozib olinadigan yoki 
qayta ishlanadigan (o‘lchov, shaklni o‘zgartirish, parametrlarni hisoblash, namoyish 
etish, tashuvchi vositalariga yozish) raqamli qiymatlaridir. 
Haqiqiy signallarga misollar [1, 5]: 
– ovoz, nutq va musiqa signallari (mikrofon, telefon); 
– datchiklardan qabul qilingan bio signallar (ensefalogrammalar, 
kardiogrammalar, impuls va bosim signallari, ultratovush signallari); 
– texnologik jarayonlarning sensorlaridan qabul qilingan signallar (harorat, 
oqim tezligi, bosim, kuchlanish, daraja, tezlik); 
– radiotexnik nazorat va kuzatuv tizimlarining signallari (aviatsiya radarlari, 
gidroakustika, havo hujumidan mudofa tizimlari). 
Biz tabiatda uchraydigan signallarning aksariyati analog shaklga ega. Analog 
signallar vaqtning uzluksiz funksiyasini ifodalaydi. Analog signalga misol tariqasida 
tovush bo‘lishi mumkin. Bizning sezgi organlarimiz signallarning analog shakllariga 
aniq sezgir hisoblanadi: quloqlar tovushga, ko‘zlar nurga, terimiz haroratga, burun 
hidni sezish uchun. Bizning sezgi organlarimiz fizik signallarni (tovush, yorug‘lik, 
harorat, hidlar) o‘lchaydi va o‘zgartiradi, shuningdek ularni miyaga qayta ishlash va 
qaror qabul qilish uchun yuboradi. Signallar dinamik jarayonlarning o‘z vaqtida 
ishlash modeli hisoblanadi, shuning uchun bunday signallarni qayta ishlash 
jarayonlarning o‘zi signallar orqali o‘rganish imkonini beradi. Atrofimizdagi dunyo 


19 
analog (vaqt, masofa, harorat) hisoblanadi, ammo mutaxasislar signallarga aniqroq 
ishlov berish uchun analog-fizik parametrlarni o‘lchash va ularni raqamli shaklga 
aylantirishni o‘rgandilar. 
Analog signallarga raqamli ishlov berish va saqlash qiyinroq bo‘lib, ularga 
raqamli texnologiyalarni qo‘llash mumkin emas. Signallarning raqamli shakli, ya’ni 
ikkilik ko‘rinishi raqamli ishlov berish uchun qulay hisoblanadi. Bunday holda 
nafaqat signallarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek ularni kompyuterlarda saqlash 
va qayta ishlash mumkin. 
Signallarga raqamli ishlov berishning asosiy vazifalari: 
- signal parametrlari - amplituda, faza, chastota, spektrni o‘lchash orqali 
obyekt haqida ma’lumot olish; 
- shovqinli muhitda foydali signal komponentlarini ajratib olish; 
- signallarni siqish; 
- noma’lum signallarni tahlil qilish va belgilangan parametrlarga ega 
signallarni sintez qilish. 

Download 2,7 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   101




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish