• Analog filtr
  • DSP ( Digital Signal Processing )
  • Signal energiyasi
  • Signallarni qayta ishlash qurilmalarining asosiy elementlari va vazifalari




    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/101
    Sana22.12.2023
    Hajmi2,7 Mb.
    #126923
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101
    Bog'liq
    UMK TSQI

    1.2. Signallarni qayta ishlash qurilmalarining asosiy elementlari va vazifalari, 
    signallarning vaqt va chastota sohalarida ifodalanishi 
    Datchik – bu fizik parametrni mutanosib elektr signaliga aylantiruvchi 
    qurilmadir. Datchiklarga misollar: mikrofon, termometr, tezlik o‘lchagich, og‘irlik, 
    bosim o‘lchagichlar. Signallarni qayta ishlashda asosan datchiklardan qabul qilingan 
    kirish signal ma’lumotlari ma’lum bosqichlardan o‘tkaziladi [3, 5].
    SRIB tizimining asosiy elementlari (1.1-rasm): 
    D - analog signal sensori; 
    AF - past chastotali analog filtr; 
    ARO‘ - analog-raqamli o‘zgartirgich; 
    DSP - signal protsessori (Digital Signal Processing); 
    RAO‘- raqamli-analog o‘zgartirgich; 
    IQ - ijro qiluvchi qurilma. 


    20 
    1.1-rasm. Raqamli signalni qayta ishlash tizimining tuzilishi 
    Alohida qurilmalarning vazifalarini ko‘rib chiqamiz [1, 2, 6]. 
    Analog filtr – bu analog signal pulslarini tekislovchi va signalda foydali 
    ma’lumotli chastotalarni ajratuvchi reaktiv elementlardan (L - induktivlik,
    C-sig‘im, R-rezistor) iborat elektr sxema. 
    ARO‘, RAO‘ – bu signallarni diskretlash va kvantlash qurilmalari bo‘lib, ular 
    signallarni analogdan raqamliga va aksincha raqamlidan analog ko‘rinishga 
    o‘zgartiruvchidir. 
    DSP (Digital Signal Processing) – bu raqamli signallarni qayta ishlash 
    algoritmlari asosida raqamli ishlov beruvchi signal protsessori. 
    Signal xususiyatlari. Signallar bir o‘lchamli, ikki o‘lchamli yoki uch 
    o‘lchamli bo‘lishi mumkin. Matematik jihatdan bunday signallar mos ravishda bir, 
    ikki va uch o‘zgaruvchili funksiyalar bilan tasvirlanadi. 
    Tabiatda juda ko‘p signallar davriy bo‘lib, ularning qiymatlari davrga teng 
    oraliqlarda takrorlanadi (1.1-jadval). 
    Signal energiyasi – bu shovqinli muhitda raqamli signallarning foydali 
    qismlarini ajratib olish uchun muhim xususiyatidir. Signalning foydali komponent 
    qismlari tasodifiy shovqinli qismiga nisbatan ko‘proq energiyaga ega bo‘ladi. 
    Raqamli signal energiyasi berilgan segmentdagi signal qiymatlari kvadratlari 
    yig‘indisi sifatida hosil bo‘ladi (1.1) [7]: 


    =
    =
    1
    1
    2
    )
    (
    N
    k
    t
    X
    E
    (1.1) 
    ARO’
    DSP
    RAO’
    IQ
    D
    AF 


    21 
    1.1-jadval 

    Download 2,7 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101




    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Signallarni qayta ishlash qurilmalarining asosiy elementlari va vazifalari

    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish