• Palasa kengligi
  • Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua




    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/101
    Sana22.12.2023
    Hajmi2,7 Mb.
    #126923
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101
    Bog'liq
    UMK TSQI

    Haqiqiy signallar turli xil chastota, amplituda va dastlabki fazalar bilan 
    ko‘plab sinusoidlarning kombinatsiyasini tashkil qiladi, ya’ni ular ko‘p chastotali 
    komponentlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, gitara tovushi – bu uning barcha 
    torlarining tovushlaridan va ularning yig‘indisidan iboratdir. Agar signal turli 
    amplitudali ko‘p chastotali komponentalarni o‘z ichiga oladigan bo‘lsa, chastota 
    sohasining grafik ko‘rinishi tahlil qilish uchun juda qulay hisoblanadi. 1.3-rasmda 
    turli chastota va amplitudali (f
    1
    va f
    2
    ) ikkita signal ko‘rsatilgan, shuningdek natijaviy 
    umumiy signal ko‘rinishi keltirilgan. Signalning amplituda-chastota tarkibi aynan 
    shu ikki komponentani o‘z ichiga oladi. Bundan chastotali hamda amplitudali 
    ifodalanish farqini ko‘rishimiz mumkin [11]. 
    Palasa kengligi – bu signallarning foydali qismlarining eng yuqori va eng 
    past chastotalari orasidagi farqni ifodalovchi xususiyat bo‘lib, bu murakkab 
    signalning ekstremal chastotalari orasidagi masofa hisoblanadi. Palasa kengligi 
    signalda mavjud chastotalar qiymati haqida ma’lumot bermaydi, balki faqat ma’lum 
    bir signalning chastota diapazoni chegaralari haqida ma’lumot beradi [12]. 
    chastota
    Amplituda
    t
    1
    f
    1
    f
    1
    chastota
    Amplituda
    t
    2
    f
    2
    f
    2


    25 
    1.3-rasm. Haqiqiy signallar spektrlar 
     
    Spektr – bu murakkab signallarning chastotali tarkibini ko‘rsatadi. 
    Signallarning chastotali tarkibini bilish va tahlil qilish signalni baholash, zaruriy 
    chastota komponentlarini aniqlash va keraksiz komponentlarni kuchsizlantirish 
    imkonini beradi. Spektr – signalning amplituda-chastotali tarkibi bo‘lib, amplituda-
    chastotali xususiyati (AChX) yordamida ifodalanadi [8, 9]. 

    Download 2,7 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101




    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua

    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish