• 1.4. Analog-raqam va raqam-analogli o‘zgartirgich
  • Haqiqiy signallar spektrini chegaralash




    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/101
    Sana22.12.2023
    Hajmi2,7 Mb.
    #126923
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   101
    Bog'liq
    UMK TSQI

    Haqiqiy signallar spektrini chegaralash. Haqiqiy signallar ko‘pgina 
    chastotali tashkil etuvchilarini o‘z ichiga oladi, ularning diskretlash jarayonlari 
    qiyin. Agar yuqori chastotali tashkil etuvchilarga e’tiborni qaratadigan bo‘lsak, 
    diskretlash chastotasi keraksiz darajada oshishi mumkin va ma’lumotlar miqdori 
    juda oshib ketadi. Shu bilan birga, ko‘pgina yuqori chastotali tashkil etuvchilari 
    odatda ahamiyatsiz va tasodifiy xarakterga ega bo‘lishini e’tiborga olish kerak. 
    Optimal diskretlash maqsadida signal spektri chegaralanadi va signal tarkibidan 
    yuqori chastotali tashkil etuvchilari olib tashlanadi. Buning uchun analog-raqamli 
    o‘zgartirish jarayonida analog signal dastlab past chastotali filtrlash qo‘llaniladi 
    (1.1-rasm). Spektrni chegaralash signalda faqat muhim chastotalarni qoldirish va 
    asosiy signal chastotasida buzilishlarni bartaraf etuvchi diskretlashni amalga 
    oshirish imkonini beradi [5, 6]. 
    1.4. Analog-raqam va raqam-analogli o‘zgartirgich 


    29 
    Raqamli signalni shakllantirish ikki bosqichda amalga oshiriladi: diskretlash 
    va kvantlash. Diskretlash signalning oniy qiymatini kerakli vaqtda aniqlash, 
    kvantlash esa kuchlanish qiymatini oniy kuchlanish qiymatiga teng ikkilik kodga 
    aylantirish imkonini beradi. Ushbu jarayonlarning har ikkalasida ham kuchlanishni 
    kodga aylantirish vaqti va aniqligi muhimdir [2, 3]. 
    Diskretlash va kvantlash jarayonlari signallarni raqamlashtirish jarayoniga o‘z 
    xatoliklari bilan tasir qiladi. Diskretlash jarayonidagi xatoliklar doimiy kvantlash 
    qadamlari asosida yuzaga keladi va signal tarkibining keskinligi asosida qo‘shni 
    qiymatlar bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Bunda diskretlash xatoligi yuzaga 
    keladi, ya’ni signalning qo‘shni nuqtalari orasidagi qiymatlarni aniqlab bo‘lmaydi 
    (1.7-rasm). 
    Diskretlash xatoligi signalning chiziqli bo‘limlari uchun doimiy xususiyatga 
    ega va gorizontal bo‘limlar uchun esa yo‘q. Diskretlash xatoliklarini kamaytirishga 
    kvantlash chastotasini oshirish va qiymatlar orasidagi masofani kamaytirish orqali 
    erishish mumkin, ammo bu qayta ishlanadigan yoki uzatiladigan ma’lumotlar 
    miqdorining ortishiga olib keladi. 
    - diskretlash xatolligi 
    (const) 

    Signal amplitudasi 
    q - kvantlash xatoligi 
    N=8 bo’lganda q=1/256 = 0.4% max 
    dan 
    q = 5/256 = 0.02
    v
    (5
    v
    bo’lganda) 
    q =2/256 = 0.01
    v
    (2.5
    v
    bo’lganda)
    5



    30 
    1.7-rasm. Diskretlash va kvantlash xatoliklari 
    Kvantlash jarayonidagi xatoliklar o‘zgartirish razryad soniga bog‘liq bo‘lib, 
    analog-raqamli o‘zgartirgichning razryadi qancha katta bo‘lsa, signalni ifodalash 
    aniqligi shuncha yuqori bo‘ladi. Yuqori bo‘lmagan aniqlik talabi (masalan, sanoatni 
    avtomatlashtirishda) 6-8 (64-256 kvantlash darajasi) oralig‘ida tanlanadi. Yuqori 
    aniqlik talablari 10-14 razryad qiymatlari (1024-16384 kvantlash darajasi) oralig‘ida 
    bo‘lishi mumkin. 
    Kvantlash xatoliklarini kamaytirishning bir usuli – bu kvantlash darajalar 
    sonini oshirishdir, ammo bu yondashuv har doim ham muammoning yechimi bo‘la 
    olmaydi. Agar signallarda amplitudalar darajasi past bo‘lgan joylar mavjud bo‘lsa, 
    bu ma’lumotlar hajmining ko‘payishiga olib keladi. O‘zgaruvchi kvantlash qadami 
    apparatni juda murakkablashtiradi. Signalning siqilishi (diapazonning siqilishi) 
    doimiy kvantlash bosqichida signal qiymatlarini namoyish etish ko‘lamini 
    o‘zgartirishga imkon beradi (1.8-rasm). 
    a) 
    b) 
    1.8-rasm. Diskretlash va kvantlash xatoliklarini kamaytirish:
    1
    2
    1
    2
    q
    1
    q
    2


    31 
    a) diapazonning siqilishi; b) tiklash
    Kvantlashda logarifmik o‘zgartirish shkalasi yordamida siqishga erishiladi, 
    ya’ni signal namunalarining raqamli shakldagi qiymatlari har bir qadamda 
    masshtablashgan koeffitsiyentiga ko‘paytirish orqali shakllantiriladi. Signal 
    amplitudasining raqamli ekvivalenti bu nuqtalardagi signalning haqiqiy qiymatidan 
    kam bo‘ladi. Qabul qilish tomonida signal qiymatlari kirish qiymatlariga mos holda 
    tiklanishi kerak. Buning uchun signal qiymatlari qabul qiluvchi tomonida ularni 
    logarifmik shkalaning masshtab koeffitsiyentlariga bo‘lish orqali signal qiymatlarini 
    tiklash amalga oshiriladi. Shunday qilib, signal asl shakliga tiklanadi. 
    Diskretlash va kvantlash jarayonlarini amalga oshiruvchi asosiy qurilma 
    analog-raqamli o‘zgartirgichlar (ARO‘) hisoblanadi. ARO‘ ni qurishning eng ko‘p 
    tarqalgan usuli – bu ketma-ket approksimatsiya usulidan foydalanishdir. Bu turdagi 
    ARO‘ larda kirish taqqoslash sxemasi, boshqarish sxemasi, teskari hisoblagich va 
    raqam-analogli o‘zgartirgichlarni (RAO‘) tashkil etib, uning chiqishi taqqoslash 
    sxema kirishiga bog‘langan bo‘ladi (1.9-rasm). Taqqoslagichning analog 
    sxemasining bir kirishida kiruvchi signal Vkr, sxemaning boshqa kirishida esa RAO‘ 
    ning chiqishidan teskari aloqa signali Vts kirib keladi. Taqqoslash natijasiga 
    asoslanib, boshqaruv sxemasi teskari hisoblagich uchun qo‘shish yoki ayirish 
    signalini hosil qiladi. 


    32 
    1.9-rasm. Analog-raqamli o‘zgartirgich sxemasi 
    Teskari hisoblagichning joriy kodi RAO‘ ga qabul qilinadi, teskari aloqaning 
    ekvivalent kuchlanishi Vts ga aylanadi va taqqoslash sxemasining kirishiga qabul 
    qilinadi. Bu jarayon V
    KIRISH
    va V
    TS
    kattaliklar tenglashguniga qadar davom etadi. 
    Ayni paytda V
    KIRISH
    = V
    TS
    , boshqaruvchi qurilma “tenglik” haqida signal beradi va 
    teskari hisoblagich holatini “o‘qish” shinasi orqali qayta ishlash kompyuteriga 
    uzatadi [13, 14]. Sxemaning boshlang‘ich nuqtasida teskari hisoblagichning holati 
    Vkr – maksimal kirish kuchlanish diapazonining V
    TS
    – yarmiga o‘rnatiladi. Bu 
    taqqoslash momentini tezlashtirish uchun bajariladi V
    KIRISH
    = V
    TS
    . Taqqoslash 
    momenti belgilangandan so‘ng teskari hisoblagichning holati “o‘qish” o‘qish 
    shinasi orqali taqqoslash yacheykasining kirishiga yana uzatiladi. Agar bu vaqtga 
    kelib signal teskari aloqa (V
    KIRISH 
    > V
    TS
    ) dan oshib ketgan bo‘lsa, nazorat 
    kuchaytirgichi qo‘shish signalini chiqaradi va teskari hisoblagich V
    KIRISH
    = V
    TS
    yana 
    sodir bo‘lgunga qadar uning holatini oshiradi. Bu analog-raqam o‘zgartirgichning 
    bir davri hisoblanadi. 
    Zamonaviy ARO‘ larning turlicha turlari mavjud. Bu turlar aniqligi va tezligi 
    bilan, ya’ni raqamlar soni va kuchlanishning kodga aylanish usuli bilan farqlanadi. 
    Ko‘rib chiqilgan ARO‘ ning turi eng keng tarqalgan hisoblanadi. 
    1
    0
    ma
    x
    А 
    v
    о 
    t
    v
    V
    V
    KIRISH
    TS
    +
    -
    taqqoslash
    sxemasi
    boshqaruv
    sxemasi
    teskari
    hisoblagich
    RAO’ 
    Faoliyat tartibi:
    1. O’rnatish V
    0
    2. Yoqish V
    KIRISH 
    "0"
    3. V
    KIRISH 
    > V

    bo’lganda 
    (ketma-ket ayirish)
    4. V
    KIRISH 
    >
    V

    bo’lganda
    (ketma-ket ayirish)
    "1"
    5.V
    KIRISH 
    > V

    bo’lganda 
    kodni 
    o’qish 
    o’qish 


    33 

    Download 2,7 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   101




    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish