Raqam-analogli o‘zgartirgich




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/101
Sana22.12.2023
Hajmi2,7 Mb.
#126923
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   101
Bog'liq
UMK TSQI

Raqam-analogli o‘zgartirgich. Signallarni raqamli qayta ishlashning 
ko‘pgina masalalarida analog signalni qayta tiklash talab etiladi. Buning uchun 
raqam-analog o‘zgartirgichlar (RAO‘)dan foydalaniladi, uning kirishida signal 
qiymatlarining raqamli ko‘rinishi qabul qilinadi va chiqishida esa analog signal 
uzatiladi [15]. 
RAO‘ qurilish sxemalari bir-biridan kam farq qiladi va ular vaznli rezistorlar 
kommutatsiyasiga asoslangan (1.10-rasm). 
1.10-rasm. Raqam-analogli o‘zgartirgich sxemasi 
Bu sxema moslama kuchlanishini Um manba kuchlanishiga ko‘paytirish 
tamoyiliga asoslangan. Analogli chiqish kuchlanishi darajasini aniqlovchi 
ko‘paytirish koeffitsiyenti kirish va teskari aloqadagi vaznli rezistorlarning 
og‘irliklari nisbatiga bog‘liq (R1/R va R1/2R). Har bir rezistor mos ravishda 
moslama kuchlanish manbaiga Um yoki yer nuqtasiga ulanishi mumkin. Birinchi 
holat koddagi “1” holatga, ikkinchi holat esa kirish binar koddagi “0” holatiga mos 
keladi. Boshqacha aytganda, kalitlarning holati K1, ..., Kn ga aylantirilgan binar 
kodning bitlari qiymati mos keladi. 
Kalitlarni yopish va ochish natijasida kuchaytirgichning chiqishida sodir 
bo‘ladigan kuchlanishning keskin o‘zgarishlari RAO‘ chiqishidagi analog filtr bilan 
silliqlanadi. Hozirgi vaqtda boshqarish tizimlarida filtr, ARO‘ va RAO‘ lar alohida 
ikkilik kodga
o’giriluvchi 
U
m
R1
R
2
R
2R
V
chiq
PCH
K
n


34 
sxemalar uchun ishlatiladi, lekin signal protsessorlarida filtrlash, o‘zgartirish va 
uzatishning barcha funksiyalarini birlashtiruvchi integral qurilmalar sifatida 
shakllantirilgan (1.11-rasm). Shunday qilib, integrallashgan qurilmalar signallarga 
boshlang‘ich ishlov berishning butun siklini amalga oshiradi: 
- signal spektrini cheklash ; 
- signalning raqamlashtirilishi; 
- daraja bo‘yicha kvantlash; 
- kuchlanishga teskari o‘zgartirish; 
- analog chiqish signalini silliqlash; 
- aloqa kanaliga yuborish. 
1.11-rasm. Integrallashgan qurilma sxemasi 
Mikro-miniatyura integrallashgan qurilmalari ko‘pincha harbiy va mobil 
aloqa va ishlov berish tizimlarida qo‘llaniladi.  

Download 2,7 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   101




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish