• Vaqt bo‘yicha diskretlash
  • Kotelnikov teoremasi
  •  Signallarni vaqt bo‘yicha diskretlash va amplituda bo‘yicha




    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/101
    Sana22.12.2023
    Hajmi2,7 Mb.
    #126923
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   101
    Bog'liq
    UMK TSQI

    1.3. Signallarni vaqt bo‘yicha diskretlash va amplituda bo‘yicha 
    kvantlash 
    Analog signallar vaqt va amplituda bo‘yicha uzluksiz ko‘rinishda bo‘ladi. 
    Raqamli signal 
    (𝑺𝒅(𝒕)) vaqtning (𝑡) diskret nuqtalarida mavjud bo‘lib, har bir nuqta 
    ikkilik koddagi qiymatga ega. 
    Vaqt bo‘yicha diskretlash – bu signal amplitudasining oniy qiymatlarini 
    muntazam oraliqlarda qayd qilish (o‘lchash) jarayonidir [12]. Boshqacha qilib 
    aytganda, bu doimiy o‘zgaruvchan ma’lumotlardan oniy qiymatlarni tanlashdir. 
    Analogli uzluksiz signaldan diskret signal ko‘rinishiga o‘tkazish vaqt bo‘yicha 
    diskretlash asosida amalga oshiriladi (1.4-rasm). 
    chastota
    Amplituda
    f
    1
    f
    2
    Signal yig‘indisi
    f

    , f
    1


    26 
    1.4-rasm. Vaqt bo‘yicha diskretlash 
    Yuqoridagi tasvirdan ko‘rinib turibtiki, kiruvchi uzluksiz signal 𝑆_𝐷 (𝑡) 
    qiymatlar ketma-ketligini 
    {𝑆_𝑘 } ifodalaydi. Interval ∆𝑡 diskretlash qadami deb 
    ataladi, 
    𝑓𝑑 = 1/∆𝑡 – bu esa diskretlash chastotasi deb ataladi. Diskretlash 
    chastotasi signallarga samarali ishlov berish uchun signalni to‘g‘ri ifodalashga 
    bog‘liq bo‘lgan muhim parametr hisoblanadi. 
    Daraja bo‘yicha kvantlash – bu o‘zgarmas (oniy) signal qiymatlarini N 
    razryadli ikkilik kodga o‘girishdir. Kompyuter tizimlarida N razryad qiymati 6-12 
    ikkilik raqamlar oralig‘ida tanlanadi (1.5-rasm). 
    1.5-rasm. Daraja bo‘yicha kvantlash 
     
    Qiymat teoremasi. Agar barcha ishlov berish jarayoni joriy signal 
    qiymatlarining vaqt birliklari asosida amalga oshiriladigan bo‘lsa, bunday ishlov 
    berish vaqt sohasi bo‘yicha ishlov berish deyiladi. 






    S
    D
    (t) 
    S
    0
     
    S
    1
     
    S
    2
     
    S
    3
     
    S
    4
     
    S
    5
     
    S
    6
     
    S
    7
     
    S
    8
     
    S
    9
     
    S
    10
     
    7kGs


    27 
    1.6-rasm. Signalni diskretlash qadamini tanlash 
    Shunisi aniqki, axborot yo‘qotilishining oldini olish uchun namuna olish 
    qadami yetarli darajada kichik bo‘lishi kerak. Boshqa tomondan esa, juda tez-tez 
    qiymatlarni olish axborot va apparat uskunalarning murakkablashishga olib keladi 
    (1.6-rasm). 
    Kotelnikov teoremasiga ko‘ra uzluksiz analog signalni uzatish talab qilinsa 
    signalning barcha qismini uzatish shart emas, balki ma’lum vaqt oralig‘idagi 
    tasodifiy qiymatlarini uzatish kifoyadir. Qabul qiluvchi qism mana shu oniy qismlar 
    bo‘yicha birlamchi analog signalni qayta tiklab oladi. Kotelnikov teoremasi ∆𝑡 ni 
    to‘g‘ri tanlashga mos javob bo‘la oladi [1, 2, 5]: 
    - chastotasi 
    𝑭 bo‘lgan ixtiyoriy signal 𝒔(𝒕) tegishli intervallarda olingan 
    qiymatlar ketma-ketligini (1.6) formula asosida to‘liq tiklash mumkin: 

    𝑡 = 1/2𝐹
    (1.6) 
    Yuklanuvchi obrazni shakllantirish 
    t
    x(t)
    t
    0
    t
    diskretlash
    kvantlash
    Т
    C
    F > 2f
    T
    C
    F < 2f
    t
    1
    t
    2
    t
    3
    t
    k


    28 
    Diskretlash va kvantlash chastotasi aynan signal chastotasidan ikki 
    barovardan kichik bo‘lmasligi kerak (Naykvist chastotasi). 
    Agar diskretlash chastotasi Naykvist chastotasidan yuqori chastotada amalga 
    oshirilsa, signalni ifodalash aniqligi yuqori bo‘ladi, lekin ishlov beriladigan axborot 
    hajmi juda katta bo‘ladi. Bu nafaqat kompyuterda signallarga raqamli ishlov berish 
    jarayonida, balki masofadan signal qiymatlarini uzatishda ham (N=8 da har bir 
    signal 8 bit hajmni egallaydi) qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. Diskretlash 
    chastotasining 8 kGs standart o‘lchamida uzatiladigan signal qiymati sikundiga
    64 kbit bo‘ladi. 
    Agar diskretlash chastotasi Naykvist chastotasidan past chastotada amalga 
    oshirilsa, qayta tiklanadigan signal ko‘rinishi va chastota xususiyati butunlay 
    boshqacha ko‘rinishga ega bo‘ladigan holat yuzaga kelishi mumkin. Ushbu holatdan 
    kelib chiqqan holda, haqiqiy signalni qayta tiklash mumkin emas. Diskretlash 
    chastotasi to‘g‘ri tanlash uchun signal palasasi va uning chastota diapazonini bilish 
    kerak bo‘ladi. 

    Download 2,7 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   101




    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Signallarni vaqt bo‘yicha diskretlash va amplituda bo‘yicha

    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish