• Filtr parametrlarini aniqlash.
  •  Chekli impuls xususiyatli filtr koyfisentlarini hisoblash




    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/101
    Sana22.12.2023
    Hajmi2,7 Mb.
    #126923
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   101
    Bog'liq
    UMK TSQI

    3.3. Chekli impuls xususiyatli filtr koyfisentlarini hisoblash 
    Raqamli filtrlarni loyihalash masalasini signalning quyi chastotalarini 
    o‘tkazadigan va yuqori chastotalarni bostiradigan chekli impuls xususiyatli filtr 
    sxemasini tanlash misolida ko‘rib chiqamiz. 
    3.4-rasmda past chastotali AChX filtriga misol ko‘rsatilgan. Rasmda ko‘rib 
    turganingizdek, bu filtr past chastotalarni o‘tkazadi, va boshqa barcha chastotalarni 
    olib tashlaydi yoki ularni zaiflashtiradi. 
    O‘tkazish va bostirish oralig‘lardagi og‘ishlar qabul qilinayotgan signalga 
    qarab tanlanadi, lekin turli og‘irlik funksiyalaridan foydalanilganda ular 
    cheklanishlarga duch kelishi mumkin. 
    Ushbu filtr analitik ifodaga muvofiq ishlaydi (3.2): 
    𝑦(𝑛) = ∑
    (ℎ
    𝑘
    (𝑛) × 𝑥(𝑛 − 𝑘))
    𝑁−1
    𝑘=0
    (3.2) 


    48 
    Filtr parametrlarini aniqlash. Tabiyki, turli xil filtrlar uchun turli xil 
    koeffitsiyentlar kerak bo‘ladi va buning uchun filtr parametrlari aniqlashtirish kerak 
    bo‘ladi. Bu odatda nazariy jihatdan amalga oshiriladi (signalimizning chastotasi 
    qanday ekanligini, keyin filtrlanishi kerak bo‘lgan chastotalarni aniqlaymiz), keyin 
    esa AChX ning haqiqiy o‘lchovlarni o‘rganamiz [8]. 
    3.4-rasm. Past chastotali AChX filtri 
    Ushbu AChX ni ideal chastota xususiyati bilan aniqlaymiz (qaysi chastotalar 
    erkin o‘tadi, qaysilarini va qanchalik darajada olib tashlaymiz), endi bizga ideal 
    impuls xususiyati kerak bo‘ladi (3.3): 

    𝐷
    (𝑛) =
    1
    2𝜋
    ∫ 𝐻
    𝐷
    (𝑤) × 𝑒
    𝑖𝑤𝑛
    𝑑𝑤 (3.3)
    𝜋
    −𝜋
    bu yerda 
    𝐻
    𝐷
    (𝑤) – ideal impuls xususiyati.
    Ammo oddiyroq yo‘ldan ham borish mumkin – oldindan hisoblangan ideal 
    impuls xususiyatlari mavjud, masalan, past chastotali filtr uchun formulalar 
    quyidagicha: 
    𝑛 ≠ 0
    uchun

    𝐷
    (𝑛) = 2𝑓
    𝑐
    ×
    sin(𝑛𝑤
    𝑐
    )
    𝑛𝑤
    𝑐
    (3.4) 
    𝑛 = 0
    uchun

    𝐷
    (𝑛) = 2𝑓
    𝑐
    (3.5) 
    bu yerda 
    𝑓
    𝑐
    va 
    𝑤
    𝑐
    – kesim chastotasi. 


    49 
    Endi ideal impuls xususiyatdan “real” impuls xususiyatiga o‘tishimiz kerak. 
    Uni hisoblash uchun 
    𝑤(𝑛) vazn funksiyasi kerak bo‘ladi, filtrga qo‘yiladigan 
    talablarga qarab (Hamming, Henning, Blekman, Kaiyzer funksiyalari) ularning bir 
    nechta turlari mavjud [15, 16].
    Bizning holatda, biz Blekman funksiyasidan foydalanamiz (3.6): 
    𝑤(𝑛) = 0,42 − 0,5 ∗ cos (
    2𝜋𝑛
    𝑁−1
    ) + 0,08 ∗ cos (
    4𝜋𝑛
    𝑁−1

    (3.6) 
    bu yerda 
    𝑁 – filtr uzunligi, ya’ni koeffitsiyentlar soni. 
    Endi esa ideal impuls xususiyatini va vazn funksiyasini ko‘paytrish kerak 
    bo‘ladi (3.7): 
    ℎ(𝑛) = ℎ
    𝐷
    (𝑛) ∗ 𝑤(𝑛)
    (3.7) 
    Filtr xarakteristikalarini loyihalash. 
    Hozirgi vaqtda raqamli filtrlar dasturiy paketlar yordamida loyihalashtiriladi. 
    Turli murakkablikdagi va funksional maqsaddagi raqamli filtrlarni sintezlash uchun 
    ko‘plab paketlar mavjud. Raqamli filtr xususiyatlarini yuqori sifatli loyihalash 
    uchun MATLAB amaliy dasturlar paketi keng tarqalgan bo‘lib, unda filtr 
    strukturasini loyihalash, filtr koeffitsiyentlarini aniqlash va xatolarni hisoblash 
    uchun ko‘plab dasturlar mavjud. 
    Filtrni qurish sxemasini loyihalash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar aniqlanishi 
    kerak: 
    – o‘tkazish oraliq kengligi; 
    – o‘tish oralig‘ining so‘nish tezligi; 
    – kechikish oralig‘ining kengligi; 
    – o‘tish oralig‘ining kengligi. 
    Ushbu ma’lumotlar yordamida dasturiy loyihalash quyidagilarni aniqlaydi: 
    – elektron qismlar soni (filtr kaskadlar soni); 
    – impuls xususiyatlar koeffitsiyentlari; 
    – impuls xususiyatlar grafigi; 
    – AChX va FChX grafikalari. 


    50 
    Raqamli filtrlarning afzalliklari: ishlov berishning aniqligi va kaskadlarni, 
    masshtablash koeffitsiyentlarini o‘zgartirish orqali qayta ishlash rejimlarini qayta 
    dasturlash qobiliyatining mavjudligi. Ko‘p kaskadli va murakkab arxitekturaga ega 
    bo‘lgan juda murakkab filtrlarni qurish zarur bo‘lganda, SRIB protsessorlari (signal 
    protsessorlari) ishlatiladi. 
    Signal protsessorlaridan foydalanish filtrlash vazifasini soddalashtiradi, 
    chunki ishlov berish rejimlarini o‘zgartirish, qo‘shimcha siqishni protseduralarini 
    yoqish, 
    signallarning 
    foydali 
    qismlarini 
    ajratib 
    olish, 
    approksimatsiya 
    interpolyatsiyaning maxsus usullarini qo‘llash mumkin bo‘ladi. 

    Download 2,7 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   101




    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Chekli impuls xususiyatli filtr koyfisentlarini hisoblash

    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish