Maxsuslashtirilgan manzilning generatsiya qurilmalari (MGQ)




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/101
Sana22.12.2023
Hajmi2,7 Mb.
#126923
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   101
Bog'liq
UMK TSQI

Maxsuslashtirilgan manzilning generatsiya qurilmalari (MGQ).
SRIB protsessorlarida ma’lumotlar xotirasida ma’lumotlar manzillari 
generatsiyasi uchun maxsus qurilmalardan foydalaniladi. Ushbu qurilmalar PD 
МSH 
МХ 
R shina 
Kiritish registrlari 
AMQ jamlagichi 
AR akkumuliyatori 
Registr fayli 
Ko’paytiruvchi 
Ko’paytirish 
registri 
Yig‘uvchi-
jamlagich 
MR registri 
Asosiy AMQ 
Ko’paytirib-qo’shuvchi 


96 
ma’lumotlar xotirasida joylashtirilgan operandlarga murojaat uchun shakllantiriladi 
yoki modifikatsiyalanadi.
Manzilatsiyaning turli usullarida, ayniqsa maxsus usulda, manzillarni 
shakllantirish hisoblashlarni bajarish bilan bog‘liq. MGQ boshqa modullar bilan 
parallel ravishda ishlaydi va AMQda amallarni bajarish bilan bir vaqtda operandlar 
manzillarini navbatdagi buyruq uchun hisoblash imkonini beradilar. Ularda 
manzillar 
va 
ayrim 
ma’lumotlar (masalan, indekslar yoki manzilni 
modifikatsiyalashda orttirmalar qiymati), ayrim paytlarda esa ixtisoslashtirilgan 
AMQ ni saqlash uchun registrlar to‘plamlari qo‘llaniladi.
Umumiy strukturasi va vazifasiga ko‘ra MGQ 7.5-rasmda keltirilgan qurilma 
(yordamchi registrlar bloki va YRAQ)ga to‘g‘ri keladi. MGQ ma’lumotlar 
manzillari 
generatsiyasi 
qurilmasi 
sifatida 
Analog 
Devices, 
Motorola, 
TMS320C55x protsessorlarida alohida ajralib turadi. Ushbu protsessorlarda bir 
vaqtning o‘zida ikkita operand uchun ikkita manzilni shakllantirish imkonini 
beruvchi ikkita qurilmadan foydalaniladi [22]. 
7.3Raqamli ishlov berish sikllarini texnik jihatdan tashkil etish 
Sikllik jarayonlar, ya’ni yakka buyruqlar va ularning bloklarining 
takrorlanishi SRIB algoritmlari ichida muhim o‘rin tutadi. Bu to‘laqonli ravishda 
o‘rash, korrelatsiyalash amallariga, raqamli filtratsiyaga tegishli. Dasturiy tarzda 
sikllarni oddiy tashkil etish sikllarning sikl dasturining har bir o‘tishida bajarilishi 
kerak bo‘lgan shakllanish va tugaganligi shartlarini tekshirish buyruqlaridan 
foydalanishni talab qiladi. Ushbu buyruqlarni bajarish uchun vaqt sarflanadi. 
Shuning uchun SPda sikllarni mumkin qadar kam vaqt sarflab tashkil etish, ya’ni 
siklning tugashi shartlarini tekshirish imkonini beruvchi qurilmalar qo‘llaniladi. 
Minimal yo‘qotishlarga ega sikllarning qo‘llab-qo‘vvatlanishi dasturchilarga 
sikllarni iteratsiyalarning kerakli sonini va sikl chegaralarini ko‘rsatib tashkil etish 
imkonini beradi.
Texas Instruments firmasining signal protsessorlarida yakka buyruqni 
takrorlash uchun siklik amali oldidan buyruq bilan yuklanadigan va tarkibi har bir 


97 
qadamda birga kamayadigan RC takrorlanishlar schyotchigi qo‘llaniladi. RC tarkibi 
nolga teng bo‘lmaguncha dasturiy schyotchik qiymati o‘zgarmaydi. Bitta siklning 
buyruqlar blokini takrorlash uchun buyruqlar bloki boshi va oxiri qo‘shimcha 
registrlari mavjud bo‘lib, ularga birinchi va oxirgi takrorlanuvchi buyruqning 
manzillari yoziladi. Har bir qadamda buyruqlar schyotchigi qiymati buyruqlar bloki 
oxiri registri tarkibi bilan tenglashadi. Agar buyruqlar schyotchigi qiymati blok oxiri 
registri tarkibidan kattalashsa, buyruqlar schyotchigiga blok oxiri registri qiymati 
yoziladi va takrorlinishlar soni schyotchigi dekrementlanadi.
Ayrim SPlarda siklning birinchi o‘tishda unda bajarilayotgan buyruqlar 
buferga joylashtirilishi mumkin, bu esa navbatdagi iteratsiyalarda xotiradan xuddi 
o‘sha buyruqlarni takroran tanlash zaruriyatini bartaraf etadi.
Motorola protsessorlarida DO siklining maxsus buyrug‘idan foydalaniladi. 
Bu buyruq siklning boshi va oxiri (LC va LA) regstrlari bilan ishlaydi. Analog 
Devices firmasi protsessorlarida ham sikllar xuddi shunday ishlaydi [19, 22]. 

Download 2,7 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   101




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maxsuslashtirilgan manzilning generatsiya qurilmalari (MGQ)

Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish