Operatsion tizimlarning xususiyatlari




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/101
Sana22.12.2023
Hajmi2,7 Mb.
#126923
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   101
Bog'liq
UMK TSQI

9.2. Operatsion tizimlarning xususiyatlari 
Signal protsessorlar bazasida signallarni raqamli ishlash tizimining ishlashi 
asosida yotgan muhim dasturiy komponent-operatsion tizim bo‘lib, u bir vaqtning 
o‘zida bir necha turli dasturlarni qo‘shish va umumiy vazifani yechish uchun ular 
o‘rtasida o‘zaro harakatni ta’minlash imkonini beradi. SRIB va jarayonlar apparat-
dasturiy kompleks resurslarini boshqarishni ta’minlovchi dasturlar kompleksi 
operatsion tizim deyiladi. SRIB tizimining istalgan apparat yoki dasturiy 
komponenti resurs deyiladi va ularga imkoniyat taqdim etadi. 
Protsessorli vaqt, operativ xotira va periferiyali qurilmalar asosiy resurslar 
hisoblanadi. Resurslarni boshqarish quyidagi vazifalarning bajarilishiga olib keladi: 
resurslarga kirishni soddalashtirish, jarayonlar o‘rtasida resurslarni taqsimlash. 
Resurslarni taqsimlash funksiyasi OT hal etadigan eng muhim vazifalardan biri 
hisoblanadi, u faqat bir vaqtning o‘zida bir necha dasturlar (jarayonlar)ning 
bajarilishini ta’minlovchi OTlarga xos. Yuqorida aytib o‘tilganidek, dasturda 
belgilangan amallar ketma-ketligi jarayon deyiladi. Jarayon ishining resurslar 
ajratiladigan minimal birligi hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda OTlarning har xil turlari mavjud bo‘lib, ular quyidagi belgilar 
bo‘yicha tasniflanadi: 
– tizim tomondan bir vaqtning o‘zida xizmat ko‘rsatiladigan 
foydalanuvchilar soni; 
– OT boshqaruvi ostida bir vaqtning o‘zida bajariladigan jarayonlar soni; 
– tizimga foydalanuvchining kirish turi; 
– apparat-dasturli kompleks turi. 
Ushbu kitobda qo‘llanish spetsifikasi hisobga olinib, faqat real OTlari ko‘rib 
chiqiladi, bunda o‘rnatilgan OTlarga e’tibor qaratiladi. O‘rnatilgan tizim deb real 


127 
vaqt tizimiga to‘liq o‘rnatilgan, aviatsiyada, tibbiyotda, sanoatda, mudofaada 
muayyan amaliy vazifalarni yechuvchi maxsus apparat-dasturiy yadro tushuniladi. 
O‘rnatilgan tizimga asosiy talab uning kompaktligi, uning operatsion tizimiga talab 
esa operativ xotiraning nisbatan katta bo‘lmagan resurslarda ishlash imkoniyatidir. 
Ko‘pchilik real vaqt operatsion tizimlarining (RV OT) yana bir o‘ziga xos 
xususiyati turli protsessorli arxitekturada apparat vositalarda ishlash imkoniyati 
borligidir. Real vaqt tizimlari universal protsessor arxitekturalar (standart 
mikroprotsessorlar vositalar) bazasida, shuningdek signal protsessorlar bazasida 
qurilish mumkin. 
RV OTni ham universal protsessorli platformalar (Pentium, Power PC), ham 
TMS, DSP, ADSP tipidagi SRIB protsessorlar arxitekturalari uchun ko‘rib chiqish 
kerak. Real vaqt tizimi - ishlash to‘g‘riligi nafaqat hisoblashlarning mantiqiy 
korrektliligi, balki ushbu hisoblashlar amalga oshiriladigan vaqtga bog‘liq bo‘lgan 
tizimdir. Bunday tizimda ro‘y berayotgan voqealar uchun ushbu voqealar ro‘y 
berayotgan vaqt va ularning mantiqiy korrektliligi muhim ahamiyatga ega. 
Agar tizimning tez amalga oshish fizik jarayonlarning nazorat yoki boshqaruv 
obyektlarda o‘tishi tezligiga adekvat bo‘lsa, tizim real vaqtda ishlaydi. Boshqaruv 
tizimi ma’lumotlarni yig‘ish, ularni berilgan algoritmlar bo‘yicha ishlasa va 
boshqaruv ta’sirini berishni shunday vaqt bo‘lagida bajarish kerakki, bu vaqtda 
qo‘yilgan vazifalar muvaffaqiyatli bajarilishi kerak. 
Real vaqt tizimlariga asosiy talablar: 
– bir necha vazifalarni parallel bajarish imkoniyati; 
– oldindan bilish; 
– voqeaga javob berishning maksimal (o‘rtacha emas) vaqti; 
– uzoq vaqt davomida to‘xtovsiz ishlash imkoniyati. 
Universal turdagi RV OT xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. 
RV OT bashorat qilsa bo‘ladigan bo‘lishi lozim, ya’ni u yoki bu amalning 
oldindan ma’lum bo‘lishi kerak bo‘lgan maksimal bajarilish vaqti ilovaning 
talablariga mos kelishi kerak. 


128 
RV OT amaliy vazifani hal qilishning prioritet tamoyili qo‘llanilgan bir necha 
yo‘llariga, iplariga ega bo‘lishi kerak. Operatsion tizim vazifasini rejalashtiruvchi 
istalgan yo‘lni uzib qo‘yib, resursni zarurroq bo‘lgan yo‘lga berish kerak. 
OT (va apparatura) uzilishlarni ularga ishlov darajasida ta’minlash kerak. 
Prioritet tushunchalari mavjud bo‘lishi kerak. Muammo - qaysi vazifaga 
resurs talab qilinayotganligini aniqlashda. Buni amalga oshirish uchun OT har bir 
bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun kerak bo‘ladigan vaqtni bilishi kerak. Ushbu 
jarayonni boshqarishni soddalashtirish uchun bajarilish vaqti oldindan ma’lum 
bo‘lgan vazifalar prioriteti darajasi tushunchasi kiritiladi. Prioritetlar o‘z darajalariga 
ega va tizimga real vaqtda umumiy dasturni bajarish mexanizmi sifatida oldindan 
kiritiladi. Prioritetlar darajasi foydalanuvchi tomondan tizimga yuklatilgan vazifalar 
va realizatsiyalanayotgan ishlov berish jarayondan kelib chiqib belgilanadi. Uzilish 
prioriteti shuni anglatadiki, muayyan prioritetga ega, yo‘lga qo‘yilishga tayyor 
jarayon prioriteti pastroq jarayonga nisbatan navbatga oldinroq turish imkoniyatiga 
ega. 
Asosida prioritet berish tamoyili yotgan dispetcherlarni va uzilishga prioritetli 
yadroning mavjudligi amaliy dastur ishlab chiqaruvchisiga tizimni butunlay nazorat 
qilish imkonini beradi. Agar balandroq prioritetli vazifa kelsa, tizim past prioritetli 
vazifani bajarishdan to‘xtab, ya’ni kelgan so‘rovga javob beradi. Yuqorida bayon 
etilgan xususiyatlarning birligi real vaqtda ijro etishning qudratli va samarali 
muhitini yaratadi. 

Download 2,7 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   101




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish