Akkumulyatorda to‘lib ketish




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/101
Sana22.12.2023
Hajmi2,7 Mb.
#126923
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101
Bog'liq
UMK TSQI

Akkumulyatorda to‘lib ketish. QVli jarayonlarda qo‘shish, ayirish, MAS-
amallar, akku mulyator tarkibini chapga surish amallari bajarilayotganda to‘lib 
ketish ro‘y berishi mumkin. Uning ikki xil turi mavjud: akkumulyatorning to‘lib 
ketishi va jo‘natishlar vaqtida to‘lib ketish.
Akkumulyatorning to‘lib ketishi arifmetik amal natijasi akkumulyatorda 
taqdim etili shi mumkin emasligini anglatadi, chunki u sonlarni akkumulyator so‘zi 
formatida taqdim etish diapazoni chegaralaridan chiqib ketadi. Akkumulyatorning 
to‘lib ketishi holat registrida to‘lib ketish bayrog‘ini o‘rnatish bilan kuzatiladi. 
Akkumulyatorning to‘lib ketish oldini boshlang‘ich ma’lumotlar va arifmetik 
amallar natijalarini masshtablash yordamida amalga oshiriladi. Bunday vaziyatda 
modul bo‘yicha kichik qiymatlarni masshtablashga alohida etiborli bo‘lish kerak, 
chunki masshtablash natijasida ushbu qiymatlar minimal kattalikdan kichik bo‘lishi 
mumkin.
Jo‘natishlar vaqtida to‘lib ketish quyidagi shartlarni bir vaqtda bajarishda 
paydo bo‘ladi: 
– akkumulyator so‘zi “kengaytirilgan so‘z” formatiga ega bo‘lsa; 
– akkumulyator tarkibi aralash son bo‘lsa; 
– akkumulyatorning bu tarkibi ma’lumotlar xotirasida saqlansa.


121 
Jo‘natishlar vaqtida to‘lib ketish katta bitga akkumulyator so‘zi qismini 
o‘tkazishda ro‘y beradi. Bu natija turining o‘zgarishiga - kasr sondan aralash songa 
o‘tish belgisidir. Akkumulyatorda natija turi holat registrida tegishli bit (bayroq) 
holati bilan aks ettiriladi. Bunday bit kengayish biti (Motorola firmasi 
protsessorlarida), jo‘natishlar vaqtida to‘lib toshish biti (Texas Instruments firmasi 
protsessorlarida) deb atalishi mumkin. Jo‘natishlar vaqtida to‘lib ketishni 
masshtablash yordamida bartaraf etish mumkin. O‘ng tarafga surish amalini 
bajarayotib, aralash son va kasr songa aylantiriladi va ma’lumotlar xotirasida 
saqlanadi.

Download 2,7 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101




Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish