• Cheklovchilar.
  • Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua




    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/101
    Sana22.12.2023
    Hajmi2,7 Mb.
    #126923
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   101
    Bog'liq
    UMK TSQI

    Surish qurilmasi. Ma’lumotlarni surish amalini bajaruvchi, shuningdek 
    surish natijasi saqlanadigan registr surish qurilmasi yoki “suruvchi” deyiladi. 
    Bajariladigan vazifasiga ko‘ra suruvchilarni quyidagilarga bo‘lish mumkin: 


    119 
    – oldin suruvchilar bunda ma’lumotlarning surish amalini bajarishdan oldin 
    yoki bajarilayotgan vaqtda amalga oshiriladi; 
    – keyin suruvchilar, bunda ma’lumotlarni surish amal bajarilgach amalga 
    oshiriladi.
    Ikkala holatda ham amal natijasini saqlovchi suruvchi strukturasi 
    akkumulyator strukturasiga o‘xshaydi. Oldin suruvchilarning asosiy funksiyalari: 
    – oldindan masshtablash, ya’ni qo‘shish va ayirish arifmetik amallarni 
    bajarishdan oldin ma’lumotlarni surish, shuningdek akkumulyatorga ma’lumotlarni 
    yuklashdan (masalan, ma’lumotlar xotirasi yacheykasi tarkibini akkumulyatorga 
    yuklash amalining bajarilishi dan) oldin surish; 
    – AMQda mantiqiy amallarni bajarishdan (masalan, protsessorda mantiqiy 
    ko‘paytirish amalini bajarishdan) oldin ma’lumotlarni surish; 
    – AMQda arifmetik surishlar amallarini bajarish vaqtida ma’lumotlarni 
    surish; 
    – AMQda mantiqiy va siklik surishlarni bajarish vaqtida ma’lumotlarni 
    surish.
    Keyin suruvchilarning asosiy vazifalari: 
    – natijalarni ma’lumotlar xotirasida saqlashda masshtablash; 
    – belgini kengaytirish bitlarini bartaraf etish; 
    – natijalarni normallashtirish; 
    – natijalarni blokda bir xil tartibni ajratishda masshtablash.
    Masshtablash amal natijalarini ma’lumotlar xotirasida saqlashda amalga 
    oshiriladi. Akkumulyator tarkibini surish amali akkumulyator tarkibini nusxalovchi 
    suruvchida amalga oshiriladi, bunda akkumulyator tarkibi o‘zgarmaydi. Xotira 
    yacheykalarida suruvchining katta MSP yoki kichik LSP so‘zi formatlarining 
    o‘zgarishi qoidalariga amal qilgan holda saqlanadi. Keyin suruvchilar belgini 
    kengaytirish bitini bartaraf etish uchun qo‘llaniladi va u registrda avtomatik ravishda 
    generatsiyalanadi, registr ma’lumotlarni ko‘paytirish natijasini butun hisoblash 


    120 
    arifmetikasida saqlaydi. Keyin surish amalining bajarilishiga quyidagilar ko‘rsatma 
    bo‘la oladi: 
    − holat registrida masshtablash bitlarining holati, bitlar kombinatsiyasi 
    surishning yo‘nalishi va kattaligini aniqlaydi. Quyidagi rejimlar o‘rnatilishi 
    mumkin: masshtablash ning yo‘qligi, pastga masshtablash (1 bit chapga surish), 
    yuqoriga masshtablash (1 bit o‘ngga surish).
    − maxsus buyruq; 
    − akkumulyator tarkibini ma’lumotlar xotirasida saqlash buyrug‘ida surishga 
    bevosita ko‘rsatish.
    Cheklovchilar. Cheklovchilar akkumulyatorda to‘lib ketish bo‘lganda to‘lib 
    toshish arifmetikasini amalga oshiruvchi qurilmaning shartli nomi.

    Download 2,7 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   101




    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua

    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish