• Arifmetik-mantiqiy qurilmalar.
  • Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua




    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/101
    Sana22.12.2023
    Hajmi2,7 Mb.
    #126923
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   101
    Bog'liq
    UMK TSQI

    Natijalarni yaxlitlash. Xatto akkumulyatorlarda jo‘natishlar vaqtida to‘lib 
    ketish bo‘lmasa ham ma’lumotlar xotirasida saqlash akkumulyatorning kichik LSP 
    so‘zining “akkumulyator so‘zi” formatining protsessor so‘zi formatiga o‘zgarishida 
    qirqish (qisqartirish) natijasida aniqlikning yo‘qotilishiga olib keladi. Bu natijaviy 
    ma’lumotlarda (masalan, chiquvchi signalda) buzilishi paydo bo‘lishini anglatadi, 
    bu ko‘pincha natijaning o‘zgarishi deb ataladi. Natijani ma’lumotlar xotirasida 
    saqlash paytida yaxlitlash protsedurasi bunday o‘zgarishning oldini oladi. Ayrim 
    protsessorlarda yaxlitlash natijani xotirani saqlash paytida avtomatik ravishda ro‘y 
    beradi. Boshqa protsessorlarda yaxlitlash maxsus buyruq yordamida bajariladi.
     
    Suruluvchi vergulli ma’lumotlar ustida amallar. SVli protsessorlarda son 
    ma’lumotlarning ikki turi - SVli va QVli turi qo‘llaniladi. QVli ma’lumotlar ustida 
    bajariladigan amallar ko‘rib chiqamiz. Ko‘paytgichlar QVli ma’lumotlarning 
    natijasi aniq beriladigan ko‘paytirishdan farqli o‘laroq, SVli ma’lumotlarni 
    ko‘paytirish amali natija aniqligining yo‘qotilishiga olib keladi. Buning sababi, 
    ko‘paytirish natijasi taqdim etiladigan “kengaytirilgan so‘z” formatida mantissa 
    uzunligiga (2n-1) bit emas, kamroq bit ajratilgan. Shunga qaramasdan, 
    ta’minlanadigan aniqlik SRIB ning ko‘pchilik algoritmlari realizatsiyasi uchun 
    yetarli. Aks holda ma’lumotni ikkilik aniqlikda ishlash imkoniyati mavjud.
    Arifmetik-mantiqiy qurilmalar. SVli protsessorlarda AMQ arxitekturasi 
    QVli protsessordagilardan ancha murakkab. AMQda SVli ma’lumotlar ustida 


    122 
    barcha arifmetik amallar bajariladi (ko‘paytirishdan tashqari), SVli shaklda taqdim 
    etilgan ma’lumotlarni QVliga va aksincha o‘zgartirish, shuningdek ayrim maxsus 
    amal (teskari kattalikni baholash, kvadrat o‘zakning o‘rtacha qiymatini baholash, 
    ayirishli qo‘shishlar) lari bajariladi. SVli protsessorlar AMQsi mantiqiy amallar va 
    SVli ma’lumotlar ustida bit-manipulyatsiya amallarining bajarilishini qo‘llamaydi. 
    Ushbu amallar faqat QVli ma’lumotlar bilan bajarilishi mumkin.
    Suruvchilar. SVli protsessorlar arxitekturasida SVli ma’lumotlarga ishlov 
    berish uchun suruvchilar ko‘zda tutilgan. Ular natija mantissasini normallashtirilgan 
    ko‘rinishda taqdim etish uchun o‘ngga/chapga surishni amalga oshiradi. Bunday 
    suruvchilar ishi foydalanuvchidan yashirilgan. So‘zuvchi nuqtalar ma’lumotlarini 
    yaxlitlash. SVli protsessorlarda arifmetik amallar natijalari “kengaytirilgan so‘z” 
    yoki “so‘z” formatida taqdim etish uchun avtomatik ravishda yaxlitlanadi. 
    Standartga binoan yaxlitlashning quyidagi to‘rtta rejimi foydalaniladi: 
    − eng yaqin juft songacha; 
    − nol yo‘nalish bo‘yicha; 
    − “-∞” yo‘nalishi bo‘yicha; 
    − “+∞” yo‘nalishi bo‘yicha.

    Download 2,7 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   101




    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua

    Download 2,7 Mb.
    Pdf ko'rish